5-laboratoriya mashg’uloti. Gel xromatografiyasi, nazariy asoslari va dori vositalari tahlilida qo’llanilishi. Gel-xromatografik tahlil


Gel xromatografiyasining nazariy asoslari


Download 115.53 Kb.
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi115.53 Kb.
#1367822
1   2   3   4   5
Gel xromatografiyasining nazariy asoslari.

Naychaga to‘ldirilgan gel va erituvchi orasida to‘g‘ri munosabatini aniq bo‘lishi uchun gel qatlamining nisbiy hajmini bilish maqsadga muvofiq. Gel ustunining umumiy hajmi (Vt) uning uch xil hajmiy o‘lchamlar yig‘indisidan iborat:


sirtqi hajm (Vc ), ya’ni gel zarrachalari oraliq hajmi; gel g‘ovaklari ichki hajmi (Vq); quruq gel zarrachalarining o‘z hajmi (matritsa hajmi) Vm.


Vt=Vs+Vq +Vm

Odatda umumiy hajm idish hajmiga teng bo‘ladi.


Sirtqi hajm. (Vs). Gel bilan to‘ldirilgan xromatografik naychaga qo‘yilgan suyuqlikni gel qatlamlari orasiga shimilgan hajmi bilan belgilanadi. Gel g‘ovaklarining ichki hajmi Vq gel zarrachalarining g‘ovaksimonligi bilan bog‘liq. Kserogellar ya’ni kam shimuvchi yarim qattiq gellarda g‘ovak hajmini aniqlash (Vq)oson. Buning uchun gelning eruvchanlik hajmi Sr aniqlanadi. U 1 g quruq gel shimgan suyuqlik hajmi bilan belgilanadi.
Gel eruvchanlik hajmini aniqlash uchun tortib olingan, aniq miqdordagi gel ustiniga qo‘llanilishi zarur bo‘lgan erituvchidan quyib gelga shimdiriladi. Ortiqcha erituvchi sentrifugalab ajratib olinadi va erituvchi bilan to‘yingan gel qayta tortiladi. Massalar farqi gelning shimgan hajmini belgilab beradi. Bu gel ichki hajmidir:
Vq= g .Sr/ R
(Vq) – gel g‘ovaklar ichki hajmi
g - quruq gel massasi
r - erituvchi zichligi
Sr - gelning g‘ovakdagi hajmi
Quruq geldagi zarrachalarning hajmini (Vm) aniqlash uchun avval gel uchun foydalanilgan polimerning nisbiy hajmini bilish kerak. Bu qiymatni xar doim aniqlash mumkin emas. Shuning uchun Vm qiymatni gelni bo‘kkan zichlik qiymatidan foydalanib quyidagi tenglama asosida xisoblanadi.

Download 115.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling