5-laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: Biologiyani o'qitishda veb-kvest (web-quest) texnologiyalaridan foydalanish metodikasi Laboratoriya mashg’ulotining ta’limiy maqsadi


Download 248.5 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi248.5 Kb.
#1406612
1   2   3   4
Bog'liq
5-laboratoriya Web-quest AKT

Harakatlarga raharlik qilish (yig‘ilgan axborotlarni tashkil qilish va taqdim etish), bu holat yo‘naltiruvchi savollar ko‘rinishida, tashkiliy o‘quv ishlari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin (masalan, ma’lum bir vaqt doirasi bilan bog‘liqlikda, umumiy konsepsiyalar, elektron manbalardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar, o‘rganilgan materiallar natijalari sifatida mustaqil holatda sahifalar yaratishda texnik qiyinchiliklarni еngillashtirish maqsadlari uchun «tayyor» veb-sahifalar berilishi va boshqalar);
Baholash (o‘z-o‘zini baholash va jamoadoshlari tomonidan bajarilgan ishlarni baholash uchun shkala kiritilishi mumkin, shuningdek o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi baholash mezonlari hisobga olinadi);
Yakuniy xulosalar (olingan natijalarni umumlashtirish, yakuniy to‘xtamlarga kelish (nima o‘rganildi, qanday ko‘nikmalar o‘zlashtirildi; mavzu bo‘yicha kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan tadqiqotlarning motivlarini belgilab beruvchi savollar yoki o‘z-o‘ziga beriluvchi ritorik savollar amalga oshirilishi ehtimolligi mavjud hisoblanadi).
Sinfda loyiha bo‘yicha olingan natijalar taqdimoti amalga oshirilgandan keyin, o‘z navbatida boshqa o‘quvchilar tanishib chiqishlari uchun Internetga joylashtiriladi.
Har qanday veb-kvestning kalit sifatidagi bo‘limi – mezonlarning batafsil holatda baholanishi hisoblanib, unga tayangan holatda loyiha ishtirokchilari o‘z-o‘zini, jamoadagi o‘rtoqlarini baholashni amalga oshiradi. Ushbu mezonlardan o‘qituvchi ham foydalanadi. Masalan, agar tadqiqot natijalari bo‘yicha taqdimotni amalga oshirish uchun og‘zaki shakl tanlab olingan bo‘lsa, u holda mezonlar tarkibiga grammatika va nutq, gapning tuzilishi kabi qat’iy qoidalarga amal qilinishi kiritilishi talab qilinadi. Agar, bunda Power Point muhitida amalga oshiriluvchi taqdimotdan foydalanilsa, u holda texnik jihatidan ishning bajarilishi hisobga olinishi, rasmiylashtirishning estetik jihatlariga e’tibor qaratilishi talab qilinadi. Keyin esa, har bir mezon bo‘yicha ballarda ifodalangan holatda bajarishning eng yaxshi darajasidan eng yomon darajasigacha mos keluvchi deskriptor tuzib chiqiladi. Ushbu ko‘rinishda, an’anaviy tarzdagi baholashlar va «Nima deymiz, yomon emas», «Barakalla!», «Berilgan topshiriqni a’lo darajada bajardingiz, o‘tiring» ko‘rinishidagi og‘zaki sharhlashlar bilan birgalikda o‘quvchilar nisbatan muvofiq holatdagi baholashlarni – ya’ni, ularning bajargan ishlari ob’ektiv baholanishiga ega bo‘ladi.
Ijodiy ishni bajarish jarayoni davomida maktab o‘quvchilari yoki talabalar soddalashtirilgan va sayqallangan formulalar ko‘rinishidagi «foydalanishga tayyor holatdagi» bilimlarni olishmaydi, balki ularning o‘zlari izlanish faoliyatiga jalb qilinadi. Tabiiyki, har qanday ta’limga oid kvest umumiy holatda o‘quv jarayonidan alohida ajratilgan bo‘lishi kerak emas. U talabalarning oldingi va navbatdagi bilishga oid faoliyatlari bilan bevosita o‘zaro bog‘lanishlarga ega bo‘lishi talab qilinadi.
T.March tomonidan ishlab chiqilgan baholash mezonlariga muvofiq tarzda, ta’lim kvestlari yaxshi holatdagi integrasiyalovchi kirish qismiga ega bo‘lishi talab qilinadi, bunda yuksak darajadagi tafakkurlashni ta’minlab beruvchi topshiriqlarning aniq shakllantirilishi, rollarning taqsimlanishi qo‘yilgan masalani har tomondan qarab chiqilishini ta’minlaydi, jumladan bu holatda asoslangan Internet-resurs manbalaridan foydalaniladi. Ta’lim kvestlarining nisbatan eng yaxshi namunalari haqiqiy hayot bilan bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi, ularning yakuniy xulosalari kirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bilishga oid ko‘nikmalarni umumiy holatda yig‘indi ko‘rinishiga olib keladi va ulardan boshqa fanlarda yoki sohalarda foydalanish imkoniyatlarini belgilab beradi.
Barcha predmetlar bo‘yicha kvestlarning yig‘ilishi doimiy ravishda o‘sib borishi qayd qilinadi. Hozirgi kunda eng faol hisoblangani – tarix, geografiya va ingliz tili (ona tili sifatida) va adabiyot, tabiiy fanlar yo‘nalishlarida amalga oshiriladi.
Ushbu tajriba ishining samarasi shuni ko‘rsatdiki, talabalar ushbu o‘qitish metodikasini ijobiy baholashdi. Qisman ular tomonidan o‘qitishga qiziqishning ortishi, jamoaviy ish ko‘nikmalarining paydo bo‘lishi, eski an’anaviy uslub bilan taqqoslab ko‘rilganda ancha samarali va osonligi ta’kidlandi.
Veb-kvest texnologiyasining ustunlik tomonlaridan muhimlari: har bir talaba o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlariga baho bera olishi, biznes ko‘nikmalarni shakllantirishi, ya’ni taqdimotlar, muzokaralar o‘tkazishni o‘rganish orqali ish jarayonida maxsus kasbiy ko‘nikmalarni hosil qilish, xorijiy tillardagi ba’zi saytlar bilan ishlash talabalarni lug‘at boyligini orttiradi, yangi bilimlarni egallash, dunyoqarashini kengayishi, dolzarb, yangi axborotlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.
Veb-kvestlarning ustunligi o‘qitishning faol metod ( uslub ) larini qo‘llaydi. Veb-kvest guruli yoki yakka holda bajarish uchun mo‘ljallanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, veb-kvest texnologiyasi orqali o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish ortadi.
Har qanday veb-kvestning asosiy bo‘limi bu baholar mezonidir, ularga tayangan holda, loyiha ishtirokchilari o‘zlarini, jamoadagi o‘rtoqlarini baholashadi. Bu mezonlardan o‘qituvchi ham foydalanadi. Veb-kvest kompleks topshiriqlardan iborat bo‘lib, shuning uchun uni bajarilishini baholash bir necha mezonlarga asoslanishi kerak.
Bauer-Ramazani ta’kidlashicha veb-kvest texnologiyasi:
- o‘quvchilarni muammoli topshiriqlarni bajarishda, mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi;
- tanqidiy fikrlashga, axborotni tahlil qilish va baholash;
- muloqot ko‘nikmalarini, ularning jamiyatlashuvi, bag‘rikenglikni shakllanishiga;
- muammoni еchish jarayonida, o‘z harakatlarini, sheriklarini harakatlarini tahlil qilish va baholash; fanlararo bog‘lanishni o‘qib-o‘rganish jarayonida rivojlantiradi.
Shunga e’tibor qilaylikki, veb-kvest texnologiyasi tanqidiy fikrlashni rivojlantirib, materialni (mavzuni) eslab qolishga emas, muammoni qo‘yish va uni еchish uchun izlanishga intilishni ilgari suradi.
Ta’lim oluvchilarni biologiya faniga bo‘lgan qiziqishini orttirish, intellektual rivojlanishini ta’minlashda ularni mantiqiy va ijodiy fikrlashga yo‘naltiradigan intellektual o‘yinlardan foydalanish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida intellektual o‘yinlardan foydalanish talabalarni mustaqil fikrlashga, ijtimoiy-ma’naviy tafakkurining kuchayishiga yordam beradigan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali ularni ilm olishga bo‘lgan qiziqishlari ortishi, bilim, ko‘nikma va malakalarni chuqur egallashga katta imkoniyat yaratadi.



Download 248.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling