5-laboratoriya mavzusi : novda va uning sнakl o‘zgarisнlari, sнoxlanisн tiplari. Birlamснi anatomik tuzilisнi (makkajo‘xori va bug‘doy poyаsi misolida ). Mavzuning maqsadi


POYANING BIRLAMСНI ANATOMIK TUZILISНI


Download 411.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi411.57 Kb.
#1336245
1   2   3
Bog'liq
5-lobaratoriya (2) (2)

POYANING BIRLAMСНI ANATOMIK TUZILISНI
UMUMIY TUSНUNСНA: Poyaning ichki tuzilishi eng yosh- 
uchki qismidan boshlab o‘rganiladi, poyaning eng uchki qismida kurtak 
bo‘lib, kurtakda yosh xali yozilmagan barglar bilan o‘ralgan holda 
poyaning o‘sish konusi joylashgan bo‘ladi. O‘sish konusida birlamchi 
hosil qiluvchi to‘qima- meristema joylashadi. Poya to‘qimasi 3ta asosiy 
zonalarga bo‘linadi: 
1.Proderma, (tunika) epidermisni hosil qiladi. 2.Prokambiy 
o‘tkazuvchi to‘qima, peritsikl, floemani, kambiy ksilemani hosil 
qiladi.3. Asosiy meristema- asosiy to‘qima parenximalarini vujudga 
keltiradi. Uchki meristema hujayralarining uzluksiz bo‘linish natijasida 
poya uchidan o‘sadi, poya bilan barg bir vaqtda o‘sadi. Barg o‘tkazuvchi 
naylar to‘dasi bilan tutash bo‘ladi. 
Poyaning uchki qismidagi tepa meristemadan paydo bo‘lgan 
hujayralar dastlab o‘sadi, keyin esa bulardan har xil vazifalarni 
bajaruvchi to‘qimalar rivojlanadi. Bu to‘qimalarni birlamchi to‘qimalar 
deyiladi. Umuman olganda bir pallali o‘simliklar poyasida birlamchi 
qoplovchi to‘qima -epiderma, va birlamchi hosil qiluvchi to‘qima- 
prokambiy bo‘ladi. Prokambiy birlamchi ksilema va floemani vujudga 
kelishga to‘liq sarflanib ketadi. Shuning uchun ham bir pallali 
o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi birlamchi anatomik tuzilishiga ega 
bo‘ladi. 
Oldindan fiksatsiyalab qo‘yilagan makkajo‘xori poyasidan yupqa 
ko‘ndalang kesmalar kesib olinadi. Kesmani buyum oynasidagi suvga 
qo‘yiladi, floroglyutsin va xlorid kislota ta'sir ettirib, ustiga qoplag‘ich 
oyna yopiladi. Tayyor bo‘lgan preparatni mikroskopning kichik ob'ektivida 
ko‘rsak, uni quyidagi to‘qimalardan tashkil topganligini ko‘ramiz. 


Poyaning sirtqi qismi bir qator hujayralardan iborat, epidermadan tuzilgan 
bo‘ladi. Epiderma ostida hujayralarning po‘sti qalinlashib yog‘ochlangan 
mexanik to‘qima- sklerenxima joylashadi. Bu to‘qima floroglyutsin va 
xlorid kislota ta'sirida qizil rangga kiradi. Sklerenxima ostida yupqa po‘stli, 
tirik hujayralardan iborat asosiy parenxima to‘qima joylashgan. Bu 
hujayralar o‘zida shakar moddasini to‘playdi. Parenxima hujayralari 
oralig‘ida o‘tkazuvchi naylar to‘dasi sochilgan holda joylashgan bo‘ladi. 
O‘tkazuvchi naylar to‘dasi mexanik to‘qima hujayralari bilan o‘ralgan. 
Mikroskopning katta qilib ko‘rsatadigan ob'ektivida tekshirilsa
o‘tkazuvchi naylar to‘dasining bir tomonida qizil tusdagi birlamchi 
ksilemaning naylari, ikkinchi tomonida esa naylarning bo‘yalmagan lub 
hujayralari va elaksimon naylarini ko‘rishimiz mumkin. Barcha 
o‘tkazuvchi naylar to‘dasi yopiq kollateral tipda bo‘ladi. Ksilema va 
floema orasida kambiy bo‘lmaydi. Demak, prokambiy hujayralarining 
hammasi to‘qimalarga aylanadi va o‘tkazuvchi naylar to‘dasining 
to‘qimalari birlamchi bo‘ladi. 
Bug‘doy poyasining ichki tuzilishini o‘rganish uchun uning eng 
ustki bo‘g‘im oralig‘idan ko‘ndalangiga yupqa kesma tayyorlanadi
kesma yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usullarda bo‘yaladi. Tayyor bo‘lgan 
preparatni mikroskopda ko‘riladi. 
Bug‘doy poyasining tashqi tomoni ham epiderma bilan qoplangan. 
Epiderma hujayralari orasida og‘izchalar joylashgan. Og‘izchalar 
assimilyatsion to‘qimalarga taqaladi. Epidermis ostida esa bir necha 
qavat halqasimon bo‘lib, mexanik to‘qima sklerenxima joylashadi. 
Sklerenxima poyaga mustahkamlik berib turadi. Sklerenximadan 
ichkariroqda asosiy parenxima joylashadi, bu to‘qimada yopiq kollateral 
nay-tola bog‘lamlari poyada tartib bilan joylashadi. Daftarga poyaning 
mikroskopda ko‘rinishi, o‘tkazuvchi bog‘lamlar va undagi barcha 
to‘qimalarni rasmlari chizib oling. 



Download 411.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling