5-laboratoriya mavzusi : novda va uning sнakl o‘zgarisнlari, sнoxlanisн tiplari. Birlamснi anatomik tuzilisнi (makkajo‘xori va bug‘doy poyаsi misolida ). Mavzuning maqsadi


Download 411.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana07.04.2023
Hajmi411.57 Kb.
#1336245
  1   2   3
Bog'liq
5-lobaratoriya (2) (2)



5-LABORATORIYA MAVZUSI : NOVDA VA UNING SНAKL 
O‘ZGARISНLARI, SНOXLANISН TIPLARI. BIRLAMСНI 
ANATOMIK TUZILISНI (MAKKAJO‘XORI VA BUG‘DOY 
POYАSI MISOLIDA ). 
MAVZUNING MAQSADI: Kartoshka tuganagi, piyozbosh, ajriq 
ildizpoyasi misolida o‘zgargan novdalarni, gerbariylar asosida poya 
tiplarini va shoxlanish tiplarini makkajo‘xori va bug‘doy poyasining 
ko‘ndalang kesmasi asosida poyaning birlamchi anatomik tuzilishini 
o‘rganish. 
KЕRAKLI JIXOZLAR: kartoshka tuganagi, piyozbosh, ajriq 
ildizpoyasi, gerbariylar, makkajo‘xori, bug‘doy poyasi, mikroskop
floroglyutsin, glitserin, xlorid kislota, mayda asboblar, rasmlar va 
jadvallar.
Novdaning asosiy vazifasi ildiz bilan barglar orasida moddalarni 
harakatlantirishdir. Poyada o‘tkazuvchi va mexanik to‘qimalar 
rivojlangan bo‘ladi. O‘simlikning yashash sharoitiga qarab novda ichki 
va 
tashqi 
qiyofasini 
o‘zgartiradi 
ya'ni 
metamorfozlashadi. 
Metamorfozlashgan novdalar ko‘rinishiga qarab turli vazifani bajaradi.
ISН TARTIBI: Yer ustki novdalar ko‘pincha barg shakliga kiradi 
va barg vazifasini bajaradi. kaktus, ruskus. Novdaning gajak yoki 
tikanga aylanganligini uzum, qovoq, do‘lana kabi daraxtlarda uchratish 
mumkin. Novdaning er ostki qismi ham metamorfozlanadi. Piyozbosh – 
piyoz, lola, sarimsoqlarda va boshqalarda, tuganak – kartoshkada, ildiz 
poya - ajriqda ko‘rishimiz mumkin.
Shoxlanish tiplari: Novda, asosan o‘simlik tanasidan o‘sib 
chiqadigan shoxchalardir. Ular joylashishiga va rivojlanishiga qarab har 
– xil shoxlaydi. Novdaning shoxlanishi to‘rt xil bo‘ladi: 1) dixotomik, 2) 
monopodial, 3) simpodial, 4) soxta dixotomik.
Poya o‘simliklarning er ustidagi bargsiz, kurtaksiz qismi bo‘lib, 
bargni ildiz bilan morfologik hamda funktsional bog‘laydi. O‘simlik 
poyalari o‘sish xarakteriga, shakliga hamda uzun qisqaligiga qarab bir 
necha xil bo‘ladi. Poyalarning ko‘ndalang kesmasini ko‘rsak, 
ko‘pchilligi doirasimon ( arpa, bug‘doy ) uch qirrali (qiyoq, 
salomalaykum), to‘rt qirrali (yalpiz, rayhon) va ko‘p qirrali (qovoq, 
tarvuz) bo‘ladi. 
O‘simlikning hayot kechirishi davriga ko‘ra: daraxt, buta, chala buta 
va o‘t o‘simliklarga bo‘linadi. 


Daraxtlarda asosiy poya yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Daraxtlar ko‘p 
yillik bo‘lib, yuqori qismi shoxlanib shox-shabba ko‘rinishini oladi. 
Masalan: terak, olma, nok va boshqa daraxtlar. 
Buta o‘simliklar ham ko‘p yillik bo‘lib, asosiy poya yaxshi taraqqiy 
etmaydi va ildiz bo‘g‘zidan bir nechta poya hosil bo‘ladi. Poyasining yer 
ustki va ostki qismi yog‘ochlanadi. Atirgul, anor, bodom, kabi 
o‘simliklar shular jumlasidandir. 
Chala buta o‘simliklarida poyaning pastki qismi yog‘ochlanib, 
qishlaydi. Erta ko‘klamda mana shu sovuq urmagan qismidagi kurtaklar 
ko‘kara boshlaydi. Bular jumlasiga cho‘l shuvog‘i, izen', sho‘rak kabi 
o‘simliklar kiradi. 

Download 411.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling