5-Ma’ruza : Jahon transporti Reja: Quruqlik transporti, suv transporti, havo transporti


Kulke E. Wirtschafts - geograhfie. -Munxen – Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004. 106-bet


Download 1.1 Mb.
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1326665
1   2   3
Bog'liq
5-Ma’ruza Jahon transporti

Kulke E. Wirtschafts - geograhfie. -Munxen – Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004. 106-bet

Suv transporti.

  • Suv transporti dengiz va daryo transportidan iborat.
  • Dengiz transporti – jahon transport tizimining juda muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Jahon yuk aylanmasining 2 foizi dengiz transporti hissasiga to’g’ri keladi.
  • Dengiz kemalari asosan ommaviy yuklarni qo’yib tashiladigan, suyuq (neft, va neft maxsulotlari), uyib (qoplanmasdan va to’kib ortiladigan – ko’mir, ruda, don, fosfarit v.b.) yuklarni tashiydi. Dengiz transportida – konteynerlarda yuklangan asosiy yuklar tayyor buyumlar, yarim fabrikatlar, oziq-ovqatlar ham tashiladi.
  • Tramp kemachiligida yuk borligiga qarab turli yo’nalishlarda ishlaydi va yuk tashish bahosi fraxt stavkasi ko’rinishida bo’ladi. Muntazam (liniyali) kemachilikda esa kemalar ma’lum doimiy liniyalarda jadval bo’yicha portlarga boradi va ketadi, yuklarni ortadi-tushiradi. Tramp kemalarida asosan ammaviy, reysli (muntazam) kemalarda asosiy yuklar tashiladi. Shu sababdan tramp kemasozligida yuk tashish hajmi muntazam yuk tashish shaklidagidan ancha ko’p.
  • Atlantika okeanida dengiz kemachiligining bir nechta yo’nalishlari shakllangan:
  • 1.Shimoliy Atlantika asosiy yo’nalish bo’lib Yevropani Shimoliy Amerika bilan bog’laydi va u 400- 500 sh.k. o’rtasidan o’tadi. Bu yerda muntazam kemachilik ustun turadi.
  • 2.Janubiy Atlantika (Afrika-Evropa) yo’nalishi. Shular bilan bir qatorda Atlantika orqali Osiyodan Yevropa va AQShga neft va boshqa ommaviy yuklar tashiladigan yuk oqimlari o’tadi.
  • Tinch okeani dengiz yuklarini tashish bo’yicha ikkinchi o’rinni egallaydi. Tinch okeanining yuk tashish imkoniyatlari juda katta va uning qirg’oqlarida 2,5 mlrd.dan ortiq aholi yashaydigan 50 mamlakat joylashgan. Bu yerda dunyoning eng yirik portlari va ko’plab ommaviy, so’ngi yillarda esa asosiy yuklar oqimlari shakllanmoqda
  • Ixtisoslashgan portlar ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xos. Ularning eng yiriklari neft eksportiga bog’liq holda paydo bo’ldi va Fors qo’ltig’ida joylashgan. Bular Ros-Tinnura (Saudiya Arabistoni), Min-El-Axmadi (Quvayt), Xark (Eron) bo’lib, eng yirik supertankerlarni qabul qiladi. Eng yirik neft eksporti portlari qatoriga Nigeriyadagi Bonni, Meksikadagi Tampeko, Liviyadagi Es-Sider, Indoneziyadagi Dumay, Alyaskadagi (AQSh) – Valdiz kiradi.
  • So’ngi yillarda ruda tashuvchi kemalarni qabul qila oladigan Braziliyaning Tubarni porti dunyoning eng yirik portiga aylandi.
  • FTI sharoitida dunyo transportiga, konteynerlashtirish va u bilan bog’liq bo’lgshan “konteyner inqilobi” katta ta’sir ko’rsatdi. Ulardan foydalanish yuk tashishning eski usullariga nisbatan mehnat unumdorligini bir necha marta oshirishga, yuklarni yaxshi saqlashga imkon beradi.
  • Dengiz konteynerlaridan foydalanish birinchi marta 1956- yilda AQShda qo’llanilgan. So’ngi 60-yillarning o’rtalariga kelib, Shimoliy Atlantika liniyasida konteyner tashuvchi kemalar floti yuzaga keldi. 80-yillarning oxirida esa 5mln. konteynerni tashuvchi bir mingdan ko’proq ana shunday kemalar qatnay boshladi. AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, GFRda eng katta konteyner tashuvchi kemalar floti paydo bo’ldi. Jahonning 200 portida konteyner terminallar qurildi. Eng katta terminal Rotterdam portida qurilgan. Keyingi yilda Singapur (yiliga 4 mln.konteyner) va Gonkong bundan o’tib ketdi

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling