5-Ma’ruza : Jahon transporti Reja: Quruqlik transporti, suv transporti, havo transporti


Download 1.1 Mb.
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1326665
  1   2   3
Bog'liq
5-Ma’ruza Jahon transporti

5-Ma’ruza : Jahon transporti

Reja:

1.Quruqlik transporti, suv transporti, havo transporti

2.Asosiy transport yo’llari.

3.Yuk va yo’lovchi tashish hamda xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirishda transportning o’rni.

  • Quruqlik transporti.Jahon transporti quruqlik, suv va havo transportiga bo’linadi. Quruqlik transporti – temir yo’l, avtomobil quvur transportiga bo’linadi.
  • Temir yo’l transporti. Yuk va yo’lovchilarni parovoz, teplovoz va elektrovozlar bilan temir yo’lda tashuvchi transport turi.
  • Birinchi temir yo’l Buyuk Britaniyada 1825 yilda qurilgan. Rossiyada Peterburg-Pavlovsk yo’nalishida temir yo’l 1837-1839 yillarda qurib ishga tushirilgan. O’zbekistonda temir yo’l qurilishi 1890- yilda boshlandi. 1899- yilda Samarqand-Andijon, 1906 -yilda Orenburg-Toshkent temir yo’li qurib bitkazildi.
  • Ilmiy-texnik taraqqiyot temir yo’l transportiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Masalan, Fransiyada poezd tezligi 1955- yilda soatiga 331 km.ni, 1980- yilda 515 km.ga yetgan. Oddiy tezyurar poezdlarning tezligi soatiga 200-300 km.ni tashkil qiladi.

Jahonda temir yo’llarning umumiy uzunligi tahminan 1,2 mln.km.ga teng. Shuning yarmi oltita davlat (AQSh, Rossiya, Kanada, Hindiston, Xitoy, Avstraliya)ga to’g’ri keladi.

Temir yo’llarning zichligi bo’yicha G’arbiy Yevropa davlatlari va AQSh yetakchilik qiladi. Temir yo’llarning zichligi deganda 100 km2 maydonga to’g’ri keluvchi temir yo’l uzunligi tushuniladi. Bu ko’rsatgich G’arbiy Yevropada 10 km.ni tashkil qiladi. Rivojlangan davlatlarda temir yo’llarning asosiy qismi elektrlashtirilgan.

Avtomobil transporti. Avtomobil transporti yuk va yo’lovchi tashishda muhim ahamiyatga ega.

Avtomobil transporti yuk aylanmasining deyarli yarmi sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlari hissasiga to’g’ri keladi. Avtomobil transportining yuk aylanmasi bo’yicha AQSh birinchi, Rossiya ikkinchi o’rinda turadi.

Avtomobil transporti eng avvalo sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalarini magistral transport yo’llari bilan bog’laydi, shahar va shahar atrofidagi yuklarning asosiy qismini tashiydi, qisqa (100 km.) va uzoq masofalarga yuk tashishda qulay, yuklarni bevosita iste’molchiga yetkazib bera oladi.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling