5.17-rasm. Struktura xaritasini tuzishda keltirilgan Chuqurliklarni to’g’ri va noto’g’ri interpolyatsiya qilish sxemasi (M.A.Jdanov, 1981) 1 – noto’g’ri interpolyatsiya shizig’i; 2 – to’g’ri interpolyatsiya shizig’i; strukturalar izogipslari: 3 – noto’g’ri interpolyatsiya shiziqlari; 4 – to’g’ri interpolyatsiya shiziqlari
Murakkab tuzilishli struktura xaritalarini to’g’ri o’qish uchun eng avval oddiy (elementar) strukturalarni tasvirlashni bilish kerak. SHundan so’ng strukturalarning murakkab tuzilishli xaritalarini o’qish ancha oson bo’ladi. 5.18-rasmda oddiy strukturalar xaritasi va ularning kesmalari tasvirlangan. Antiklinal va sinklinal strukturalarda izogipslarning berkilishi kuzatiladi. Tog’ jinslarining monoklinal yotish sharoitida tarkib topgan struktura elementlarida izogipslarning berkilishi kuzatilmaydi.
Struktura terrasalari mavjud bo’lganda izogipslar bir-biridan uzoqlashadi, uning tashqi tomonida esa tog’ jinsi qatlamining ko’tarilib borishi bo’yicha yuqoriga, shuningdek, pastga tomon jinsning tikroq yotishi kuzatiladi va bunday holatda izogipslar bir-biriga yaqinlashib boradi. Agar fleksurali bukilish mavjud bo’lsa, izogipslar bir-biriga yaqinlashadi yoki tog’ jinsi qatlamining tik yotishi ko’zga tashlanadi, fleksuraning tashqi tomonida esa tog’ jinsining yotishi bo’yicha yuqoriga va pastga tomon izogipslar bir-biridan uzoqlashib ketadi (tog’ jinsining qiya yotishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |