5-ma’ruza 5-mavzu: quduqni burg’ilashdan olingan materiallarni geologik jihatdan ishlash metodlari


Download 1.18 Mb.
bet1/15
Sana14.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1772361
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-maruza


5-MA’RUZA
5-mavzu: QUDUQNI BURG’ILASHDAN OLINGAN MATERIALLARNI GEOLOGIK JIHATDAN ISHLASH METODLARI

Quduqni burg’ilashdan olingan materiallar geologik jihatdan ishlanib, konning kesmasi va strukturalar xaritalari tuziladi. Bular konning tuzilishi to’g’risida to’liq tasavvur beradi. SHuningdek, ayrim tog’ jinslari majmuasining o’zaro strukturaviy munosabatini va strukturalarning tarkib topish sharoitlarini o’rganishga imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari burg’ilangan quduqlar kesimi tadqiq qilinib, tog’ jinslarining quduq kesimi bo’yicha va ayrim gorizontlar bo’ylab fatsial o’zgarishi to’g’risida ma’lumotga ega bo’linadi.


Ayrim gorizontlarning qalinligini, kollektorlik xususiyatlarini, o’zgaruvchanligini, kon bo’yicha taqsimlanishini mukammal o’rganish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun quduqlar bo’yicha tuzilgan kesimlarni taqqoslash lozim. Bu kon geologining vazifasi hisoblanadi.


BURG’ QUDUQLARI KESIMLARINI TAQQOSLASH (SOLISHTIRISH)
Burg’ quduqlari kesimlarini taqqoslashda neft-gazli tayanch qatlamlar (gorizontlar) ajratiladi, ularning chuqurligi va jinslarning ketma-ket joylashishi aniqlanadi, bir xil tarkibli qatlamlar belgilanib, ularning turli yo’nalishlar bo’yicha qalinligi, litologik tarkibi va fatsial o’zgarishi kuzatib boriladi.
Bir xil nomlangan jins majmualarini, gorizontlarini va qatlamlarni quduq kesimida ajratish, ularni maydon bo’ylab o’zgarishini kuzatish, belgilangan yo’nalish bo’yicha izchilligini, yotish sharoitlarini, qalinligini, tarkibining doimiyligini aniqlash uchun quduq kesimlari taqqoslanadi. Quduq kesimlari biostratigrafik, xronostratigrafik va litostratigrafik (litogenetik) belgilari bo’yicha ham solishtiriladi.
Biostratigrafik belgilarga kesimdagi jinslarni faunali  florali tavsiflashdagi tafovutlar mansubdir. Bunday tafovutlar jinslarning hosil bo’lishida bir biotsenozlarning boshqasi bilan asta-sekin almashishi natijasida bunyodga keladi. Biostratigrafik belgilarga qarab taqqoslash makrofaunalar (braxiopodolar, marjonlar va b.) hamda palinologik ma’lumotlar (o’simliklarning spora va gulchangini o’rganish) asosida bajariladi.
Geologik vaqtning ma’lum bir davrlarida hosil bo’lgan xronostratigrafik belgilar yordamida quduq kesimida ayrim intervallar ajratiladi. Bunday belgilarga jinsning fizik-kimyoviy xususiyatlari (aktsessor minerallar miqdori, minerallarning tipiga xos bo’lgan xususiyatlar  zarralarning shakli, rangi, ulardagi o’ziga xos qo’shimchalar), jinslar tarkibidagi elementlarning o’zaro geokimyoviy munosabati, quduq kesimlarining elektr va radiometrik diagrammalaridagi egri chiziqlar shakli va b. mansub.
Litologik belgilar tog’ jinslarining litologik  kollektorlik xususiyatlarining turli-tumanligini o’rganishga asoslangan. Bunga sabab quduq kesimida fizik xususiyatlari turlicha bo’lgan qatlamlarning mavjudligidir. Litologik belgilarga jinsning moddiy tarkibi (qumtoshlar, alevrolitlar, gillar, ohaktoshlar va b.), ularning sig’imli va filtratsiya xususiyatlari mansub.
Hal qilinadigan vazifalar bo’yicha regional, umumiy va mukammal taqqoslashlar farqlanadi.
Quduqlar kesimini taqqoslab o’rganishda umumlashtirilgan statistik kesim tuziladi. V.A. Bad’yanov taklif etgan bunday kesimni tuzish metodikasi quyidagicha: Ordinata o’qiga gorizont ustki qismidan pastga tomon yo’nalgan quduq chuqurligi qo’yiladi. Abstsissa o’qiga quduqlarning nisbiy soni tushiriladi (% da yoki % ning ulushida), ma’lum chuqurlik bo’yicha gorizontning ustki qismidan boshlab kollektor (yoki kollektor bo’lmagan) qatlam ko’rsatiladi. Har bir chuqurlik uchun uning qadami  uzunligi ixtiyoriy olinib, foizda aniqlanadi va chizmaga tushiriladi. Buning natijasida ayrim kesim yoki umumlashtirilgan statistik kesim bo’yicha kollektor va kollektor bo’lmagan jinslarning nisbiy miqdori taqsimlanishining differentsial egri chizig’i hosil bo’ladi.
Yuqorida qayd etilganlarga nazar tashlasak, umumlashtirilgan statistik kesim kollektorlarning turli chuqurliklarda taqsimlanishining faqat umumiy mohiyatini aks ettirishi mumkin. Ammo u asosiy vazifa hisoblangan ayrim tog’ jinslarining ba’zi bir turlarini kon maydonida lokal taqsimlanishini ifodalay olmaydi, binobarin, bunday kesim bevosita taqqoslash uchun xizmat qila olmaydi. Bunday sharoitda tog’ jinslari yotishining ketma-ketligini, qalinligini va moddiy tarkibini tadqiq qiladigan umumiy taqqoslash metodi zich tuzilgan va o’tkazuvchan qatchalarning foizda ifodalangan miqdorini o’rganadigan statistik metod bilan almashtiriladi. Ammo bu metod qatchalarning maydon bo’ylab lokal tarqalishini kuzatish imkonini bermaydi, shu sababli undan foydalanib bo’lmaydi. CHunki, yuqorida qayd qilingan qatchalar aslida ularning turli holatdagi birikmasi bo’lishi mumkin. SHu boisdan bularni faqat yotqiziqlarni mo’’tadil taqqoslashda o’rganiladi.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling