5-ma’ruza 5-mavzu: quduqni burg’ilashdan olingan materiallarni geologik jihatdan ishlash metodlari


Download 1.18 Mb.
bet4/15
Sana14.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1772361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-maruza

GEOLOGIK KESMA TUZISH
Geologik kesmada tog’ jinslari va qatlamlarining yotish holatlari, qavatlanishi, yoshi va tarkibi har xil jinslarning o’zaro munosabatlari, geologik struktura shakllari, qatlamning qalinliklarining o’zgarishi, burmalanish va uzilmalar xarakteri, geologik fatsiya va ularning o’zaro munosabatlari vertikal tekislikda tasvirlanadi. Geologik kesma geologik xaritani mazmunan to’ldirib, maydonning chuqurlik bo’ylab tuzilishida sodir bo’ladigan o’zgarishlar haqida ma’lumot beradi.
Konning geologik kesmasi quduqlar kesimi bo’yicha tuziladi va kon tuzilishi to’g’risida aniq tushuncha beradi, shuningdek, turli yo’nalishlarda sodir bo’ladigan fatsial o’zgarishlarni izohlaydi. Bundan tashqari geologik kesma neft va gaz uyumlarining zaminda joylashishini hamda ularning bir-biri va suv bilan bo’lgan tutash yuzalarining qiyofasini ifodalaydi. Agar konning geologik tuzilishi murakkab bo’lsa, tuzilgan kesma razvedka quduqlarini loyihalashda va struktura xaritasini tuzishda katta ahamiyatga ega bo’ladi. SHu boisdan quduqlar bo’yicha geologik kesma tuzish metodikasini o’zlashtirib olish muhim sanaladi. Hal etiladigan geologik vazifalarga qarab kesmani u yoki bu yo’nalishi tanlanadi (5.5-rasm). Asosan ko’ndalang va bo’ylama geologik kesmalar farqlanadi.
Ko’ndalang geologik kesma (qatlamlar cho’ziqligiga ko’ndalang yoki enkayishi bo’yicha) yordamida konning tektonikasi tadqiq qilinadi, agar qatlamlarning birlamchi yotish holatlari buzilgan bo’lsa, u holda kesma buzilish yo’nalishiga ko’ndalang qilib tuziladi.


5 .5-rasm. Geologik kesmalar turlari: I-I – ko’ndalang kesma; II-II – bo’ylama kesma; III-III – diagonal kesma; IV-IV – tektonik buzilishga nisbatan ko’ndalang qilib tuzilgan kesma (M.A.Jdanov, 1981). 1 – tog’ jinsining yo’nalishi va og’ishi; 2 – buzilish yo’nalishi

Bo’ylama kesma (qatlamlar cho’ziqligi bo’ylab) ham konning tektonik tuzilishini o’rganish uchun tuziladi. Mohiyatiga ko’ra kesma bir qator ko’ndalang kesmalarni taqqoslab tuziladi va ularni to’ldiradi.


Qayd qilinganlardan tashqari jinslarning cho’ziqligiga va yotishiga diagonal qilib tuziladigan kesmalar ham mavjud. Bunday kesmalar buzilishlarni va jinslardagi fatsial o’zgaruvchanlikni diagonal yo’nalish bo’yicha o’rganish uchun zarur.
Quduqlar bo’yicha tuziladigan kesma geologik yoki struktura xaritasi masshtabida tuziladi. Agar xaritaning masshtabi juda kichik bo’lsa-yu, tuziladigan kesmada turli geologik elementlarni ko’rsatish zaruriyati tug’ilsa, kesma geologik xaritaning masshtabidan yirikroq masshtabda tuziladi. Qatlamlarning enkayish burchagining kesmada o’zgarib ketishining oldini olish maqsadida uning gorizontal va vertikal masshtabi bir xil qilib olinadi. Quduqlar bir-biridan juda katta masofada joylashganda (mas., platformada) kesmalar turli masshtabda tuziladi, agarda kesmani vertikal bo’yicha mufassal o’rganish zaruriyati tug’ilsa, u yirikroq masshtabda tayyorlanadi. Kesmada quduqlar oralig’idagi qatlamlarda paydo bo’lgan uzulishlarni bir varaq qog’ozda joylashtirish uchun kesmani bir xil masshtabda tuzilgani maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kesma yer yuzasining turli tomonlari bo’yicha tuziladi va chapdan o’ngga: janub-shimol, janubiy-g’arbiy-shimoliy-sharq, g’arb-sharq, shimoliy-g’arb-janubiy-sharq yo’nalishlari bo’yicha joylashtiriladi.
Kesmani tuzishda quyidagi tartibga rioya qilinadi:
1) dengiz yuzasining sath chizig’i o’tkaziladi va kesmaning chap tomonida vertikal masshtab chiziladi;
2) dengiz sathini ifodalaydigan chiziqda qabul qilingan masshtabda quduqning kesmadagi o’rni nuqtalar bilan ko’rsatiladi;
3) ko’rsatilgan nuqtalardan quduq tanalari vertikal chiziq holida o’tkaziladi va quduq amplitudalari masshtabda ifodalanadi; altitudalar (metrlarda ifodalangan mutlaq balandlik) belgilarini birlashtirib, kesmaning yo’nalishi bo’yicha relef yuzasi sxematik shaklda ifodalanadi;
4) quduq tanasiga parallel qilib, ikkinchi chiziq o’tkaziladi va shartli belgilarda quduq kesimining ustuni chiziladi.
5) quduq kesimlari taqqoslanib, yakuniy geologik kesma chiziladi.
Kesimlarni taqqoslashda hamma quduqlarning kesimidagi qatlamlarning ketma-ket qatlanib joylashishiga alohida e’tibor beriladi.
Qatlamlarning ketma-ket joylashishida alohida stratigrafik birliklarning tushib qolishi yoki alohida nome’yorliklarning mavjud bo’lishi mumkin. Bular o’z navbatida tog’ jinslarining stratigrafik nomuvofiq yotishidan yoki tektonik buzilish mavjudligidan dalolat beradi. Binobarin bunday nome’yorliklarning quduq kesimida uchrashiga alohida e’tibor berish lozim, chunki ular birgalikda tog’ jinslarining nomuvofiq yotish sababini aniqlashga imkon beradi hamda buzilish yuzasining kesma tekisligi bilan kesishganligini bildiradi.
5.6-rasmda qazilgan quduqlardan olingan ma’lumotlarga asoslanib tuzilgan geologik kesma keltirilgan. Kesma yuqorida qayd etilgan tartibda tuzilgan.


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling