5-ma’ruza. Barg. Bargning vazifasi. Bargning anatomik va morfologik tuzilishi reja 1
Download 37.74 Kb. Pdf ko'rish
|
6mavzu
Bargning ichki tuzilishi. Epiderma bargning qoplovchi to’qimasi hisoblanib,
u transpiratsiya va gaz almashinuvini boshqaradi. Hamma o’simlik barglarining ustki epidermasi kutikula qavati bilan qoplangan. Bu hol ayniqsa qurg’oqchil sharoitda o’suvchi o’simliklar bargida yaxshi ifodalangan, ya'ni epiderma hujayralarning tashqi tomoni kutinlashgan va uning ustidagi kutikula qavati ham juda qalin bo’ladi. Barg eti ko’pchilik hollarda mezofill deyilib, uning hujayralari o’lchami va shakliga ko’ra turli xil bo’ladi. Ko’pchilik o’simliklarda ular o’zaro zich joylashgan hujayralarning bir necha qavatidan iborat. Ular barg yuzasiga perpendikulyar joylashib, polisad yoki ustunsimon parenxima deb ataladi. Ularning hujayralarida juda ko’plab xloroplastlar bo’ladi. Ustunsimon parenxima ostida tarkibida xloroplastlari kam bo’lgan noto’g’ri shaklli hujayralardan iborat g’ovak to’qima joylashadi. Uning hujayralararo bo’shlig’ keng bo’ladi, ayniqsa ular suv o’simliklarida ko’p uchraydi va bu o’simliklar bargini suv yuzida suzib yurishiga yordam beradi. Barg etini tashkil etuvchi bu ikkala to’qima assimilyatsiya vazifasini bajaradi va shu sababli assimilyatsion to’qima deb ataladi. Serquyosh sharoitda o’simliklarda mezofill hujayralarning aksariyati cho’ziq shaklda bo’lib, ular ustunsimon parenximani hosil qiladi. Salqin joylarda o’sadigan o’simliklarda esa bu to’qima mutlaqo bo’lmaydi yoki kam uchraydi. Bu holni hatto bitta daraxtning turli shoxlaridagi bargida ham kuzatish mumkin. Xususan, ustunsimon parenxima janub tomondagi barglarda yaxshi rivojlanib shimol tomondagilarida sust ifodalangan bo’ladi. Buning sababi shuki, ustunsimon to’qimaning hujayralari yorug’lik ta'sirini tartibga solib turadi. Ya'ni, yorug’lik ta'siri kuchli bo’lganda xloroplastlar ustunsimon parenxima hujayralarining pastki uchida, o’rtacha bo’lganda hujayralarning yon devorlariga yaqin joyda, kam bo’lganda esa hujayralar epidermis ostidagi yuqori uchida joylashadi. Ko’pchilik o’simliklar ustunsimon parenximasi ostida voronkasimon shakldagi yig’uvchi hujayralar bo’ladi. Ular keng qismi bilan ustunsimon to’qima hujayralariga yondoshib joylashadi. Ularning vazifasi fotosintezda ustunsimon to’qima hujayralarida hosil bo’lgan organik moddalarni qabul qilish va uni bargning o’tkazuvchi bog’lamlariga o’tkazishdan iborat. Bargni ko’ndalang kesimida tomirlari ustki va pastki tomondan epidermis bilan qoplanganligini, uning ostida esa kollenxima hujayralari joylashganligini ko’rish mumkin. Tolalarning ma'lum qismini asosiy parenxima hujayralari egallagan bo’lib, ular orasida ayrim tolali naychalar bog’lami bo’ladi. Uning yuqori qismi yog’ochlik hujayralaridan, pastki qismi esa lub elementlaridan iborat bo’ladi. Bog’lamlar poyada qanday joylashsa, barg tomirlarida ham xuddi shunday joylashadi. Bog’lamlarning eng ko’pi bargning asosida bo’lib, barg uchiga tomon esa maydalashib boradi va nihoyat barg plastinkasining eng chetiga yog’ochlikning bittagina naychasi etib boradi. Shu sababli suv naycha bo’ylab barg plastinkasining eng chetigacha etib boradi, etning naycha atrofidagi cho’zinchoq hujayralari esa fotosintez mahsulotlarini bargning eng uchidan boshqa qismlariga oqib borishini ta'minlaydi. Bir pallali o’simliklar bargining mexanik to’qimalari sklerenximadan, ikki pallali o’simliklar barginiki esa kollenxima va tosh hujayralaridan iborat. Mexanik to’qimalar naychalar bog’lami bilan birgalikda joylashib ularni pishiq qilsa, tosh hujayralar barg bandi va tomirlarini qattiq qiladi. Mezofill, odatdagi dorzoventral tuzilishli barglar morfologik va qisman fiziologik tomonidan farq qiluvchi ikki turdagi ustunsimon va bulutsimon to’qimalardan tashkil topadi. Parenxima mezofillning faol fotosintez jarayonini amalga oshiruvchi to’qimasidir. Ko’pchilik o’simliklarda u bir qavatli bo’lib, ikki va ko’p qavatlilari ham uchrab turadi. Parenxima to’qimaning ko’p qavatligi o’simlikning yorug’sevarlik belgisi hisoblanadi. Bulutsimon parenxima nisbatan dumaloq va ko’p sondagi hujayra oraliqlariga ega. Hujayrada xloroplastlar soni ham kamroq. Bargdagi o’tkazuvchi boylamlar yopiq kollaterial turdadir. Ba'zan ikki pallali o’simliklarning asosiy tomirlarida floema bilan ksilema o’rtasida kambiy uchraydi, ammo u faollik ko’rsatmaydi. Ksilema boylamlari bargning ustki tomoniga, floema boylamlari esa ostki tomonga qaragan bo’ladi. Bargning ichki tuzilishi ekologik sharoitga mos ravishda o’zgaradi. Sukkulent hisoblangan igna bargli o’simlik qarag’ayning bargi tashqi tomondan qo’shimcha himoya qobig’i gipodermaga ega. Barg mezofilli bir-biriga zich joylashgan burmali parenxima hujayralaridan iborat. Mezofill hujayralari orasida sklerenxima halqasi bilan o’ralgan smola yo’llarini ko’rish mumkin. Bargning markazida endoderma bilan o’ralgan kollatyeral o’tkazuvchi boqlamlar joylashadi. Download 37.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling