5-ma’ruza. Barg. Bargning vazifasi. Bargning anatomik va morfologik tuzilishi reja 1


Download 37.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi37.74 Kb.
#1797853
  1   2   3
Bog'liq
6mavzu



5-MA’RUZA. BARG. BARGNING VAZIFASI. BARGNING ANATOMIK VA MORFOLOGIK 
TUZILISHI 
Reja
1. Bargning tuzilishi va vazifalari. 
2. Bargning rivojlanishi (ontogenezi). 
3. Bargning ichki tuzilishi. 
4. Barg metamorfozi
Tayanch so’zlar: barg bandi, yaprog’i, yonbarglar, fotosintez (yorug’lik, 
o’shish), transpiratsiya (orqali, nafas chiqarish), epiderma, mezofil (o’rta, et qism), 
gipoderma (ost tomonidan, po’st), polisad (ustunsimon parenxima), bulutsimon 
to’qimalar, dorzaventeral, izolaterial. 
Barg yuksak o’simliklar uchun xos organ. U poyadan kelib chiqqan. Barg 
poyada joylashgan bo‘lib, uning o‘sish konusidagi meristema hujayralarining 
rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Ular poyada o‘ziga xos navbat bilan joylashgan bo‘lib, 
uning eniga va bo‘yiga o‘sishi bargning asosini va barg yaprog‘ini hosil qiladi. Barg 
quyidagi funksiyalarni bajaradi. Fotosintez, gazlar almashinuvi, suv bug‘latish, 
zahira oziq moddalarni saqlash, (karam, piyoz), himoya vazifasi (tikanaklar), 
vegetativ ko‘payishga, xizmat qiladi(yapon binafshasi, begoniya). Bulardan 
tashqari, uning shakl o’zgarishidan ko’rinishlari organik moddalarni g’amlash 
(karamning yoki piyozning etdor barglari va boshqalar), himoya (tikanlar) va 
vegetativ ko’payish (begoniya, fikus va boshqalar) kabi vazifalarni ham bajarish 
mumkin. Odatdagi tuzilishli to’liq barg, barg yaproq’i, barg bandi va 
yonbargchalardan tashkil tongan. 
Barg yapog’ining shakli niqoyatda xilma - xildir, u dumaloq , tuxumsimon
nashtarsimon, uchburchak, buyraksimon, o’qyoysimon, ninasimon, tasmansimon, 
teskari tuxumsimon, ovalsimon, tangachasimon va boshqa shakllarda bo’lishi 
mumkin. Barglar chekkasining tuzilish xarakteriga ko’ra tekis qirrali barg va o’yiqli 
barglar ajratiladi. Agar bargning qirrasi butun bo’lsa (siren, loviya, pista) tekis chetli 
barg deyiladi. Agarda bargning chekkasi kertikli bo’lsa qirrali barg deyiladi. Barg 
yaproqining chekka qirralarining shakliga qo’ra ular bir necha xilga ajratiladi: oddiy 
tishsimon yoki qo’sh tishsimon; arrasimon yoki qo’sh arrasimon, to’garaksimon, 
oysimon. Barg tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab barglar farq qilinadi. Agarda 


barg bandida faqat bitta barg bo’lsa, unga oddiy barg deyiladi. Bandsiz barglar ham 
oddiy barg deb yuritiladi. Murakkab barglarda barglar birnecha sondagi 
yaproqchalardan iborat bo’lib, ular qisqa bandlar yordamida umumiy barg bandiga 
birikkan bo’ladi. 
Barglar kyrtigining qirqilish darajasiga qarab kertiksiz, bo’laklarga bo’lingan, 
bo’laklarga chuqur bo’lingan va qirqma barglar farq qilinadi. Turli o’simlik 
barglarining segmentlari soni va joylanish xarakteri hamda shakllariga qarab bir - 
birlaridan farq qiladi. Shuning uchun ham ular uch bo’lakli (o’rmalovchi, 
ayiqtovonda), patsimon (valerianada) va panjasimon (zaharli ayiqtovonda) 
barglarda ajratiladi.Yaproqlarining soni va joylashish xarakteriga ko’ra uch bargli 
panjasimon va patsimon murakkab barglar farq qilinadi. Barg yaprog’ida tomirlar 
turli shaklda joylashishi mumkin. Shuning uchun ham oddiy (ninabarglilarda), 
dixotomik (ginko bargi), parallel, yoysimon va to’rsimon tomirlanishlar farq 
qilinadi. To’rsimon tomirlanishning patsimon (olma, nok barglarida) va panjasimon 
(zarangda) ko’rinishlari mavjud. Parallel va yoysimon tomirlanishlar aksariyat bir 
pallali o’simlik barglarida kuzatilib, ikki pallali o’simliklarda esa ko’pincha 
patsimon, panjasimon yoki to’rsimon tomirlanishlar uchraydi. Tomirlarning vazifasi 
suv va unda yerigan mineral hamda oziq moddalarni poyadan barglarga yoki
aksincha, barglardan poyaga o’tkazishdan iboratdir. Bundan tashqari u bargga 
tayanch mustahkamlik beradi va turli tashqi mexanik ta'sirlardan (yomg’ir, do’l va 
boshqalardan) muhofaza qiladi. 
Ko’pchilik o’simliklarning bargi poyaga bandi yordamida birikadi. Bunday 
barglar bandli barglar deyiladi. U nisbatan uzun (tog’terakda) yoki qisqa (tollarda) 
bo’lishi mumkin. Barg bandi mexanik tayanch vazifasini bajarishdan tashqari 
interkalyar o’sish xususiyatini uzoq vaqt saqlab qoladi, barg yaprog’ini yorug’likka 
to’g’irlab turadi. Ko’pchilik o’simliklarda barg bandi asosida maxsus o’simtalar 
bo’ladi. Bu o’simtalar yonbargchalar deb atalib, ularning shakli, o’lchami va 
vazifalari turli o’simliklarda turlicha bo’ladi. Shakl jihatidan mazkur bargchalar 
tuksimon, pardasimon, tangachasimon va tikansimon ko’rinishlarda uchraydi. 


Yonbargchalar odatda ikki pallali o’simliklar uchun xosdir. Poya va ildizlardan farq 
qilib barg dorzoventral tuzilishida bo’ladi. 

Download 37.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling