5-ma’ruza. Barg. Bargning vazifasi. Bargning anatomik va morfologik tuzilishi reja 1


Download 37.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana03.12.2023
Hajmi37.74 Kb.
#1797853
1   2   3
Bog'liq
6mavzu

Barg metamorfozi. Qurg’oqchilik yerlarida o’simliklar suvni kam bug’latish 
uchun ko’pgina barglarini tikanga aylantiradi. Kaktus, zirk, sparja o’simliklarida 
barglar mutlaqo tikanga aylangan. Ayrim o’simliklarda barg plastinkasining chetlari 
mayda tikanlarga aylanadi. Masalan, qushqo’nmas, govtikanda akatsiya, kovul 
o’simliklarida esa yon bargchalar tikanga aylangan. Ba'zi bir o’simliklarda bargning 
butun yoki biror qismi ipsimon jingalakka aylanadi. Ho’xat, no’xatak, burchoq, 
yasmiq o’simliklari murakkab barglarining oxirgi bargchasi shaklini o’zgartirib 
jingalakka aylangan. 
Suvda yoki botqoqda o’sadigan o’simliklarning barglari hasharotlarni tutib 
hazm qilishga moslashgan. Botqoq rosyankasi, pashshaxo’r venerina, muxolovka 
barglari hasharot qo’nishi bilan tukchalari ta'sirlanadi va ular yopilib hasharotlarni 
ushlab qoladi. 
Braziliyada o’sadigan nepentis o’simligida esa barg bandining bir qismi 
ko’zachaga, barg plastinkasi esa qopqoqchaga aylangan bo’lib, hasharotlar shu 
ko’zachaga tushishi bilan qopqoqcha yopiladi, ushlangan hasharotlar hazm bo’ladi. 
Barg ontoginezi. Barg o’z taraqqiyotini kurtak ichida va undan tashqari 
fazalarda o’tkazadi. Birinchi faza davomida boshlang’ich barg voyaga etgan barg 
shaklini oladi, ammo u kichik o’lchamda va o’ralgan holda bo’ladi. Ikkinchi fazaga 
o’tganda esa hujayralarning bo’linishi va cho’zilishi natijasida barg rivojlanadi. 
Bargning shakllanishi boshlang’ich barg uchki hujayralarining bo’linishi va 
keyinchalik interkalyar hamda chekka meristemalar hisobiga boradi. Kurtak 
yozilganidan so’ng bargining yuzasi bir necha o’n va yuz marta ortiladi. 
Аsosiy adabiyotlar 
1. Rudall P. Anatomy of Flowering Plants (An Introduction to structure and 
Development) Third Edition. Cambridge. 2007. P. 147
2. Маtkarmova А.А., Махkamov Т.Х., Махmudova М.М., Аzizov Х.Ya., 
Vaisova G.B. Botanika. – Тоshkent: “Fan va texnologiya”, 2019. 298 b.


3. 
Pratov O‘., Shamsuvaliyeva L., Sulaymonov E. va bosh. Botanika 
(morfologiya, anatomiya, sistematika, geobotanika). -Toshkent: “Ta’lim 
nashriyoti”, 2010. – 288 b.
 

Download 37.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling