5-ma`ruza: Biologik usul, rivojlanishi, biocenozda organizmlarni o`zaro munosabati Reja: 1


Download 51.41 Kb.
bet6/6
Sana03.10.2023
Hajmi51.41 Kb.
#1690657
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`simhim5-ma`ruzaMeva3

Vertitsillin “Biodron” TOO NVTs tomonidan Verticilliam lecanii (Zare et W.Gams)zamburug’i blastosporalari asosida bu preparatning 2shakli chiqariladi. Vertitsillin, J, titri 1 ml da kamida 2 mlrd. blastospora. Vertitsillin,QKD,G.Quruq kukun, donadorlashtirilgan, titri kamida 2 mlrd. spora/g. Preparat himoyalangan gruntda bodring va pomidorni issiqxona oqqanotidan himoyalashda purkash usulida tavsiya etilgan. Vegetatsiyasi davrida preparatning 0,1% ishchi eritmasi ekinga 7-10 kun oralatib purkaladi. Vertitsillinni samarali qo’llashning shartlari – ishlov berilgandan keyin 2 sutka davomida harorat 24-28°C va nisbiy namlik 80% dan yuqori bo’lmasligidir. Purkash kechqurunlari, er va yo’lakchalar mo’l-ko’l sug’orilgandan keyin amalga oshiriladi. Quruq kukunni qo’llashdan oldin sporalarni faollashtirish maqsadida 12-24 soat davomida ivitish tavsiya etiladi. Preparat issiqqonli hayvon uchun xavfli emas.V.lecanii(Zimm) Zare et W.Gams zamburug’i blastosporalari o’simlik bitlari va tripslarga qarshi biologik kurashda qiziqish uyg’otadi. Buyuk Britaniyada shu zararkunandaga qarshi biologik kurashda zamburug’ blastosporasi asosida vertalek va triptal,oqqanotga qarshi mikotal preparati yaratilgan Nemotofagin BL, VSX, G. Preparat Arthrobotrys oligospora Fresensius zambrug’i mitseliy va sporalaridan iborat. Titri – 2-3 mln. spora/g. Yopiq gruntda gall hosil qiluvchi nematodalarga qarshi kurashda tavsiya etilgan. Preparat gruntga bodring, pomidor, salat ko’chatlari o’tqazilishigacha100-150 g/m2 ko’chat o’tqazish davrida har bir chuqurchaga 5-10 g hisobidan yoki o’simlik vegetatsiyasi davrida jo’yakchadagi har bir o’simlik ostiga 20-30 g me`yorida kiritiladi. Shampinon etishtirishda zararkunanda nematodalar, mikogelьmintlarga qarshi zamburug’ mitseliysi ostiga 250-300 g/m2 nematofagin kiritiladi. 150S dan yuqori bo’lmagan haroratdagi quruq binoda preparatni saqlash muddati 1 yil.
Download 51.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling