5-ma`ruza: Biologik usul, rivojlanishi, biocenozda organizmlarni o`zaro munosabati Reja: 1


Download 51.41 Kb.
bet4/6
Sana03.10.2023
Hajmi51.41 Kb.
#1690657
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`simhim5-ma`ruzaMeva3

Turingin va astur. Uchinchi guruh biopreparatlari vakillari bo’lib ularning asosi sporasiz toksindir. Turingin – suyuq preparat, tarkibida Bt. subsp. thuringiensis ajratadigan β-ekzotoksin saqlaydi. Dastlab hayvonlarni parazitlardan davolashda, keyinchalik, BTB singari, o’simliklar himoyasida qo’llanilgan. Astur HK va SK endotoksin kristallari Bt. subsp. kurstaki asporogen shtammi asosida yaratilgan. 1997 yili karam, mevali rezavor va dorivor ekinlar tangachaqanotli zararkunanda hasharotlariga qarshi kurashda tavsiya etilgan. Biologik himoyani kuchaytirish maqsadida Bt genlarini boshqa mikroorganizmlarga ham o’tkazish mumkin. Entomopatogen virus preparatlari. Virus preparatlari (virinlar) bakuloviruslar asosida ishlab chiqariladi. Bu guruh entomopatogen viruslarning yuqori spetsifikligi tufayli ularning ta`siri muayyan zararkunandaga afzalroq bo’lib, hasharotning nomi virus preparatini aks ettiradi. Virin – TIKE(ENSh)Rossiyaning dastlabki virus preparati bo’lib, preparat virusning 50% glitserindagi quyuq, och-qo’ng’ir tusli suspenziyasidir. Titri kamida 4 mlrd. poliedr/ml. Tengsiz ipak qurtlariga qarshi suyuq preparat shaklida qo’llaniladi. Saqlanish muddati 0o-15oC haroratda 1 yil, 26°C haroratda esa 2 hafta. Tengsiz ipak qurti tarqalgan manbaalardagi mevali bog’ va o’rmonlarda har bir daraxtda zararkunanda 0,5-2 tuxum to’pi bo’lganda preparatni 0,2 l/ga me`yorida purkash tavsiya etiladi. Virin – KTE (EKS). E.V.Orlovskaya tomonidan yadro poliedrozi eksperimental virusi shtammi asosida bakterial preparatlar BITI tomonidan karam tunlamiga qarshi yaratilgan. Preparat suyuq holda va kukun shaklida ishlab chiqilgan. Titri 1 mlrd. poliedr/ml. 0-15°C haroratda saqlanish muddati 1 yil, 26°C da esa 2 hafta. Karam va boshqa sabzavot ekinlarida karam tunlamining 1-2 yoshdagi qurtlariga qarshi 0,1-0,15 l,kg/ga me`yorida purkash tavsiya etilgan. Virin – OQG (GYaP). Olma qurti (mevaxo’ri) ga qarshi kurashda foydalaniladi. Belorussiya o’simliklarni himoya qilish ITI, BO’XQI (VIZR) bilan birgalikda olma qurti granulyoz virusi asosida suyuq preparat shaklida tayyorlagan. Preparatning titri 1 ml da kamida 3 mlrd. granulalardan iborat.O’simliklar vegetatsiyasi davomida, zararkunanda tuxumdan ommaviy ochib chiqish davrida, olmaga 5-6 kun oralatib 2-3 marta purkaladi. Ishlov me`yori – 0,3 l/ga.
Download 51.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling