5-Ma’ruza. Boshqaruvda axborot va kommunikatsiya Reja: Kommunikatsiya tushunchasi va uning vazifalari


Download 53.12 Kb.
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi53.12 Kb.
#1335564
1   2   3
Bog'liq
ҚМ 5-мавзу

Tashqi kommunikatsiya - bu tashkilot bilan tashqi muhit o’rtasidagi axborot almashuvidir. Tashqaridan keladigan axborotlar, jumladan, yuqori Boshqaruv organlari, xokimiyat, vazirlar, qo’mitalar, Vazirlar Maxkamasi, Prezident devoni axborotlari bunga misol bo’ladi.
Ichki kommunikatsiya - deganda korxona ichidagi, uning bo’limlari o’rtasidagi va korxona ichki faoliyatini yurgizish uchun zarur bo’lgan axborot almashuvi tushuniladi. Bu yerda Boshqaruv bo’g’inlari (vertikal kommunikatsiya) va bo’limlararo (gorizontal) axborot almashuvi amalga oshiriladi.












Tashkiliy kommunikatsiya



















Tashqi




Ichki










Gorizontal




Vertikal




Noformal







Bo’g’inlararo




Rahbar-bo’ysunuvchi






5.1-rasm. Tashkiliy kommunikatsiyalarning tasnifi


Rahbar va bo’ysunuvchi o’rtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotda eng ko’p uchraydigan axborot almashuvidir. Masalan, tsex boshligi yoki masterning jamoa va ayrimxodimlar bilan jonli aloqasi juda yuksak baholanadi. Jonli aloqada raxbar faqat uz qarorini bildiribgina kolmay, bo’ysunuvchilarga ta’sir ko’rsatishi, qarorni yaxshiroq bajarish uchun ularda tashabbus va xohish uyg’otishi mumkin. Qo’pol gapirishga, baqirishga va xokazolarga aslo yo’l qo’yilmaslik kerak. Rahbarning shaxsiy obro’si ko’p jihatdan u o’z fikrini qay tarzda bildirishga, qanday so’zlashiga bog’liq.
Noformal kommunikatsiya - bu raxbar atrofidagi shov-shuvlar, rahbarning xizmatga doir bo’lmagan shaxsiy aloqalari, norasmiy kanallar bilan axborot almashuvlari kiradi. Bunday axborot almashuvi chegara doirasida bo’lishi kerak.



    1. Qaror qabul qilishda axborotning o’rni

Axborot - bu ma’lumot va xabarlar yig’indisi bo’lib, mazmunan, yangilik unsirlariga ega bo’ladi va boshqaruv vazifalarini xal etish uchun o’ta zarurdir. Ishonchli va zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oshirib bo’lmaydi.
Bugungi kunda boshqaruv tizimida axborotlarning alohida o’rnini qayd etish kerak. Boshqaruv tizimida axborotlar bilan ishlash aloxida e’tiborni o’ziga qaratadiki, ayniqsa, bozor iqtisodiyotida axborotlar tizimisiz biron bir faoliyat yuritib bo’lmaydi. CHunki bozor munosabatlarida yangiliklarni tez yuzaga kelishi va ularni xayotga joriy etishda raqobat muhiti shakllangan. Axborotlar bilan ishlash har bir raxbarda ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda jiddiy munosabatni keltirib chiqaradi. CHunki u korxonaning bozor muhitidagi o’rnini, raqobatdagi ustivorlikni, istikboldagi o’zgarishlarini olingan axborotlar ko’lamiga qarab belgilaydi.
Axborotlar tushunarli bo’lishi uchun undagi har bir holat yoki ma’lumotga e’tibor beriladi. Axborotlardan foydalanishda ularning tezkorligini ham ta’minlash zarur. Bundan tashkari axborotlar to’liq ma’lumotlar asosida yetkazilishi muhimdir. CHunki noto’g’ri axborot tufayli butun bir korxona faoliyatini musobaqallashtirib qo’yish mumkin. Ayni davrda axborotlarni boshqaruv negizi deb hisoblash lozim va boshqaruvning sifati ularning zamonaviyligiga bevosita bog’liq.
Axborotlar qabul qilingandan so’ng teskari aloqalar ham o’rnatiladiki, buni berilgan axborotga nisbatan berilgan javob tariqasida qabul qilish kerak. Teskari aloqalar qabul qilingan axborotlarning to’g’ri tushunish yoki tushunmaslikdan amalaga oshiriladi.
Boshqaruvchi organ boshqariluvchi ob’ektning hamda bog’liq bo’lgan tashqi muhit holatlari haqida axborotlar olib turadi. Bu axborot boshqaruvchi organ tomonidan qabul qilinadi va shu asosida u boshqaruvchi axborot (qaror, buyruq) ishlab chiqadi. SHundan keyin axborot boshqariluvchi ob’ektga ta’sir o’tkazadigan boshqaruvchi tizimning ijroiya organiga yuboriladi va bajarilishi nazoratga olinadi. Boshqaruv tizimida axborot aloqalari quyidagicha o’rnatiladi (6.2-rasm).
Bu yerda teskari aloqalar nuqtalardan iborat chiziqlar bilan ko’rsatilgan.
Shunday qilib, boshqaruv tizimida axborotni uzatish, olish, qayta ishlash va berish jarayoni amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning borishi to’g’risidagi ichki axborot boshqaruvchi tizimga mutassil kelib tushadi. Bu:



Ichki axborot


Tashqi
axborot






Boshqaruvchi tizim


Boshqariluvchi tizim

Boshqaruv buyrug’i





Download 53.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling