5-ma’ruza. Chiqidisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy prinsiplari


  6-ma’ruza. Chiqindilarni hosil bo’lish manbalari, sabablari va ularning


Download 25.53 Kb.
bet3/3
Sana15.08.2023
Hajmi25.53 Kb.
#1667257
1   2   3
 

36 


6-ma’ruza. Chiqindilarni hosil bo’lish manbalari, sabablari va ularning 
sinflanishi 
R e j a: 
1. Chiqindilar va ularni qayta ishlash muammolari. 
2. Qattiq plastmassa chiqindilarni qayta ishlash muammolari. 
3. Simobli lampalar va ularni dastlabki xossalarini qayta tiklash muammolari.

Tayanch atama va iboralar 
Chang, qum, tuz, chiqindi, qo’zg’almas va harakatlanuvchi chiqindilar manbai, 
transport vositalari, garmsel, chiqindi, oqova suv, zaharli moddalar, suvning qattiqligi, 
zaharli moddalarning RECHKsi, zovur suvlari, ichimlik suvi, tozalash inshooti, tozalash 
usuli, lyuminessent lampalari, simob bug’lari, plyonka, paxta hosildorligi, plastmassa 
chiqindilari. 

A d a b i y o t l a r 
1. Abdullaev O., Toshmatov 3. O’zbekiston ekologiyasi bugun va ertaga. 
T.:Fan, 1992. 
2. Shodimetov YU. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T.:O’qituvchi, 1994. 
3. Rafiqov A.A. Geoekologik muammolar. T.:O’qituvchi, 1997, 112 6. 

Nazorat savollari 
1. ―Chiqindilar to’g’risidagi‖ O’zbekiston Respublikasining qonuni qachon 
qabul qilindi? 
2. Lyuminessent lampalarni zararsizlantirish texnologiyasi haqida ma’lumot 
bering. 
3. Plastmassa chiqindilaridan kaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin? 
 
Chiqindilar va ularni qayta ishlash muammolari 
Ma’lumki, 2002 yil 5 aprelda "CHqqindilar tug’risida" O’zbekiston 
Respublikasining qonuni qabul qilindi. Bir kishi bir yilda 83 kg chiqindi chiqaradi. 
Hozirgi paytda Buxoro, Kogon shaharlaridagi axlatxonalarning holati, Olot, Qorako’l, 
Buxoro va Jondor tumanlardagi axlatxonalar va ularning sanitariya-gigienik holati 
jozirgi zamon talablariga javob bermayotir. Ularning atrofi o’ralmagan, chiqindilarni 
turlarga ajratish va zararsizlantirish chora-tadbirlari amalga joriy etilmagan. Natijada 
atrof-muhit ifloslanib, turli kasalliklar kelib chiqmoqda. 
Ko’pgina holatlarda kunduzgi yorituvchi lyuminessent lampalarni maishiy 
chiqindilar bilan birga ko’plab axlatxonalarga chiqarib tashlashlar ko’zga tashlanib 
turadi. Bir dona singan lyuminessent lampaning simob bug’lari ta’sirida qiska vaqti 
davomida o’tkir zaharlanish huruji 20 marotaba ortadi. Ming dona siniq lampa, bitta 
katta shahar hududining 75% ni uch kavatli bino balandligida zaharlaydi. Simob asab 
tizimiga, jigar, buyrak, oshkozon: va ichak faoliyatining buzilishiga olib keladi. 
Simobning havodagi ruxsat etilgan o’rtacha sutkalik chegaraviy konsentrasiyasi 0,0003 

37 


mg/m
3
ni tashkil yetadi. 
2000 yilda korxonalarda simobli lampalar va asbob-uskunalardan foydalanish, 
hamda ularni zararsizlantirish, korxona faolyayatlarini tartibga solish buyicha 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qilgan edi. qarorda 
korxona, tashkilot va muassasalarda simobli yoritgichlarni kat’iy hisobga olish, ishga 
yaroqsiz bo’lib qolganlarini maxsus texnologiya asosida qayta ishlash chora-tadbirlari 
nazarga tutilgan edi. 
Hozirgi paytda viloyatimiz miqyosida 1 mln. donaga yaqin kunduzgi yorituvchi 
lyuminessent lampalari mavjud. Ushbu lampalarni zararsizlantirish sexi va 
texnologiyasi Sankt-Peterburgdan harid qilinib, "Sitora" tenis klubi hududida (oldingi 
viloyat xo’jalik mollari bazasi hududida) o’rnatildi. 
Sankt-Peterburgdagi "SELTA" ekologik firmasida ishlab chikarilgan texnologiya 
uzunligi 1,6 m gacha bo’lgan barcha tipdaga yoritgichlarni zararsizlantirish 
imkoniyatiga ega. Ammo har dona lampa uchun korxona zararsizlantirish sexiga 175 
so’m pul to’lashi kerak. 
Ishlatish muhlatini o’tab bo’lgan lyuminessent lampalarni uy-joy shirkatlarida 
yoki mahallalarda markazlashtirilgan holda aholidan yig’ib olib, zararsizlantirish sexiga 
topshirilishi lozim. 
Hozirgi paytda ―Buxoroteks‖ x/j da 300 ming dona, I.Fozilov nomli fabrikada 20 
ming donadan ziyodrok, "Buxorodon" x/j da 1100 dona, B.Amonova birlashmasida 500 
dona, "Buxoronur" da esa 2 ming dona (AB-40 va AB-80 tamg’ali lampalar) ko’p 
yillardan buyon saqlanib kelinmoqda. 
Bundan tashqari, barcha tumanlarimizdagi markaziy kasalxonalarning tozalash 
inshootlari qoniqarsiz ishlamoqda. Natijada ochiq suv havzalari turli mikroblar va 
kasallik tarqatuvchi bakteriyalar bilan ifloslanmoqda. 
Oxirgi yillarda respublikamizda va viloyatimizning barcha shirkat va fermer 
xo’jaliklarida chigitni plyonka ostida ekish texnologiyasi joriy etildi. Buning uchun 
kalinligi 20-100 mkm va eni 60 sm bo’lgan polietilen plyonkalardan foydalaniladi. 
Bundan tashqari, mashina-traktor parklarida ishlatish muhlatini o’tab bo’lgan va hozirgi 
paytda yig’ilib qolgan rezina shinalari mavjudki, ularni regenerasiya qilish (ya’ni, 
dastlabki xossalarini tiklash) ancha qiyinchiliklarni tug’dirmoqda.
Hozirgi paytda bir marta ishlatiladigan plastmassa mahsulotlari (shprislar, 
naychalar, o’rash plyonkalari, issiqxonalarda va chigitnn ekishda qo’llanilgan 
plyonkalar, ichimlik idishlari (baklashkalar), shampun va lok-buyoq idishlari, 
avtoshinalar, turli rangli stol-stullar, chelak, tog’ora, likopchalar va hokazolar) katta 
hajmda yig’ilib qolgan. 
Foydalanish muxlatini o’tab bo’lgan bunday organik buyumlarga "chiqindi" 
sifatida qarash, ularni erga ko’mish yoki yondirib yuborish atrof-muhitni ifloslantirish 
demakdir. CHunki polietilen, polipropilen, polivinilxlorid va shunga o’xshagan 
plastmassa turlari gidrofob (ya’ni, namlikni o’ziga shimib olmaydigan), 
mikroorganizmlar ta’sirida parchalanmaydigan va zanglamaydigan materiallar 
hisoblanadi. Xolbuki, erni shudgorlash paytida polietilen plyonkalari tuproq bilan birga 
ko’mib tashlanayapti. Natijada tuproq tarkibi yomonlashib bormoqda, g’o’za 
nihollarining o’sishi va xususan, paxta xosildorligi pasayib bormoqda. Bir gektar erga 
chigitni plyonka ostida ekish uchun 60-65 kg nolietilen plyonkasi sarflanadi. Jahon 

38 


bozorida 1 kg polietilen 1-3 AKSH dollari turadi. Agar har bir dehqon-fermer xo’jaligi 
yoki brigada kamida 5 gektar erga plyonka ostida chigit eksa, faqat plyonka harid qilish 
uchun 300 dollar sarf qiladi. Oddiy qilib aytganda, mana shu 300 dollar tuproq bilan 
ko’milib tashlanyapti. Polietilen plyonkalarini yig’ib olish va ulardan (chiqindilardan) 
boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish ishlari paysalga solinib kelinmoqda. 
SHuni alohida ta’kidlash joizki, 1 l va 1,5 l hajmlarga ega bo’lgan "baklashka" 
larning massasi mos ravishda 13 g va 18 g ga tengdir. Demak 1000 dona 1 l lik va 1000 
dona 1,5 l lik "baklashka" larning massasi mos ravishda 13 kg va 18 kg ga teng bo’ladi. 
Lekin 2000 dona mana shunday ―baklashka‖ larni maishiy axlatlar bilan birga 
shahardan chiqarib tashlash uchun 2 ta avtomashina kerak bo’ladi. YA’ni, katta 
harajatlarni sarflashga tug’ri keladi. 
Plastmassa chiqindilariga qayta ishlov berish yuli bilan ulardan qishloq xo’jalik 
tarmoqlarida foydalanish mumkin. Masalan, ichimlik idishlari va plyonkalarni rezina 
kukunlari bilan aralashtirib, qorishmadan poyafzal tagligi yoki turli kalinlikka ega 
bo’lgan qora plyonkalar olish mumkin. Plastmassa "chiqindilarini" maydalab kukun 
shakliga keltirish va tarkibiga ishlab chiqarish chiqindilari (tolalar, shisha kukuni, tosh 
kukuni, yog’och yoki barg kukuni, marmar kukuni, qorakuya, bo’r, grafit va hokazolar) 
kirgizib, yaxshilab aralashtirib, ularni presslash yuli bilan turli diametrli quvurlar, qutti 
va boshqa ishga chidamli mahsulotlar olish mumkin. "CHiqindi" asosida olingan 
bunday mahsulotlarning narxi ham arzon bo’ladi, qo’llash muddati ham 2-3 barobar 
cho’ziladi va eng muhimi, atrof-muhit ifloslanishining oldi olinadi. Ming afsuslar 
bulsinkim, viloyatimizda plastmassa chiqindilarini yig’ib olish va ulardan yangi 
mahsulotlar ishlab chiqarish ishlari yo’lga qo’yilmagan. 
Bundan tashqari, viloyatdagi ko’pgina ishlab chiqarish korxonalarida chiqindisiz 
va kam chiqindili texnologiyalar joriy etilmagan. Rivojlangan mamlakatlarda 
o’simliklar faqat mahalliy o’g’itlar asosida tayyorlangan go’ng bilan o’stirilib, ekologik 
toza mahsulotlar ishlab chiqariladi. Biz ham mana shu texnologiyalarni ishlab 
chiqarishga joriy etishimiz kerak. 
Download 25.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling