5-ma’ruza. Engil sanoat qurilmalari
To‘qimachilik ishlab chiqarish tarixi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
5-ma\'ruza
To‘qimachilik ishlab chiqarish tarixi Arxeologik qazilmalarga ko‗ra insonlar
o‗z rivojlanishining juda erta bosqichlaridayoq to‗qimachilik tolalarini yetishtirish va ulardan mahsulotlar ishlab chiqarishni uddasidan chiqishgan. Shu bilan ular o‗z hayoti uchun tabiat bilan kurashib uni o‗z ehtiyojlari bilan moslashtirishga harakat qilganlar. Tarixan qadimiy odam tomonidano‗sha davrlardayoq to‗rt xil tabiiy tolalar o‗zlashtirilib yetishtirish, yigirish va to‗qish texnologik sxemasida mato ishlab chiqarishda foydalanilar edi. Har bir to‗qimachilik buyumi (mahsuloti), to‗qimachilik mahsulotining har bir metri va har bir grammi insonlar to‗qimachilik mahsulotlarini olish texnologiyalari bilan shug‗ullanish davri mobaynida yig‗ilgan va mujassamlangan xotira hamda bilimlarning nishonasidir. To‗rtta o‗ta muhim tabiiy tolalar: zig‗ir, paxta, jun va ipakni inson olti ming yil avvaldan bilgan va foydalanib kelgan. Kishilik madaniyati rivojlanishi, ilmiy texnik taraqqiyot rivojlanishi bilan birga insoniyatning to‗qimachilik haqidagi nazariy bilimlari va shuningdek yarim tayyor mahsulotlarga ishlov berish va to‗qimachilik mahsulotlari olishning amaliy texnologik mexanizmlari takomillashib bordi. Yengil sanoat mahsulotlariga qo‘yiladigan talablar Mana ancha kunlar, yillar va asrlardan beri insoniyatning aksariyati boshlanayotgan kunini tanasiga nima kiyish bilan boshlaydi. Bu ―nimadir‖ vaqt o‗tishi bilan ko‗rinishi o‗zgarib boradi. Uning shakli, rangi, materiali, ishlovi, bichimi ammo bir narsa o‗zgarmay ko‗rinishi asosan bir xil bo‗ladi. Bu narsa bizning, insonning tanasidir. Aynan u, ya‘ni aniqroq aytsak uning ―yig‗indisi‖; bitta bosh, 8 Arindam Basu. Advances in Silk Science and Technology// England, 2015, 19-b. 29 ikkita qo‗l, ikkita oyoq, bitta gavdasi barcha davrlar, mamlakatlar, xalqlar modelerlarining turli izlanishlari uchun mezondir. Kim, qayerda va qachon birinchi bo‗lib inson tanasini berkitib ilib yurgan barglarni buyumga, aniqroq aytsak ―kiyim‖ga o‗zgartirgani muhim ham emas. Biz uchun muhimi shuki, deyarli barcha xalqlarda kiyimni, uni kiyishni va tayyorlanishini belgilovchi qoidalar mavjuddir. Bizning ajdodlarimiz ham qaysidir qoidalardan foydalanishgan. Ularning bir qismi miflar, ertaklar, urf- odatlar yoki oddiyo‗rganishlar shaklida bizgacha yetib kelgan. Qizig‗i shuki, shu barcha holatilarda buyum, narsa yoki kiyimlar qandaydir kuch, quvvatiga ega deb bilinadi. Va bu kuch insonga tug‗ish jarayonidayoq ta‘sir etsa boshlaydi. Shunday sharqiy slavyanlar an‘analarpida, ba‘zi rejalarda tug‗ruqdagi ayolning holatini yengillatish tug‗ish yo‗llarini ochish uchun uning eriga ayolining homiladolik davrida bog‗lagan barcha tugunlarni yechish tavsiya etiladi. Bu uning ishtoni, shimini ushlab turgan tasma, ishton bog‗ga kam tegishlidir. Muvaffaqiyat bilan tug‗ish jarayonidan so‗ng, yangi tug‗ilgan chaqaloqni ota yoki onaning kiyimlari, ko‗ylaklarigao‗rab olinadi. Aynan ular chaqaloqning birinchi ―tagligi‖ bo‗lib xizmat qiladi. An‘anaviy madaniyat odami hayotida uning jinsi, yoshining va ijtimoiy holati kiyim bilan aks ettirilgan va mustahkamlangan. Masalan, Farg‗ona o‗zbeklarining an‘anaviy kiyimlarida mato va uning rangi bilan ular yoshlarining belgisi mavjud bo‗lgan. Shunday bir yashar bolaning kiyimlari aksariyatida och rang paxta matolardan – oq yoki oq ranglari ko‗proq matolardan tayyorlangan. Gigiyenik talablarga issiq saqlashligi, havo o‗tkazishi, gigroskopikligi (namlanishi), suv qaytarishligi va boshqalar kiradi (2-rasm). Kiyimning issiq saqlashlik xususiyatlari inson tanasi yuzasidagi issiqlik balansini ushlab turish uchun zarurdir va kiyim paketi (tuzilmasi)ning issiqlikka qarshiligi va uning konstruksiyasiga bog‗liqdir. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling