5-ma’ruza. Engil sanoat qurilmalari


Paxta Xomashyosiga birlamchi ishlov berish


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana08.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1177802
1   2   3
Bog'liq
5-ma\'ruza

Paxta Xomashyosiga birlamchi ishlov berish (quritish, tozalash, tola ajratish 
operatsiyalari) Terib olingan chigitli paxta tayyorlov punktlariga yuboriladi. Bu 


yerda u dastlabki tozalanadi va quritiladi. Paxta yopiq omborlar yoki bostirmalarda 
saqlanadi. Bunday joylar yetishmagan taqdirda paxta g‗aramlarga to‗kilib, ustiga 
brezent yopib qo‗yiladi. Juda iflos paxta UPX-1.5-A tipidagi paxta tozalagichlarda 
tozalanadi. Tayyorlov punktlari chigitli paxtani o‗zlari biriktirilgan paxtani 
dastlabki ishlash zavodlariga jo‗natadi. Bu zavodlarda quyidagi operatsiyalar 
bajariladi: dastlabki tozalash, tolalarni ajratish, tolalarni tozalash, tolalarni joylash, 
shuningdek momiqni (lintni) ajratish va chigitlarni tozalash15 . 15 Yo‘ldoshev N., 
Kadirxodjayeva N. Ishlab chiqarish tehnologiyalari. Darslik. –T.: Faylasuflar, 
2014, 80-b. 50 Agar paxtani dastlabki ishlash zavodiga keltirilgan chigitli 
paxtaning ma‘lum massasini 100 % deb olsak, undan 30 ... 40 % paxta tolasi, 3 ... 
5 % paxta momig‗i, 55 ... 65 % tozalangan chigit va 2 % tola chiqindilari olinadi. 
Katta aralashmalar (toshlar, shoxlar, tayoqchalar) va mayda aralashmalar (barg 
hamda ko‗sak bo‗laklari va hokazo) dan tozalash uchun chigitli paxtani dastlabki 
tozalanadi. Yirik va mayda begona (iflos) aralashmalarni ajratib olish uchun turli 
tipdagi tozalagichlardan foydalaniladi. Yirik aralashmalarni tozalash uchun qoziq-
arrali ChX-ZM-2 tozalagichlari, mayda aralashmalardan tozalash uchun qoziq-
barabanli XChYe tozalagichlari va shnekli 6A-12M tozalagichlari ishlatiladi. 4-
rasmda besh barabanli, qoziqli XChYe tozalagichining sxemasi ko‗rsatilgan. 
Yuklash bunkeri 1 ga tushgan chigitli paxtaga shpagat tutgich 2 ning ish organlari 
ta‘sir etadi. So‗ngra qoziqli titish barabanlari 3 ta‘sirida paxta bo‗shatish bunkeri 4 
ga o‗tadi, iflos aralashmalari esa kolosnikli panjara 5 orqali iflosliklar kamerasiga 
tushadi. 5-rasmda shnekli 6A-12M tozalagichining sxemasi ko‗rsatilgan. 
Mashinaga tushgan chigitli paxta ikki mustaqil oqimga ajraladi va unga ustki 
qoziqli shneklar 1 ta‘sir etadi. Chngitli paxta dastlabki quritish va tozalash 
operatsiyalaridan o‗tgandan so‗ng tola ajratish operatsiyasi boshlanadi. Bu 
operatsiya chigit sirtidagi tolani mexannk usulda ajratib olishdan iborat. Tolalarni 
chigitga yopishtirib turuvchi kuch tolalarning pishiqligidan 2 ... 3 marta kichik 
bo‗lgani uchun bu operatsiya oson ko‗chadi. Tola ajratish operatsiyasiga quyidagi 
talablar qo‗yiladi: tolalar chigitdan to‗liq ajratib olinishi, tola va chigitlar 
shikastlanmasligi, tola, chigit hamda chiqindilar aralashib ketmasligi lozim. 




Tola ajratish operatsiyasi valikli yoki arrali mashinalar (jinlar)da amalga oshiriladi. 
Zavod paxtani bir xil sifatli tolalardan iborat bo‗lgan kichik partiyalar - markalar 
tarzida chiqaradi. Bitta temir yo‗l vagoniga bir xil markali paxta ortilishi kerak. 
Har bir toyga zavod nomeri, partiya (marka) ning tartib raqami, toyning markadagi 
raqami, press quvvati va paxtani jo‗natgan temir yo‗l stansiyasi ko‗rsatilgan 
karton yorliqlar mahkamlab qo‗yiladi. Har bir markaga qo‗shib beriladigan 
hujjatda tolalar toyining massasi, toydagi paxtaning sifati va tolaning zavod 
laboratoriyasida aniqlangan xossalari ko‗rsatiladi. Tolalari ajratib olingan chigit 
sirtida kalta momiq (lint) bo‗ladi. Ana shu momiqni chigitdan ajratib olish uchun 
linterlashdan foydalanilad. Linter mashinalarining ish organlari arrali 
jinlarnikigao‗xshaydi. Ularda ham momiqli chigitlar ta‘minlagichlarga uzatiladi. 
Ta‘minlagichlar ularni ish (chigit) kamerasiga bir tekis yunaltirib turadi. 
Paxta va kimyoviy tolalarni (kard, apparat, qayta tarash) yigirish sistemalari 
Paxtani yigirish. Paxta tozalash zavodlarida dastlabki ishlov berilgandan so‗ng 
paxta to‗qimachilik korxonalariga yuboriladi. Bu yerda oldin yigiruv fabrikasiga 
yuborilib, u yerda tartibsiz tolalardan kalava ip tayyorlanadi. Kalava ipdan 
ko‗pgina to‗qimachilik buyumlari: gazlamalar, trikotaj, noto‗qima buyumlar, iplar 
olinadi. Yigirish sistemalari. Tolalar massasidan kalava ip olish uchun paxta bir 
necha ishlov operatsiyalaridan o‗tishi lozim. Yigiruv fabrikalariga paxta 
presslangan holda keltiriladi. Dastlabki ishlash zavodlarida dastlabki ishlov 
berilgandan so‗ng paxta yirik, iflos aralashmalar va chigitlardan tozalanadi. Biroq 
unda anchagina mayda aralashmalar, shuningdek shikastlangan (kalta) tolalar 
qoladi. Bu massadagi ayrim tolalar chigallashgan, bir-biriga yopishib qolgan yoki 
ularga iflos aralashmalar ilashgan bo‗ladi. Shuning uchun paxtani yigirishdagi 
barcha operatsiyalardan maqsad tolalarni tozalash, tolalarni titish va 
aralashtirishdan, so‗ngra ularni parallellash maqsadida tarashdan, so‗ng tarash 
mashinasida o‗tadigan navbatdagi operatsiya tarash deb ataladi. Mashinaga paxta 
xolst yoki titilgan massa tarzida beriladi (xolstsiz ta‘minlash). Tarash mashinasida 
tolalar massasiga oldin arrali lenta va valiklar tishlari, so‗ngra mashina ish 
organlar garniturasining ingichka ignalari ta‘sir etadi. Buning natijasida paxta 
bo‗laklari ayrim tolalarga taraladi va ayni vaqtda yopishqoq aralashmalar hamda 
kalta tolalardan tozalanadi taralgandan so‗ng, qisman parallellashgan ingichka 
tolalardan diametri 1-3 sm li uzun bo‗sh yumaloq yarim fabrikat — pilta hosil 
bo‗ladi. Piltadagi tolalar taralgan, deyarli bir-biri bilan bog‗lanmagan, lekin 
to‗g‗rilanmagan bo‗ladi. Piltaning o‗zi yo‗gonligi bo‗yicha bir tekis bo‗lmaydi. 
Tolalarni to‗g‗rilash va piltani tekislash uchun bir necha pilta qo‗shiladi, so‗ngra 
dastlabki piltalar yo‗g‗onligiga kelguncha ingichkalashtiriladi. Qo‗shish natijasida 


piltalar tekislanadi, chunki bir piltaning yo‗g‗on joylari ikkinchi piltaning 
ingichka joylarini to‗ldiradi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling