SUYULTIRILGAN UGLEVODORODLI GAZLAR Suyultirilgan uglevodorodli gazlar (SUG) deb atrof muhit haroratida va atmosfera bosimida gaz holatdagi ko‘rinishga ega bo‘lib, bosimning bir oz oshib borishi (harorat pasaymasdan) bilan suyuq holatga o‘tadigan, uglevodorodlar yoki ularning aralashmasiga aytiladi. Suyultirilgan uglevodorodli gazlarning asosiy manbalari –gaz kondensati paydo bo‘lgan joy va «hamrohlikda» neft mahsulotlari bilan birga chiquvchi gazlar hisoblanadi. SUG gazlarning asosiy tarkibiga (komponentlariga) to‘yingan uglevodorodli gazlar, ochiq tuzilishga bo‘lgan “alkan“ lar kiradi. Ularning umumiy ximiyaviy formulasi quyidagi ko‘rinishga ega buladi: СnH2n+2 Alkanlar rangsiz modda bo‘lib, neft mahsulotining hidini tarqatadi, suvda erimaydi. Ular boshqa moddalar bilan birikmaydi va reaksiyaga kirishuvi sekinroqdir. Metan (SN4) va etan (S2N6) lar gazdir, metan –82.10 S, etan esa +32,30S dan past bo‘lganda kondensatlanadi. Propan, normal butan va izobutan normal sharoitda gaz holatida bo‘lib, bosimi bir oz oshirilsa, ya’ni bosimi (MPa)da 0,47 (propan), 0115 (butan) va 0,161 (izobutan) va harorati t=00S bo‘lganda kondensatlanib suyuk holatga o‘tadi. SUG ning bunday xossasi, ya’ni propan – butan aralashmasi gaz ta’-minoti sistemasi uchun foydalanishda eng sifatli manba hisoblanadi. Bu gazlarni ayniqsa istemolchilarga etkazilib berilishi va ularning saqlanishi suyuq holatda bo‘lib, ulardan yoqish uchun foydalanish esa gaz holatda bo‘lishi juda qulaydir. Suyultirilgan uglevodorodli gazlarning tarkibi davlat standart o‘lchami (GOST) orqali aniqlanadi. Bu o‘lchamlarga asosan SUGning uch xil turi istemolchilarga yoqilg‘i sifatida etkazilib beriladi. Birinchisi: Texnikaviy qishgi propan-butan aralashmasi (TQPBA) Ikkinchisi: Texnikaviy yozgi propan-butan aralashmasi (TYOPBA) Uchinchisi: Texnikaviy butan (TB) SUN’IY GAZLAR. Sun’iy yonuvchi gazlar ishlab chiqarish usuliga qarab ikki asosiy guruhga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |