5-ma’ruza. Hozirgi o‘zbek tilida so‘z-gaplar reja


Download 19.38 Kb.
bet5/8
Sana09.01.2022
Hajmi19.38 Kb.
#264367
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mavzu fe6c4b76c0714c35c3436fed3c9b11a7[1]

So‘z-gap tasnifi. So‘z-gap o‘z ichida bir necha ma’noviy guruhga ajraladi: 1. Modal. 2. Undov. 3. Tasdiq /inkor. 4. Taklif /ishora.

So‘zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati – qat’iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma’noni ifodalab keladigan so‘z modaldir. Unga xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, shubhasiz, shekilli kabi so‘z misol bo‘ladi.

Kishilarning his-tuyg‘usini, haydash, to‘xtatish kabi xitob, buyruqni ifodalaydigan so‘z-gap ko‘rinishi – undov so‘z-gap. His-tuyg‘u undoviga eh, voy, oh, barakalla, rahmat, ofarin kabi so‘z, buyruq-xitob undovlariga pisht, beh-beh, pisht-pisht, chuh kabi xitob so‘z kiradi.

So‘z-gapning uchinchi ma’noviy guruhi bo‘lgan tasdiq/inkor so‘z ko‘pincha modal tarkibida o‘rganilgan. Ha, mayli, xo‘sh, xo‘p so‘zi tasdiqni, yo‘q, mutlaqo, aslo, sira so‘zi – inkorni ifodalovchi so‘z-gap.



Taklif/ishora so‘z-gapga qo‘llanishi tana a’zolarining maxsus harakati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ma, mang, qani, marhamat so‘zi kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo‘lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi.

So‘z-gap shunday birliklar guruhiki, ularning ko‘pchiligi boshqa so‘z turkumidan tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘ziga xos nutqiy qo‘llanish natijasida shakllangan va rivojlangan. Chunonchi, so‘zsiz, tabiiy so‘zi sifatdan, albatta ravishdan o‘sib chiqqan bo‘lsa, har qalay, har holda modal so‘z-gapi so‘z birikmasidan, nasib bo‘lsa, xudo xohlasa kabilar gapdan kelib chiqqan.




Download 19.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling