5-maruza: infuzoriyalar infusoria, ciliophora
Download 45.23 Kb.
|
5-MARUZA
Erkin yashovchi infuzoriyalar. Ko’ pchilik erkin yashovchi infuzoriyalar dengizlarda va chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Ularning bir qismi suv planktonida muallaq yashaydi. Bentosda hayot kechiradigan infuzoriyalar orasida suv tubida yoki suv o’simliklarida o’rmalab yuruvchi turlari ham ko’p uchraydi. Psammofill infuzoriyalar qirg’oq yaqinidagi qum zarralari orasida kapillyar namlikda yashashga moslashgan. Ularning tanasi ingichka va uzun bo’lib, oldingi qismidagi kipriklar yaxshi rivojlangan (23-rasm). Infuzoriyalar orasida o’troq yashovchi turlari ham bo’ladi. Ular maxsus poyacha orqali suv tubidagi predmetlar, mollyuskalar yoki qisqichbaqalar ta-nasiga yopishib oladi.
Ko’pchilik infuzoriyalar bakteriya, chiriyotgan o’simliklar qoldiqlari va bir hujayrali suv o’tlari bilan oziqlanadi. Ular orasida haqiqiy o’txo’rlari ham bor. Chuchuk suv infuzoriyasi Nassula ornata faqat ipsimon ko’k-yashil o’tlari bilan oziqlanadi. Ayrim yirtqich infuzoriyalar o’zidan yirikroq tufelkalarni ham yutishi mumkin. Yirtqich didiniy o’z o’ljasi - tufelkadan bir necha marta kichik bo’ladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar oshqozonining oldingi qismida endodiniomorfa turkumiga mansub bo’ lgan 120 turga yaqin infuzoriyalar yashaydi (20-rasmga qarang). 1 sm3 oshqozon shirasida ularning soni 2 mln.ga etadi. Bitta sigir oshqozonidagi massasi 1 kg.ga yetadi. Infuzoriyalar oshqozonda kletchatkani hazm bo’ishini osonlashtiradi. Shuning uchun ularni kavsh qaytaruvchi hayvonlar bilan simbioz yashaydigan xivchinlilar deyish mumkin. Parazit infuzoriyalar. Infuzoriyalarning ko’p turlari odam va turli hayvonlar organizmida yashaydi. Parazit infuzoriyalar orasida ayniqsa, ixtioftirius (Ichthyopthirius multifillis) katta ahamiyatga ega (20-rasm). Parazit zog’ora, gulmohi, do’ngpeshona, oq amur baliqlarining suzgich qanotlari va jabralarida yashaydi. Odam yo’g’on ichagida balantidiy (Balantidium coli) uchraydi. Infuzoriya tanasi tuxumsimon shaklda (23-rasm); oldingi tomonida og’izoldi chuqurchasi tubida og’iz teshigi joylashgan. Infuzoriya ichak bo’ shlig’ida yashaganida odatda odamga ziyon keltirmaydi. Lekin u ko’pincha ichak epiteliysiga kirib olib, qon eritrotsit-lari hisobiga oziqlana boshlaydi. Infuzoriya ichak devorida yara hosil qilib, og’ir qonli ichburug’ paydo qilishi mumkin. Balantidiy odatda cho’chqalarning ichagida ko’p uchraydi. Ayniqsa, cho’chqa bolalari balantidioz bilan kuchli zararlanadi. Gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda balantidiy sistalari iflos qo’l orqali odam ichagiga tushadi va to’g’ri ichakda sistadan chiqadi. Kiprikli infuzoriyalar sinfi Teng kipriklilar, Spiral kipriklilar, To’garak kipriklilar va boshqa ken- ja sinflarga bo’linadi. Download 45.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling