5-maruza: infuzoriyalar infusoria, ciliophora
Download 45.23 Kb.
|
5-MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Spiral kipriklilar (Spirotricha) kenja sinfi
Teng kipriklilar (Holotricha) kenja sinfi eng sodda tuzilgan, lekin keng tarqalgan va xilma- xil turlarni o’z ichiga oladi. Tanasi ko’p sonli, ko’pincha bir xil tuzil gan, ya’ni juda kam ixtisoslashgan kipriklar bilan qoplangan. Bakteriyalar, mayda suv o’tlari hamda boshqa organik zarralar bilan oziqlanadi. Didinium avlod i turlari yirtqich hayot kechiradi. Bu kenja sinfga kavsh qaytaruvchi hayvonlar oshqozonida simbioz yashaydigan (endodiniomorfa), shuningdek hayvonlar va odamlar organizmida parazitlik qiluvchi (ixtioftirius, balantidium), turlari ham kiradi. Ko’pchilikka yaxshi ma’lum bo’lgan tufelka infuzoriyasi ham teng kipriklilar kenja sinfi gimenostomatalar (Hymenostomata) turkumiga kiradi.
Spiral kipriklilar (Spirotricha) kenja sinfi vakillarida kipriklar og’iz atrofida soat mili aylana-digan tomonga spiralga o’xshash buralib joylashgan. Bu kipriklar og’iz oldida bir necha qator membranellalarni hosil qiladi. Spiral kipriklilar harxil kipriklilar (Heterotricha), qorin kipriklilar (Hypotricha) va kam kipriklar (Oligotrichia) turkumlariga bo’linadi. Har xil kipriklar (Heterotricha) turkumli turlarida og’iz atrofidan tashqari butun tana yuzasi bir xil mayda kipriklar bilan qoplangan. Har xil kipriklilar eng yirik infuzoriyalardir. Ularning katta yadrosi zanjirsimon (trubach - Stentor avlodlari), spiralsimon (Spirostomium) bo’ladi. Boshqa bir vakili bursariya (Bursaria)ning juda keng qopga o’xshash og’izoldi chuqurchasi bo’ladi. Ayrim vakillari amfibiyalarda parazitlik qiladi. Qorin kipriklilar (Hypotricha) turkumiga mansub bo’lgan turlar chuchuk suvlarda va dengizlarda ko’p uchraydi. Qorin qismida joylashgan bir qancha kipriklari birlashib, ancha yo’g’on o’simtalar - sirrilarni hosil qiladi. Chuchuk suvlarda keng tarqalgan yirik infuzoriya stilonixiya (Stylonichia) ana shu sirrilari yordamida suv tubidagi narsalar ustida yugurib yurishi mumkin (24-rasm). Kam kipriklilar (Oligotrichia) turkumida kipriklar faqat og’iz yonidagi membranellalardan iborat. Ularning tanasi yengil qonussimon chig’anoq ichida joylashgan. Chig’anokdan og’izoldi membranellalari chiqib turadi. Hamma vakillari dengiz planktoni tarkibiga kiradi. Download 45.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling