5-maruza: infuzoriyalar infusoria, ciliophora
Download 45.23 Kb.
|
5-MARUZA
Kupayishi. Jinssiz ko’payish infuzoriyalar tanasining ko’ndalangiga teng ikkiga bo’linish yo’li bilan boradi. Ko’pchilik infuzoriyalarning makronukleusida jinssiz ko’ payishda mitozga o’xshash jarayon sodir bo’ladi. Dastlab xromosomalar hosil bo’ladi, ularning soni ikki marta oshadi, lekin yadro bo’linmaydi. Yadro bo’linmasdan xromosomalar sonining ortishi endomitoz deyiladi. Shundan so’ng infuzoriyalarning bo’linishi boshlanadi. Normal uy haroratida tufelka bir sutkada 1-2 marta bo’linadi.
Ko’ pchilik infuzoriyalar jinssiz ko’payishdan oldin sista hosil qiladi. Sista ichida palintomiya yo’li bilan infuzoriya tanasi yiriklashmasdan ketma-ket bo’linib, 4 ta yoki ko’proq juda mayda infuzoriyalar hosil qiladi. Sistadan.yosh infuzoriyalar chiqadi. Ular oziqlanib, tez usadi va yana sista hosil qilib, uning ichida bo’ lina boshlaydi. Infuzoriyalarning ko’p marta jinssiz ko’payishdan so’ng qonyugatsiya deb ataladigan jinsiy ko’payish boshlanadi. Qonyugatsiyada ikkita infuzoriya korni (peristom) tomoni bilan bir-biriga yaqinlashadi. Ayrim infuzoriyalar qonyugatsiyasida pellikulaning tegib turgan joyi eriydi. Konyugantlar o’rtasida sitoplazmadan iborat ko’prikcha hosil bo’ladi (22-rasm). Boshqa infuzoriyalarda esa bunday ko’prikcha hosil bo’lmaydi. Qonyugatsiya davomida makronukleuslar yemirilib, sitoplazmaga so’riladi. Mikronukleuslar ikki marta reduktsion (meyoz) bo’linishi natijasida to’rtta gaploid xromosomali yadrolar hosil bo’ladi. Ulardan uchtasi yemirilib, sitoplazmaga singib ketadi, to’rtinchisi yana bo’linib jinsiy yadrolar - pronukleuslarni hosil qiladi. Pronukleuslardan biri harakatchan (migratsion) bo’lib, urug’hujayraga, ikkinchisi statsionar (harakatsiz) bo’lib, tuxum hujayraga to’g’ri keladi. Bir qonyugantning ko’chma pronukleusi ikkinchi qonyugantga o’tib, uning statsionar yadrosi bilan qo’shiladi, ya’ni infuzoriyalar harakatchan yadrolar bilan almashinishadi. Buning natijasida qonyugatsiya oxirida har qaysi infuzoriya diploid xromosomali bittadan yadro sinkarionga ega bo’lib qoladi. Shundan so’ng infuzoriyalar ajralib ketadi, ularning yadro- lari qaytadan tiklanadi. Buning uchun uning sinkarioni bir necha marta bo’linadi. Ularning bir qismidan mikronukleus, qolgan qismlaridan makronukleus hosil bo’ladi. Makromolekulalarning ko’p marta replikatsiyasi natijasida uning DNK tarkibi ortadi va poliploid bo’lib qoladi. Shundan so’ng infuzoriyalar jinssiz ko’payishta kirishadi. Qonyugatsiya natijasida infuzoriyalarning soni ortmaydi, ya’ni hech qanday ko’payish bo’lmaydi. Lekin qonyugatsiya infuzoriyalar hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Chunki bu jarayonda har qanday jinsiy ko’payishda bo’lganidek, bir organizmda ikki (ota va ona) organizmlarining irsiy belgilari mujassamlashishi natijasida naslning yashovchanligi ortadi. Download 45.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling