5-maruza: infuzoriyalar infusoria, ciliophora
Download 45.23 Kb.
|
5-MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiprikli infuzoriyalar ( Ciliata)
5-MARUZA: INFUZORIYALAR (INFUSORIA, CILIOPHORA) TIPI (2 SOAT) Ma’ruza rejasi: Infuzoriyalar tipining umumiyy tafsifi. Kiprikli infuzoriyalar sinfi, tufelka misolida tuzilshi,harakatlanishi va oziqlanishi. Infuzoriyalarnig kopayishi. Infuzoriyalarning xilma-xilligi: har xil kipriklilart, teng kipriklilar, doira kipriklilar, qiorin kipriklilar. Parazit infuzoriyalar. Soruvchi infuzoriyalar. Bir hujayralilar filogeneyasi. Tayanch iboralar: Sitostom, trixotsist, porositsa, rezervuar, makronukleus, mikroknukleus, konyugatsiya,sinkarion, tufelka, trubach, ctilonixiya, suvoyka,didinium, balantidiy, ixtioftirus. Ma’ruzaning mazmuni:Infuzoriyalar - eng murakkab tuzilgan bir hujayrali hayvonlardir. Ularning harakatlanish organoidlari tana sirtida joylashgan juda ko’p kipriklardan iborat. Ayrim infuzoriyalarda kipriklar hayotning ma’lum bir davrida hosil bo’ladi. Iinfuzoriyalar sitoplazmasida bitta katta vegetativ yadro – makronukleus va bitta yoki bir nechta kichik generativyadrolar – mikronucleuslar bo’ladi. Katta yadro vegetativ, kichik yadrolar esa generativ bo’ladi. Ularning jinsiy ko’payishi boshqa barcha hayvonlardan farq qiladi. Qonyugatsiya deb ataladigan bunday kupayish ikkita infuzoriyaning bir-biriga yaqinlashuvi, ular o’rtasida muvaqqat bog’lanishning hosil bo’lishi va yadrolar almashinuvi tariqasida boradi. Ko’pchilik infuzoriyalar dengizlarda va chuchuk suv havzalarida, ayrim turlari tuproqla hayot kechiradi. Ular orasida parazitlik qilib yashovchi turlari ham bor. Infuzoriyalar tipiga 8000 dan ortiq tur kiradi. Ular kiprikli infuzoriyalar va so’ruvchi infuzoriyalar sinflariga ajratiladi. Kiprikli infuzoriyalar (Ciliata) sinfi Bu sinfga infuzoriyalar tipining ko’pchilik turlari kiradi. Kiprikli infuzoriyalar bir hujayralilar orasida ancha yirik hayvonlardir. Tanasining kattaligi 30—40 mkm.dan 1 mm gacha va undan ham yirikroq bo’ladi. Kipriklar ular hayotining hamma davrlarida saqlanib qoladi. Sitoplazmasi ikki qatlamga - tashqi ektoplazma va ichki endoplazmaga aniq ajralib turadi. Ektoplazma sirtdan elastik va pishiq pellikula bilan qoplangan (20-rasm). Pellikula ikki qavatli, har qaysi qavati ikkita membranadan tashkil toptan. Ikkala qavat oralig’i ochiq bo’ladi. Pellikula sirti bir-biri bilan tutashib, turli shakllar hosil qiluvchi yo’g’on tolalar yordamida juda ko’p katakchalarga bo’lingan. Katakchalar pellikula sirtini panjaraga o’xshab o’rab turadi. Katakchalarning shakli har xil, tufelkada ular olti burchakli asalari inlariga o’xshaydi (21-rasm). Pellikuladagi tolalar tayanch skelet funktsiyasini o’taydi; infuzoriya tanasi muayyan shaklini belgilab beradi. Infuzoriyalar ektoplazmasida kalta tayoqchaga o’xshash tanachalar - trixotsistlar bo’ladi. Trixotsistlar tana sirtiga nisbatan perpendikulyar joylashgan bo’lib, pellikulaning sirtki qavatiga maxsus o’simta orqali tegib turadi. Trixotsistlar himoya vazifasini bajaradi. Biron qo’zg’alish ta’sirida, masalan, suvning kimyoviy tarkibi o’zgarganda yoki yirtqich hayvonlar hujum qilganida trixotsistlar tashqariga otilib chiqib, uzun ipchalarni hosil qiladi. Ipchalar dushman tanasiga botib kirib, uni cho’chitadi. Yirtqich infuzoriyalarda trixotsistlar ishlab chikargan modda o’ljani falajlash xususiyatiga ega. ovqat hazm qilish organoidlari faoliyati bilan bog’liq. Sodda tuzilgan infuzoriyalarning (Prorodon, Holophrya avlodi) og’iz teshigi (sitostom) tanasi oldingi uchida joylashgan. Og’iz atrofidagi kipriklar boshqa kipriklarga o’xshash bo’ladi. Boshqa infuzoriyalarda og’iz teshigi tanasi qorin tomonida peristom deb ataluvchi og’izoldi chuqurchasi tubida joylashgan. Og’iz teshigi halqum - sitofarinks orqali endoplazma bilan bog’langan. Og’iz atrofidagi kipriklar ko’pincha o’zaro yopishib, maxsus membranalarni xosil qiladi. Tufelkaning og’iz teshigi atrofida uch qator membranellalar joylashgan. Ular tebranib, oziqni og’iz teshigiga suradi. Og’iz apparati ancha murakkab va xilma-xil tuzilgan. Infuzoriyalarning ko’pchi chiriyotgan bo’laklari, mayda suv o’tlari bilan oziqlanadi. Ularning og’iz teshigi doimo ochiq bo’lganidan oziq halqumga to’xtovsiz kelib turadi. Tufelka halqumiga suv oqimi bilan zarralar oziq uchun yaroqli bo’lmasa ham kelaveradi. Suv oqimi bilan kelgan zarrachalar halqumning tubiga cho’kib qoladi. Bu cho’kmaga endoplazmadan biroz suyuqlik ajralishi bilan hazm vakuoli hosil bo’ladi. Oziqqa to’lgan vakuola halqumdan ajralib, endoplazmaga o’tadi va sitoplazma oqimi bilan tana ichida aylanib yuradi. Endoplazmada bir qancha vakuollar bo’lishi mumkin. Vakuollar harakati davomida endoplazmadan ajraladigan fermentlar ta’sirida oziq hazm bo’ lib, sitoplazmaga so’riladi. Hazm bo’lmaydigan oziq qoldiqlari tananing keyingi qismida joylashgan maxsus chiqarish teshikchasi — poroshitsa orqali sitoplazmadan chiqarib tashlanadi. Tufelkaning ovqat hazm qilish vakuolalari 1,5—2 daqiqada hosil bo’lib turadi Dastlab hazm vakuolasi ichidagi muhit kislotali, hazm bo’lish jarayonining keyingi davrlarida ishqoriy bo’ladi. Bu ko’p hujayrali hayvonlar ichidagi oziq moddalarning hazm bo’lish jarayoniga o’xshab ketadi. Tufelka hayoti davomida to’xtovsiz oziqlanadi. Aksariyat ko’ pchilik infuzoriyalar ektoplazma va endoplazmasi chegarasida qisqaruvchi vakuolalari bo’ladi. Ayrim sodda tuzilgan vakillarida vakuola xuddi amyoba xivchinlilarga o’xshash oddiy pufakchadan iborat. Lekin ko’pchilik infuzoriyalarning qisqaruvchi vakuolalari ancha murakkab tuzilgan sistemani hosil qiladi. Tufelkaning ikkita qisqaruvchi vakuolalari tanasining oldingi va keyingi qismida joylashgan. Har qaysi vakuola markaziy rezervuardan va rezervuar atrofida joylashgan 5—7 ta yig’uvchi naylardan iborat. Rezervuar juda ingichka naycha orqali tashqi muhit bilan bog’langan. Sitoplazmadan ajralayotgan suyuqlik dastlab yig’uvchi naylarda to’planadi. Ular qisqarganda suyuqlik rezervuarga o’tib, uni to’ldiradi. So’ngra rezervuar qisqarib, suyuqlik naycha orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Yig’uvchi naylar va rezervuar faqat suyuqlikka to’lgan davrdagina aniq ko’rinadigan bo’ladi. Odatda oldingi va keyingi vakuolalar galma-galdan qisqarib turadi. Tufelka vakuolasining pulsatsiya sikli uy haroratida 10— 15 soniya davom etadi. Dengizda yashovchi va parazit infuzoriyalarning qisqarish vakuola pulsatsiyasi ancha past bo’ladi. Qisqaruvchi vakuolalar osmoregulyatsiya vazifasini bajaradi. Ko’pchilik infuzoriyalar kislorod miqdori har xil bo’lgan muhitda hayot kechira olishi mumkin. Masalan, odatda kislorodga boy muxitda hayot kechiradigan tufelka, bu gaz juda kamayib ketgan muhitda ham bemalol yashay oladi. Lekin bu jarayonda aerob moddalar almashinuvi anaerob almashinuv (glikoliz)ga o’tadi. Ayrim infuzoriyalar (masalan, kavsh qaytaruvchi sut emizuvchilar oshqozonida yashovchilar) faqat kislorodsiz muhitda yashay oladi. Kislorod ular uchun zaharli hisoblanadi. Yadro infuzoriyalarda 2 xil bo’lib, bitta katta yadro - makronukleus va bitta yoki bir necha kichik yadrolar esa mikronukleuslar deyiladi. Tufelkaning bitta katta va bitta kichik yadrosi bor, ular ikkalasi ham tanasining o’rtasida joylashgan. Infuzoriyalar makronukleusi har xil shaklda: yumaloq, loviyasimon (tufelka), taqasimon (suvoyka), zanjirsimon (karnaycha) bo’ladi. Ko’pchilik infuzoriyalar makronukleusi xromatin (DNK)ga boy poliploidli bo’ladi. Makronukleus xromosomalari replikatsiya (sonini ikki marta oshib ketishi) xususiyatiga ega. Makronukleus - vegetativ yadro, unda DNK matritsasi boyicha informatsion va boshqa RNKlar sintez qilinadi. Sitoplazma ribosomalarida RNK yordamida oqsil sintezlanadi. Mikronukleus yumaloq yoki tuxumga o’xshash bo’ladi. Mikronukleuslar poliploid emas, unda RNK sintez bo’lmaydi, lekin mikronukleuslar xromosomalari replikatsiya xususiyatiga ega. Mikronukleus xromosomalari irsiy belgilarni tashuvchi substrat hisoblanadi. Download 45.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling