5-maruza: infuzoriyalar infusoria, ciliophora


Doyra kipriklilar (Peritricha) kenja sinfi


Download 45.23 Kb.
bet5/6
Sana13.04.2023
Hajmi45.23 Kb.
#1350673
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-MARUZA

Doyra kipriklilar (Peritricha) kenja sinfi vakillarining ko’pchiligi o’troq koloniya bo’lib yashaydi. Faqat ayrim turlari yakka yashaydi. Uzun poyachasi yordamida o’simliklar va qisqichbaqasimonlarning tanasiga yoki mollyuskalarning chig’anog’iga yopishib oladi. Ko’pchilik turlarining poyachasi qisqarish xususiyatiga ega. Ayrim vakillarining poyachasi bo’lmaydi. Kipriklar parallel uch qator bo’lib og’iz atrofini o’rab turadi. Ko’pchilik turlari bakteriyalar bilan oziqlanib, suv havzalarining biologik tozalanishida katta ahamiyatga ega. Bunga misol tariqasida chuchuk suvlarda ko’p uchraydigan suvoykalar (Vorticella)ni ko’rsatish mumkin (20-rasm). Suvoykalar yakka yashaydi, tanasi qo’ng’iroqsimon gulga o’xshash bo’lib, uzun qisqaruvchi ipcha yordamida biron substratga yopishib turadi. Suvoyka poyachasini tashlab, dayduvchi (erkin suzib yuruvchi) stadiyasini hosil qiladi. Koloniya hosil qiluvchi Zoothamnium arbuscula bitta umumiy poya orqali birlashadigan 8-9 ta shoxchalardan iborat. Har bir shoxchada o’nlab mayda individlar va 1-2 ta yirik individlar joylashadi. Yirik individlar kipriklar hosil qilib, umumiy poyadan ajralib chiqadi va suzib ketadi. Ulardan yangi koloniya rivojlanib chiqadi.

So’ ruvchi infuzoriyalar (Suctoria) sinfi

So’ruvchi infuzoriyalar o’troq yashovchi o’nlab yirtqich turlardan iborat. Ular yakka yoki koloniya bo’lib yashaydi. Biron substratga maxsus poyacha orqali yopishib oladi. Bir qancha infuzoriyalar substratga poyachasiz yopishib yashaydi. So’ruvchi infuzoriyalarning yetuk davrida hech qanday kiprikli apparati, og’zi, halqumi bo’lmaydi. Deyarli hamma turlarida o’ljasini so’rish uchun xizmat qiladigan maxsus paypaslagich o’ simtalarning bo’lishi xarakterlidir (25-rasm). Ularning o’ljasi boshqa infuzoriyalar bo’ladi. Yaqindan suzib o’tayotgan hayvonlar (xivchinlilar yoki boshqa infuzoriyalar) yirtqichning paypaslagichiga tegib ketsa, ular paypaslagichga yopishib qoladi. Shundan so’ng boshqa paypaslagichlar ham o’lja tomonga egiladi. O’lja tanasidagi suyuqlik paypaslagichlar nayi orqali yirtqich tanasiga oqib o’tadi, o’ljadan faqat pellikula qobiq qoladi.


Voyaga yetgan infuzoriyalarning yadrosi ham ikki xil bo’ladi. Jinsiy ko’payishi qonyugatsiya tipida sodir bo’ladi. Ko’payish davrida infuzoriyalarning kipriklari paydo bo’ladi. Yuqorida ko’rsatilgan belgilar ularning infuzoriyalar tipiga mansub ekanligini isbotlaydi.

Download 45.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling