5-ma’ruza. Jarayonlarni tadqiq qilish masalalarining umumiy tavsifi. Jarayonlarni tadqiq qilishning asosiy bosqichlari Reja
Tibbiy xizmat ko’rsatish masalasi
Download 76.29 Kb.
|
5-ma\'ruza Jarayonlarni tadqiq qilish masalalarining umumiy tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Mavsumiy mollarni sotish masalasi.
3. Tibbiy xizmat ko’rsatish masalasi. Qandaydir rayonda havfli kasallik belgilari paydo bo’lgan. Kasallarni (yoki virus tashuvchilarni) aniqlash maqsadida aholini tibbiy kurikdan o’tkazishni tashkillashtirish zarur. Shu maqsadda moddiy vositalar, asbob-uskunalar, tibbiy xodimlar ajratiladi. Tibbiy kurikning shunday rejasini ishlab chiqish talab qilinadiki (tibbiy punktlar soni, ularni joylashtirish, mutaxassislar tekshiruvining ketma-ketligi, tahlil turlari va boshqalar), kasallar va virus tashuvchilarning iloji boricha maksimal foizini aniqlash mumkin bo’lsin.
4. Mavsumiy mollarni sotish masalasi. Mavsumiy mahsulotlar sotishni yo’lga qo’yish uchun muvaqqat savdo nuqtalari tarmoqi tashkil etilmokda. Shu tarmoqning parametrlarini (savdo nuqtalari sonini, ularning o’rnatilish joylarini, har bir savdo nuqtasidagi mahsulot zahirasini va xizmat ko’rsatish xodimlari sonini hamda boshqalarni) shunday tanlab olish talab qilinadiki, bunda tarmoqni tuzishdan keladigan iktisodiy samara maksimal bo’lsin. Bu keltirilgan misollar jarayonlarni tadqiq qilish masalalarining belgilovchi xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Bu misollar inson faoliyatining turli sohalariga mansub bo’lishga qaramasdan ularda ba’zi umumiy belgilar borligini payqash qiyin emas. Masalan, ularning har birida juda aniq bir maqsadni ko’zlovchi tadbirlarning qandaydir tizimi haqida gap bormoqda. Shu bilan birga, odatda, bu tadbirlarni amalga oshirishning turli yo’llari to’plami mavjud. Bu masala maksadga erishishga karatilgan chora-tadbirlar tizimini tashkil etishga doir eng samarali tavsiyalar berishdan (ya’ni optimal yechimni ko’rsatishdan) iborat. Umumiy alomatlar mavjudligi umumiy usullar ishlab chiqish imkonini beradi. Bu esa jarayonlarni tadqiq qilishfanining metodologik asosini va apparatini tashkil etadi. Endi jarayonlarni tadqiq qilishning asosiy tushunchalariga to’xtalib o’tamiz. Operasiya deb qandaydir maqsadni ko’zlab qilinayotgan va shu maqsadga erishish uchun birlashtirilgan harakatlar tizimiga aytiladi. Operasiya namunalari sifatida sanoat korxonasining ishlab chiqarish rejasini bajarishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi; texnikaviy qurilmaning buzilgan joyini axtarishni tashkil qilish; shahar transporti harakatining marshrutlarini ishlab chiqish kabilarni ko’rsatish mumkin. Operasiya hamma vaqt boshqariladigan harakatdir, ya’ni operasiyaning parametrlarini tanlash bizga boqliq. Operasiya parametrlarini tanlash qaror tushunchasiga boqliq. Agar qarorlar ichida birortasi boshqalariga qaraganda qandaydir maqsadga erishishda eng yaxshi, eng qulay, eng keraklisi bo’lsa, bunday qarorga optimal qaror deyiladi. Qo’yilgan maqsadga erishishga intiluvchi va operasiyalarni o’tkazishga mutasaddi shaxslar, qurilmalar, avtomatlar majmuini operasiyani o’tkazuvchi tomon deb aytamiz Operasiyani o’tkazuvchi tomon o’z ixtiyorida ma’lum resurslar zahirasiga ega bo’ladi va ulardan foydalanib, ularni sarflab ko’zlangan maqsadga erishishga intiladi. Bunday resurslar - aktiv vositalar, ulardan foydalanish, ularni sarflash usullari esa - operasiyani o’tkazuvchi tomon strategiyalari deb ataladi. Download 76.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling