Ma`lumotlar tipi – bu tushuncha dasturlash tillarida xuddi shu ma`noda qo`llaniladigan tushunchaga mos keladi. Hozirda mavjud bo`lgan barcha zamonaviy ma`lumotlar bazalari maxsus ma`lumotlar tiplarini ishlatish imkonini beradi. Bular – butun va suzuvchi vergulli kasr sonlar, simvollar va matn satrlari, mantiqiy ifoda, sana tipidagi ma`lumotlarni saqlashga mo`ljallangan ma`lumotlar tiplaridir. Ko`pgina ma`lumotlar bazalarining serverlarida boshqa ma`lumotlar tiplari ham amalga oshirilgan. Masalan, binar axborotlarning yirik massivini saqlashga qaratilgan (BLOB), joriy etiladigan ob`ektlar uchun (OLE-ob`ekt) mo`ljallangan ma`lumotlar tiplari shular jumlasidandir.
Domen – ma`lumotlar tipi qiymatlarining potentsial to`plamidir. Domen ikki element – ma`lumotlar tipi va ma`lumotlarga nisbatan qo`llaniladigan mantiqiy ifoda bilan belgilanadi. Agarda ushbu mantiqiy ifodaning qiymati «to`g`ri (chin)» natijani taqdim etsa, ma`lumotlar nusxasi domenga taalluqli bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |