5-ma’ruza. Ma`lumotлар modeli. Relyatsion ma`lumotlar modeli va relyatsion algebra. Ma`lumotlarning modeli


Modellarda ma`lumotlarning tuzilmalari


Download 1.28 Mb.
bet4/15
Sana08.01.2022
Hajmi1.28 Mb.
#236699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Маълумотлар базаси 5-лекция узб

Modellarda ma`lumotlarning tuzilmalari. Ma`lumotlarning namunaviy tuzilmalariga quyidagilar kiradi: ma`lumotlarning elementi, ma`lumotlarning agregati, yozuv, MB va x.k. U elementlari va agregatlari o`zaro aloqada bo`lgan tuzilma bilan tavsiflanadi. Shuning uchun yozuvning tuzilmasi ierarxik xarakterga ega bo`lishi mumkin. Bir xil tuzilmaga ega bo`lgan yozuv nusxalari to`plamining hammasi yozuv turini tashkil etadi.

Ob`ektlarning modellardagi aloqasi. Ma`lumotlar modeli bir necha turidagi yozuvlarni (obektlarni) o`z ichiga olishi mumkin. Ma`lumot modelning ob`ektlar o`rtasida aloqalar o`rnatiladi. Qandaydir bir predmet soxasi uchun modelning o`zaro bog`langan muayyan ob`ektlar to`plami MBni tashkil qiladi.

Ikki turdagi yozuvlarning (model ob`ektlari) o`rtasidagi aloqalar, ularning nusxalari o`rtasidagi guruh munosabatlari bilan aniqlanadi. Guruh munosabati — bu ikki turdagi yozuvlar o`rtasidagi kat`iy ierarxik munosabat bo`lib, ular asosiy yozuvlar to`plami va tobe yozuvlar to`plamidan iborat.

Ierarxik modellarda kalit bo`yicha bevosita kirish odatda, faqat boshqa ob`ektlarga tobe bo`lmagan eng yuqori pog`onadagi ob`ektgagina mumkin. Boshqa ob`ektlarga kirish modelning eng yuqori pog`onasidagi ob`ektdan aloqalar bo`yicha amalga oshiriladi. Tarmoqli modellarda esa kalit bo`yicha bevosita ixtiyoriy ob`ektga kirish (uning modelda joylashgan pog`onasidan qa`tiy nazar) ta`minlanishi mumkin. Shuningdek, aloqalar bo`yicha har qanday nuktadan kirish ham mumkin. Tarmoqli modellarda ob`ekt (yozuv, fayl)ning tuzilmasi ko`pincha chizikli va kamroq hollarda esa ierarxik bo`ladi. Quyi pog`onadagi ma`lumotlarning tuzilmasi ham uz xususiyatga va nomiga ega bo`lishi mumkin. Masalan, atribut bu ma`lumotlar elementining analogi. Chizikli tuzilmaga ega bo`lgan ob`ekt fakat oddiy va kalit atributlardan iborat. Ierarxik modellardagi ob`ekt (yozuv, segment) tuzilmasi ierarxik yoki chizikli bo`lishi mumkin.

Turli predmet soxalari uchun ma`lumotlarning tarmoqli modeli ierarxik modeliga nisbatan mashinaning ish muxitida axborot tuzilmalarini aks ettiruvchi umumiy vosita hisoblanadi. Ko`plab predmet soxalarining malumotlari urtasidagi aloqalar tarmoqli ko`rinishga ega. Bu esa ma`lumotlarning ierarxik modeliga ega bo`lgan MBBTdan foydalanishni cheklab qo`yadi. Tarmoqli modellar, ma`lumotlarning ierarxik aloqasini ham aks ettirishga imkon beradi. Bundan tashqari, tarmoqli modellar bilan ishlash texnologiyasi foydalanuvchi uchun kulaydir, chunki ma`lumotlarga kirishni amalga oshirshda xech qanday cheklashlar yo`q va bevosita ixtiyoriy pog`onadagi ob`ektlarga kirish imkoni mavjud.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling