Nazorat savollari
Ma`lumotlar modeli va uning turkumlari.
Tarmoq modeli amaliyotda qo`llaniladigan o`rinlariga misollar.
Ierarxik va tarmoqli modellarini birgalikda qo`llash mumkinmi?
Ma`lumotlarni modellashtirish deganda nimani tushunasiz?
§7. Relyatsion ma`lumotlar modeli va relyatsion algebra
Ma`lumotlarning relyatsion modeli 1970 yil IBM firmasining xodimi Edgar Kodd tomonidan taklif etilgan. Relyatsion MBning asosiy g`oyasi MB strukturasini soddalashtirishga qaratilgan. Unda ierarxik modeldagi kabi avlod va ajdodlarga yaqqol ko`rsatgichlar yo`q, barcha ma`lumotlar star va ustunlarga bo`lingan oddiy jadvallarda tasvirlanadi. Relyatsion modeldagi asosiy tushuncha “munosabat” (relation) hisoblanadi.
Ma`lumotlarning shunday modeliga relyatsion model deyiladi, unda barcha ma`lumotlar foydalanuvchiga jadval shaklida xavola etiladi va MB ustidagi barcha amallar jadvalllar ustiga amallarga olib kelinadi. Har bir jadval MB tarkibida o`z nomiga ega bo`ladi, hamda satr va ustunlardan iborat bo`ladi. Har bir jadval real dunyodagi ob`ektlar (mohiyat) tipini aks ettiradi, har bir satri esa ob`ektning konkret nusxasini bildiradi.
Relyatsion munosabat jadval tarzida ifodalanib, jadvalning har bir satri kortejni, ustunlar soni munosabatning ko`rsatkichi (darajasi), satrlari soni quvvati (kardinal soni) hisoblanadi. Jadval ustunini – atribut, ustun sarlavhasini – atribut nomi, sarlavha ostidagi elementini – artibut qiymati deb atashadi.
MBda munosabat (jadval) nomi va undagi atribut(ustun)lar o`z nomiga ega bo`ladi hamda bu nomlanishi betakror (qaytarilmas) bo`lishi talab etiladi (atributlarning nomlanishi boshqa munosabatlarda qaytarilishi mumkin, ya`ni bitta jadvaldagi ustunning nom boshqa jadvalning ustun nomi sifatida ishlatilishi mumkin). Ixtiyoriy jadval kamida bitta ustunga ega bo`ladi; ustunlar jadvalda ularni yaratish tartibida joylashadi. Satrlar ustunlardan (atributlar) farqli ravishda nomga va joylashish tartibiga ega emas. Ularning miqdori chegaralanmagan.
Relyatsion MBdagi asosiy tushunchalarga quyidagilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |