5-Ma’ruza mashg’uloti.
Mavzu: for takrorlash operatorlari. while, do-while takrorlash operatorlari.
Reja:
for takrorlash operatorlari
while takrorlash operatorlari.
do-while takrorlash operatorlari.
Tayanch tushunchalar: operator, for, while, do-while, ifod, blok, takrorlash, parametir.
Takrorlash operatorlari
Programma bajarilishini boshqarishning boshqa bir kuchli mexanizmlaridan biri - takrorlash operatorlari hisoblanadi.
Takrorlash operatori «takrorlash sharti» deb nomlanuvchi ifodaning rost qiymatida programmaning ma’lum bir qismidagi operatorlarni (takrorlash tanasini) kо‘p marta takror ravishda bajaradi (itarativ jarayon) (1-rasm).
1-rasm. Takrorlash operatorining blok sxemasi
Takrorlash о‘zining kirish va chiqish nuqtalariga ega, lekin chiqish nuqtasining bо‘lmasligi mumkin. Bu holda takrorlashga cheksiz takrorlash deyiladi. Cheksiz takrorlash uchun takrorlashni davom ettirish sharti doimo rost bо‘ladi.
Takrorlash shartini tekshirish takrorlash tanasidagi operator-larni bajarishdan oldin tekshirilishi mumkin (for, while takrorlashlari) yoki takrorlash tanasidagi operatorlari bir marta bajarilgandan keyin tekshirilishi mumkin (do-while).
Takrorlash operatorlari ichma-ich joylashgan bо‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |