5-ma’ruza mashinasozlikda o‘zaroalmashinuvchanlik to’G’risida tushuncha


Download 314.44 Kb.
bet2/2
Sana02.11.2023
Hajmi314.44 Kb.
#1740815
1   2
Bog'liq
5-ma\'ruza

Ichki o‘zaro almashinuvchanlik buyumning ichiga kiradigan detallar, yig‘ish birliklari va mexanizmlariga ta’alluqlidir.
Masalan, tebratish podshipniklarida tebranish jismlari va xalqalar ichki o‘zaro almashinuvchanlikka egadir.
Nominal, haqiqiy va chegaraviy o‘lchamlar va og‘ishlar to‘g‘risidagi asosiy tushunchalar
Buyumlar o‘lchamlarining turli xilligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqamiz.
ГОСТ 25346 - 82 (ST SEV 145-75) da asosiy atamalar va tushunchalar belgilangan.
Nominal o‘lcham - bu chegaraviy o‘lchamlarning belgilanishi uchun nisbat bo‘ladigan va og‘ishlarni hisoblay boshlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan o‘lchamdir.
Qandaydir birikmaga birlashgan barcha detallar uchun nominal o‘lcham umumiy hisoblanadi.
Ularni mustahkamlik va qattiqlikni hisob-kitob qilish orqali, shuningdek, geometrik shakllarning mukammalligi va buyumlar konstruksiyasining texnologik ta’minlanishi asosida belgilanadi. Bunda o‘lchamning hisob-kitobga doir mohiyati katta yoki kichik o‘lchamga yaqin turadigan normal liniyali o‘lchamgacha yaxlitlanadi, mustahkamligini hisob-kitob qilishda esa - faqat eng yaqin turadigan katta o‘lchamgacha yaxlitlanadi (ГОСТ 6636-69 yoki ST SEV 514-77 ga binoan).
Normal liniyali o‘lchamlar qatorlari afzal bilinadigan sonlarning qatorlari bazasida quriladi (ГОСТ 8032-56), lekin bunda ularning mohiyatlari birmuncha yaxlitlanadi.
Yo‘l qo‘yiladigan nuqsonli o‘lchov bilan belgilangan o‘lcham haqiqiy o‘lcham deb ataladi va (DD, dd) shaklida ifodalanadi.
Buning shunday deb atalishining sababi shundaki, detalni talab qilinadigan absolyut aniq o‘lchamlar bilan tayyorlash mumkin emas va ularni nuqsonlarisiz o‘lchab bo‘lmaydi.
Ishlab turgan mashinadagi detallarning haqiqiy o‘lchami ularning eskirishi va boshqa sabablarga ko‘ra statik holatida belgilangan o‘lchamlaridan farq qiladi. Umuman mexanizmning aniqligini tahlil etishda buni hisobga olish zarur.
O‘rtasida yaroqli detalning haqiqiy o‘lchami joylashgan ikkita chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan o‘lcham chegaraviy o‘lchamlar deb ataladi.
Agar detalning haqiqiy o‘lchami chegaraviy o‘lchamga teng bo‘lsa, yaroqli deb hisoblanadi. Ularning kattasi eng katta o‘lcham (Dmax), kichigi - eng kichigi (Dmin) deb ataladi.
Eng katta va eng kichik o‘lchamlar o‘rtasidagi farq o‘lchamning joizligi (T) deb ataladi va tegishlicha teshik uchun – Td = Dmax - Dmin, val uchun – Td = dmax - dmin bo‘ladi. Joizliklar va o‘tqazishlar tizimining funksional talablarini bajarish uchun teshik va val uchun chegaraviy o‘lchamlar tegishli ravishda belgilanishi lozim. Teshik uchun - to‘g‘ri tasavvur qilinadigan silindrning eng katta diametri, u teshikka shunday joylashtirilishi kerakki, bunda uning chiqib turgan nuqtalari bilan mahkam birikib turishi va o‘lchamning o‘tkazmaydigan chegarasidan oshmasligi kerak. Val uchun - to‘g‘ri tasavvur qilinadigan silindrning eng kichik diametri, u teshikning atrofida shunday joylashtirilishi kerakki, bunda u teshik yuzasining chiqib turgan nuqtalari bilan mahkam birikib turishi va o‘lchamning o‘tkazmaydigan chegarasidan kam bo‘lmasligi kerak.
Agar haqiqiy o‘lcham nominal o‘lchamdan katta bo‘lsa
og‘ish musbat va aksincha bo‘lsa og‘ish manfiy bo‘ladi.
Barcha mashinasozlik chizmalarida nominal va chegaraviy o‘lchamlar, shuningdek, tegishli og‘ishlar, odatda, ГОСТ 2.307-68 ga muvofiq millimetrlarda qo‘yiladi, masalan, 45±0,05; 52 ± 0,025; 58 ± 0,015; burchakli o‘lchamlar esa-graduslar, minutlar yoki sekundlarda qo‘yiladi: 5° 30' 45".
Qamrovchi o‘lcham (teshik)
Qamraluvchi o‘lcham (val)
Qamraluvchi Qamrovchi
o‘lcham (val) o‘lcham (teshik)
 
1-rasm. Qamrovchi va qamraluvchi detallar va o‘lchamlar

Val va Teshik tizimi

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 314.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling