5-ma’ruza mashinasozlikda o‘zaroalmashinuvchanlik to’G’risida tushuncha


Download 314.44 Kb.
bet1/2
Sana02.11.2023
Hajmi314.44 Kb.
#1740815
  1   2
Bog'liq
5-ma\'ruza

5-MA’RUZA

 

MASHINASOZLIKDA O‘ZAROALMASHINUVCHANLIK TO’G’RISIDA TUSHUNCHA

REJA:

  • O‘zaro almashinuvchanlik turlari.
  • Nominal, haqiqiy va chegaraviy o‘lchamlar va og‘ishlar to‘g‘risidagi asosiy tushunchalar.
  • Mashinalar detallarining birikmalari uchun joizliklar va o‘tqazishlar tizimining tuzilishi uslubiyoti.
  •  


O‘zaro almashinuvchanlik turlari
 
Buyumlarning o‘zaro almashinuvchanligi deganda buyumlar, ularning qismlarining ko‘p sonli nusxalaridan har qanday bittasidan foydalanishda ularni boshqa bir tipdagi nusxa bilan teng tarzda almashtirish mumkinligiga doir xususiyat tushuniladi.
Xar qanday mustaqil tayyorlangan, berilgan aniqlikka ega bir tipdagi detallarni sifatning hamma parametrlari bo‘yicha talablarga rioya qilgan holda uzellar qilib, uzellarni agregatlar qilib va shu kabi moslamasdan yig‘ish mumkinligini ta’minlaydigan to‘liq o‘zaro almashinuvchanlik keng tarqalgan.
Detallar va yig‘ma birliklarning o‘lchamlari, shakli, mexanik, elektrik va boshqa tavsifnomalari tayyorlanganidan keyin berilgan chegaralarda bo‘lsa va yig‘ilgan buyumlar texnik talablarga javob bersa, shunday qilinishi mumkin va bu pirovard natijada o‘zaro almashinuvchanlikni ta’minlashning eng muhim asosiy sharti hisoblanadi va o‘zaro almashinuvchanlik prinsipi deb ataladi.
To‘liq o‘zaroalmashinuvchanlikda ishtirok etuvchi detallarning o’lchamlari aniq bajarilgan bo’lib, ular qo’shmcha ishlovsiz, tanlovsiz yoki sozlanmasdan o’z o’rnini egallaydi. Ko’plab ishlab chiqaruvchi zavodlar va korxonalar to’la o’zaro almashinuvchanlik asosida ishlaydi.
To’la bo’lmagan o’zaroalmashinuvchanlikda yig’ilayot detallar aval guruh usulida tanlanadi, yoki sozlanadi, yoki qo’shimcha to’ldiruvchi kompensatorlar (qistirma, pona, shaybalar) dan foydalaniladi.
Tashqi o‘zaroalmashinuvchanlik birikuvchi yuzalarning o’lchamlari va shaklini hamda undan foydalanishning asosiy ko’rsatkichlarini xarakterlaydi.

Download 314.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling