6. Tovush bo‘g‘in (yoki so‘z) tarkibidagi eng kichik, fonetik jihatdan bo‘linmaydigan fonetik birlikdir.
Urg‘u
So‘z (fonetik so‘z) tarkibidagi bo‘g‘inlardan birining yoki (jumla) tarkibidagi so‘zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq ovoz bilan aytilishi urg‘u deyiladi. Fonologiyada urg`u aksentema (ingl. accent – urg`u degani2) deb yuritiladi.
Urg‘u so‘z tarkibidagi biror bo‘g‘inga ham, gap tarkibidagi biror so‘zga (bo‘lakka) ham tushishi mumkin. Shunga ko‘ra urg‘u ikki turga ajratiladi:
1. So‘z urg‘usi (yoki leksik urg‘u);
2. Gap urg‘usi (yoki logik urg‘u).
So‘z bo‘g‘inlaridan biriga tushadigan urg‘u so‘z urg‘usi (yoki leksik urg‘u) deyiladi. Leksik urg‘u so‘zning qaysi bo‘g‘iniga tushishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi.
1) bog‘liq urg‘u;
2) erkin urg‘u.
So‘zning biror bo‘g‘ini bilan bog‘liq bo‘lgan urg‘u bog‘liq urg‘u deyiladi. O‘zbek tilida urg‘u asosan, so‘zning asosiy bo‘g‘iniga tushadi, shuning uchun so‘zlarga affikslar qo‘shilishi bilan urg‘u ham oxirgi bo‘ginga ko‘cha boshlaydi. Masalan: uzúm- uzumzo r-uzumzorlár-uzumzorlarní́.
O‘zbek tilida urg‘usi birinchi bo‘g‘inga, ba’zan ikkinchi bo‘g‘inga tushadigan so‘zlar ham bor. Quyidagi so‘zlarda urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi: hámma, bárcha, dóim, hózir, álso, gárchand, lékin, gárchi, hátto. Ko‘rinadiki, bunday so‘zlar ayrim olmoshlarda, ravishlarda, bog‘lovchilarda, yuklamalarda uchraydi.
Ba’zi ravishlarda, modal so‘zlarda urg‘u ikkinchi bo‘g‘inga tushadi: hamí́sha, albátta, afsúski.
O‘zbek tilida urg‘u olmaydigan affikslar va affiks yuklamalar ham borki, ular quyidagilardan iborat:
a) fe’lning bo‘lishsizligini ifodalovchi – ma affiksi: bórma, yózma, ishláma;
b) o‘xshtish ma’nosini ifodalovchi – cha, - day (- dek) affikslari: qúshcha (Uning qúshcha kuchi qolmadi), qúshday (U qúshday yengil his qildi o‘zini);
d) ot kesim tarkibidagi - man, -san, -miz, -siz kabi shaxs-son affikslari, shuningdek, -dir affiks bog‘lamasi: Men o‘qituvchí́man. Kitob bilim manbaí́dir.
e) –ku, -ki, -mi, -chi, -a (-ya), -u (yu), -da, gina kabi affiks yuklamalari: bordí́-ku, nimaí́ki, ulárgina, bórmi, ú-chi?
So‘zning turli bo‘g‘inlariga tushishi mumkin bo‘lgan urg‘u erkin urg‘u deyiladi. Bu urg‘u asosan, ruscha – baynalminal so‘zlarga xos. Masalan, fábrika, kómpas, tráktor, sí́ntaksis (birinchi bo‘g‘inda); proféssor, kompyúter, trolléybus, kikbóksing (ikkinchi bo‘g‘inda); displéy, futból, telegráf, telefón (oxirgi bo‘g‘inda).
Leksik urg‘u muhim amaliy ahamiyatga ega. Birinchidan, u talaffuz qilish me’yorlarini belgilaydi, ikkinchidan, so‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladi: fí́zik – shaxs oti, fizí́k – sifat, olmá – mevali daraxt ma’nosini bildiruvchi ot, ólma – bo‘lishsizlik ma’nosidagi fe’l.
Logik urg‘u (yoki gap urg‘usi) gap tarkibidagi so‘zlardan (gap bo‘laklaridan) biriga tushadigan urg‘udir. Bunda so‘zlovchi o‘ziga muhim sanagan so‘zni boshqalariga nisbatan kuchliroq aytadi va bu bilan tinglovchining diqqatini shu so‘zga qaratadi. Masalan: Adab aqilning tashqi suratidir. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”.) gapida logik urg‘u quyidagicha tus olishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |