5-ma’ruza mavzu: nutqning fonetik bo’linishi reja


Download 24.54 Kb.
bet1/6
Sana03.04.2023
Hajmi24.54 Kb.
#1322390
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-ma\'ruza On (1)


5-MA’RUZA
MAVZU: NUTQNING FONETIK BO’LINISHI
REJA:
1.Nutqning asosiy fonetik birliklari.
2.Urg’u va uning turlari..
3. Urg’u olmaydigan birliklar.
4. Urg’uning so’z ma`nosini farqlashdagi roli.

Nutqimiz tovushlar oqimidan, tovush zanjiridan iborat. Bu zanjir turlicha hajmdagi fonetik bo`laklarga ajratiladi. O‘zbek tilida bunday bo`laklarga matn, jumla, fraza), takt, fonetik so‘z, bo‘g‘in va tovush kiradi.


1. Matn. Bir mavzu atrofiga birlashgan va turli vositalar bilan o’zaro bog‘langan mustaqil gaplardan iborat bo’lgan butunlik matn deb ataladi: Vatan! Vatan tuyg’usi. Vatan muhabbati. Nimadir bular? Bular qanday sehrli qudratki, hali voyaga yetmagan, dunyo ko’rmagan, turmushning pastrbalandlaridan bexabar, o’yin-u sho’xliklardan o’zga dardi yo’q bir o’smirning yuragiga jo bo’lib olib, butun umr uning xatti-harakatini, yurish-turishini boshqarib turadi? Bu tuyg’u inson farzandida tug’ma bo’larmikin? (O.Sh.)
2. Jumla (fraza) nutq oqimida kattaroq pauza (to‘xtam) bilan ajratib aytiladigan nutq birligidir. Masalan, Kech kuz edi. (G`G`.) Qo‘qqisdan boshlangan qora sovuq cho‘ponlarni tashvishga solib qo‘ydi (M.Qoriyev). Mazkur tovushlar zanjiri pauzalar vositasida ikki jumlaga bo‘linadi (ular orasidagi chegara ikki vertikal chiziqlar (G`G`) bilan belgilangan. Jumla intonatsion va fikriy tugallikka ega bo‘lgani uchun ko‘pincha gapga teng keladi. Lekin jumla va gap bir xil tushunchalar emas. Jumla - fonetik birlik, gap grammatik birlik. Ular tilning har xil sathlariga mansubdir. Jumla taktlarga bo‘linishi mumkun.
3. Takt – jumla (fraza) ichida qisqa pauza bilan ajratib aytiladigan nutq birligi. Masalan , yuqorida keltirilgan nutq zanjiridagi birinchi jumla (Kech kuz edi) bitta taktga teng. Ikkinchi jumla – (Qo‘qqisdan boshlangan qorasovuq / cho‘ponlarni tashvishga solib qo‘ydi) ikki taktdan iborat bolib (ular orasidagi chegara bir vertikal chiziq bilan belgilangan), birinchi takt uch fonetik so‘zdan, ikkinchi esa ikkita fonetik so‘zdan tashkil topgan. Birdan ortiq fonetik so‘zdan tuzilgan taktlar ma’no va sintaktik jihatdan yaxlitlikka ega bo‘ladi.
Shunday qilib, jumla va takt ritmik-intonatsion vositalar orqali ajratiladi. Takt bir fonetik so‘zdan yoki bir necha fonetik so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin.
4. Fonetik so‘z o‘z urg‘usiga ega bo‘lgan so‘z yoki bir urg‘uga birlashadigan ikki va undan ortiq so‘z shakllaridir. Takt tarkibidagi fonetik so‘zlar soni undagi so‘zlarning umumiy miqdori bilan emas, balki urg‘uli so‘zlar miqdori bilan belgilanadi, boshqacha aytganda, takt ichida urg‘uli so‘z qancha bo‘lsa, fonetik so‘z ham shuncha bo‘ladi. Masalan: Qalamkashga G` qishloqning qalbi, G` shaharning aqli kerak. G`G` (O‘.Hoshimov).
Bu jumlada uchta takt bo‘lib, birinchi taktda bitta, ikkinchi taktda ikkita, uchinchi taktda uchta fonetik so‘z qatnashgan. Bu jumladagi so‘zlarning umumiy soni fonetik so‘zlarning umumiy soniga teng.
Mustaqil urg‘uga ega bo‘lmagan yordamchi so‘zlar o‘ziga aloqador bo‘lgan so‘z bilan birga bir urg‘uga ega bo‘lib, bir fonetik so‘zni tashkil etadi. Masalan: Mevali daraxt o‘ziga ishongani uchun, yonidan yangi nihol o‘sib chiqsa, quvonadi. (O‘. Hoshimov). Mazkur jumlada 9 ta fonetik so‘z bo‘lib, bularning ikkitasi tarkibida ko‘makchi (ishongani uchun) va ko‘makchi fe’l (o‘sib chiqsa) qatnashgan.
Bir tushunchani ifodalaydigan qo‘shma so‘zlar ham bir fonetik so‘z sanaladi. Masalan: Badiiy asar o‘quvchining ongiga ta’sir qiladi, biroq qalbi orqali ta’sir qiladi. (O‘.Hoshimov).Bu jumla tarkibidagi ta’sir qiladi qo‘shma fe’li bitta fonetik so‘z deb qaraladi.
Fonetik so‘z bo‘g‘inlarga bo‘linishi mumkin.

Download 24.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling