5-Ma’ruza Mavzu: Uglevodorodlar


Fizik va kimyoviy xossalari


Download 343.87 Kb.
bet4/5
Sana07.04.2023
Hajmi343.87 Kb.
#1339558
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Ma\'ruz

Fizik va kimyoviy xossalari. Ikki va ko’p galogenli hosilalar zichligi katta bo’lgan suyuqlik yoki qattiq moddalar bo’lib, suvda erimaydilar.
Ular kimyoviy hususiyatlari bo’yicha bir galogenli alkillarning xossalarini takrorlaydilar. Ular orasida boruvchi jarayonlar bosqichli boradi. Ikki va ko’p galogenli hosilalarning kimyoviy hususiyatlariga misollar keltiramiz.



  1. Gidrolizlanishi. Vitsinal ikki galogenli hosilalarning gidrolizlanishidan ikki atomli spirtlar hosil bo’ladi:

Geminal ikki yoki uch galogenli hosilalarning gidrolizlanishi natijasida aldegid, keton va kislotalar hosil bo’ladi.



Jarayonlar bosqichli boradi:

Ishlatilishi. To’yingan uglevodorodlarning ikki va ko’p galogenli hosilalari asosan erituvchi sifatida tabobatda, zaharli ximikatlar olishda ishlatiladi.


3.3. To’yinmagan uglevodorodlarning galogenli hosilalari
Tuzilishida galogen atomlari bilan birga qo’shbog’ yoki uchbog’lar bo’lgan birikmalarga to’yinmagan uglevodorodlarning gelogenli hosilalari deyiladi.


Nomlanishi va izomeriyasi. Bularning nomlanishi to’yingan uglevodorodlarning bir galogenli hosilalarini nomlashga o’xshash.
Olinish usullari. Bularni etilen, atsetilen uglevodorodlariga galogen yoki vodorodlar ta’sir ettirib olish mumkin, ya’ni




Bu jarayonlarning borish sharoitlari yuqorida to’liq keltirilganligi uchun bu haqda to’xtab o’tirmaymiz.


Fizik va kimyoviy xossalari. Bularning fizik xossalarida umumiy qonuniyatlar kuzatiladi.
Kimyoviy xossalari bo’yicha ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
a) galogen qo’shbog’ni yonidagi uglerod atomi bilan bog’langan (I); b) galogen qo’shbog’ga nisbatan -holatdagi uglerod atomi bilan bog’langan (II) va v) galogen qo’shbog’dan uzoqdagi uglerod atomi bilan bog’langan (III).






Galogen qo’shbog’ning yonidagi uglerod atomi bilan bog’langan birikmalarda galogen kam qo’zg’aluvchan bo’lib, bu birikmalar asosan biriktirib olish jarayonlarigagina kirisha oladilar. Ularda elektron bulutlar quyidagicha yo’nalgan:


Shuning uchun ularga turli molekulalarning birikishi Markovnikov qoidasiga binoan boradi:

Download 343.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling