5-ma’ruza. Mineral oziqlanish fiziologiyasi Reja


Mineral elementlarning o‘simliklardagi miqdori


Download 20.4 Kb.
bet2/6
Sana11.11.2023
Hajmi20.4 Kb.
#1767291
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-ma’ruza. Mineral oziqlanish fiziologiyasi Reja-fayllar.org

Mineral elementlarning o‘simliklardagi miqdori. O’simliklar atrof muhitdan u yoki bu miqdorda deyarli barcha davriy sistemada uchraydigan elementlarni o ‘zlashtiradi. Ammo boshqa kimyoviy elem entlar bilan almashtirib bo’lmaydigan, O’simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun o‘ta zarur bo’lgan 19 ta element alohida ahamiyatga ega. Ular S, H, O, N, P, S, K, Ca, Mg, Fe, Mn, Cu, Zn, Mo, B, Cl, Na, Si, Co kabi elementlardir. Bulardan faqatgina 16 tasi mineral elementlardir. Chunki S, H va O o‘simliklarga asosan CO2, O2 va H2O holida o‘zlashtiriladi. Ushbu elementlarning keyingi uchtasining Na, Si, Co o‘sim liklar rivojlanishi uchun zarurligi hozircha o‘z tasdig’lni to’la topgani yo‘q. Masalan, natriy elementining ayrim o‘simliklar Masalan, lavlagi va sho‘rlanishga moslashgan o‘simliklar to’lonidan o‘zlashtirilishi kuzatilgan xolos. Kremniy esa sholi uchun o‘ta zarur bo’lib boshoqdoshlar so’loni tarkibida ham ko‘p uchraydi.
Birinchi to‘rtta (S, H, O, N) element organogenlar deyiladi. Chunki ular o‘simlik quruq og’lrligining asosiy-95% qismini tashkil qiladi. Bunda uglerodning ulushi 45%, kislorodniki 42%, vodorodniki 6,5%, azotniki 1,5% m:qdo’li tashkil qiladi. o’simlik quruq og‘irligining qolgan 5% qismi kul elementlariga, xususan, P, S, K, Ca, Mg, Fe, AI, Na, Si va boshqalarga to‘g ‘ri keladi. O’simliklaming mineral tarkibi to ‘g ‘risida ularning kulida uchraydigan elementlaming miqdoriga qarab xulosa qilinadi va yuqorida keltirilgan elementlar birgalikda makroelementlar deyiladi.
O’simlik to‘qimalarida juda kam miqdorni (0,001%) tashkil qiluvchi ammo o‘simliklaming muqobil o ‘sishi va rivojlanishi uchun zarur - M n , Cu, Zn, Mo, B, Co kabi elementlar mikroelementlar deyiladi.
Mineral elementlar ko‘proq o‘simliklaming urug‘larida to‘planad: barglarida (2-15% ) kamroq esa ulaming poyalarida (0,4-1% ) to‘planadi.
V.V.Polevoy (1989) ma’lumotlari bo‘yicha makkajo‘xori donlari va poyasida mineral elem entlam ing miqdori quruq og‘irlikga nisbatan foiz hisobida mos ravishda qo‘yidagichadir: K2O-29,8 va 27,2; Na2O-1,1 va 0,8; CaO - 2,2 va 5,7; MgO -15,5 va 11,4; Fe20 3- 0 , 8 va 0,8; P2O5-45,6 va 9,1; SiO2 -2,1 va 40,2; CO2 va Cl elementlari faqatgina o ‘simlikni urug‘larida mavjud bo‘lib miqdorlari mos ravishda 0,8 va 0,9% atrofida.



Download 20.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling