5-ma’ruza. Mineral oziqlanish fiziologiyasi Reja


Mineral elementlarning fiziologik ahamiyati


Download 20.4 Kb.
bet3/6
Sana11.11.2023
Hajmi20.4 Kb.
#1767291
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-ma’ruza. Mineral oziqlanish fiziologiyasi Reja-fayllar.org

Mineral elementlarning fiziologik ahamiyati
Azot. Ushbu element 1732-yilda shotlandiyalik kimyogar, botanik va vrach D. Rezerford to’lonidan gaz sifatida ochilgan. U yonmaganligi va nafas olishda qatnashmaganligi tufayli azot ya'ni «hayotchanmas» deb atalgan. Ammo azot oqsillar, nuklein kislotalar va boshqa bir qancha organik birikmalar tarkibiga kiradi. Tirik organizmlar azotni o ‘zlashtirishi bo‘yicha keskin farqlanadi. Masalan, ayrim mikroorganizmlar m olekular azotni o ‘zlashtirsa, o ‘simliklar faqatgina mineral azotni, hayvonlar esa uning organik formalarini o ‘zlashtiradi xolos.
Azot o ‘simliklar hayotida alohida o ‘rin tutadi. Masalan, u o ‘simliklar tarkibidagi asosiy biopolim erlar-oqsil, nuklein kislotalar, vitaminlar, fitogorm onlar tarkibiga kiradi. Azotning o ‘sim liklar quruq og‘irligidagi miqdori 1-3%.
Azot Yer sharida eng ko‘p tarqalgan elementlarga kiradi. Uning atm osfera havosida ulushi 78% va 1 m2 yer yuzasida ~8 tonna azot moddasi mavjud. Hisob kitoblarga qaraganda azotning atmosfera havosidagi umumiy miqdori 4•1015 tonna. Litosferadagi bog‘langan azotning miqdori bundan ham ko‘p-18•1015 tonna. Ammo litosferaning tuproq qismida azotning juda kam miqdori ya'ni umumiy miqdordan 0,5 -2 % qismigina o ‘sim liklar to’lonidan o ‘zlashtiriladi xolos.
Yer shari tuproqlarida azotning miqdori, bir xilda emas. Masalan, qora tuproqlaming 1 ga maydonining haydaladigan qismida 200 kg azot mavjud bo‘lsa, bizning aynan bo‘z, och tusli va taqirsimon tuproqlarimizda bu ko‘rsatkich 3-4 baravar kam.
Azotning tuproqdagi formasi NH4+ va NO3- ko’rinishidadir. Ammo ushbu ionlaming harakatchanligi bir xil. Masalan, NO3- ionlari harakatchan bo’lib, tuproqga kuchsiz bog‘langan va yengil yuvilib ketishi mumkin. Ammoniy kationlari esa kam harakatchan bo‘lib tuproqning manfiy zarrachalariga oson adsorbsiya qilinadi va yog’lngarchilik tufayli kam yuviladi. Shuning uchun ham uning tuproqdagi miqdori NO3- ionlariga nisbatan ko‘p. Ammo uning faqatgina 5-6% tuproqning ustki qatlamidadir xolos.
O’simliklar o ‘zlarining o ‘sishi va rivojlanishi uchun azotga nisbatan ju d a talabchan. Masalan, 1 ga ekin maydonidan makkajo‘xoridan 5 tonna ko‘k massa, 3,5 t don hosili olinganda ular bilan birgalikda tuproqdan 85 kg azot olib chiqib ketiladi. Shuni aytib o‘tish lozimki, atmosfera havosidagi molekular azot juda inert va yuksak o ‘simliklar to’lonidan o ‘zlashtirilmaydi. Shuning uchun ham uni faol holga o ‘tkazishda bir necha uslublardan foydalaniladi.
Tabiatda molekular azotni bog’lanib, o‘simliklar o‘zlashtira oladigan formaga o‘tishining ikkita yo’li mavjud. Bular kimyoviy va biologik azotfiksatsiya yo'llaridir.

Download 20.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling