5-ma’ruza. Mineral oziqlanish fiziologiyasi Reja
Download 20.4 Kb.
|
5-ma’ruza. Mineral oziqlanish fiziologiyasi Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik yo’l
Kimyoviy yo’l. Azotning atmosferada NH4+ yoki NO3- ioni shakliga o‘tishi fotokimyoviy jarayonlar va elektr zaryadlari tufayli yuz beradi. Ushbu jarayon tufayli hosil bo’lgan azot formalarining yog’lngarchilik bilan tuproqqa tushish miqdori juda kam, bir gektar maydon hisobiga Yer sharining har xil qismlarida 1-30 kg.gacha.
Hozirgi vaqtda bir qancha mamlakatlarda atmosfera azotini bog’lab NH3 va HNO3 olish yaxshi yo’lga qo‘yilgan. Azotni kimyoviy bog’lab ammiak (N2+3H2+ 2NH3) holiga o ‘tkazish katalizator ishtirokida, 500°C harorat va 35 MPa bosim ostida olib boriladi. Ushbu olingan NH3 barcha azotli mineral o‘g’ltlarning asosi hisoblanadi. Biologik yo’l. Qishloq xo‘jaligida qo’llaniladigan barcha mineral o’g’ltlar, o‘simliklar hosili bilan olib chiqib ketilgan azotning bir qisminigina to’lg‘azadi xolos. O’simliklarning o ‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan azotning asosiy qismi mikroorganizmlarning atmosferaning molekular azotini bog’lashi va NH 3 holiga o‘simliklar o ‘zlashtirishi mumkin bo’lgan formaga o‘tkazishi tufayli hosil bo’ladi. Bu tuproqdagi mikroorganizmlar-azotofiksatorlar yordamida azotning amiakkacha qaytaralish jarayoni bo’lib unda asosan, erkin azotfiksatorlar va o ‘simlik bilan simbioz yashovshi azotfiksatorlar qatnashadi. Mikroorganizmlarning biokimyoviy yo‘l bilan azotni fiksatsiyalashining mexanizmlari ularning barcha shtammlari uchun asosan bir xil bo’lib nitrogenaza fermenti ishtirokida boradi Ammo bu jarayon ham energiya talab qiladi, ya'ni azotobakter organik modda-glukoza sarflab molekular azotni o ‘zlashtiradi. M asalan, 15 mg azot to ‘plash uchun bir gramm molekula C6H12O6 sarf bo‘lishi talab etiladi. Tuproqda, dukkakli o ‘sim liklar-beda, n o ‘xot, loviya va boshqa shu kabi o‘simliklar ildizlarida simbioz yashovchi azotobakterlar hisobiga bir yilda gektariga 300 kg va undan ortiq azot to ‘planishi mumkin. Tuproqdagi azot ikki xil, ya’ni organik va mineral holatda bo’ladi: Download 20.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling