5-ma’ruza. O‘lchash usullari va vositalari. Reja: O‘lchashlarning usullari va turlari


O‘lchash vositalari va ularning turlari


Download 459.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana15.06.2023
Hajmi459.71 Kb.
#1477854
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-ma\'ruza

2. O‘lchash vositalari va ularning turlari 
Ma’lumki, o‘lchashni biror bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi.
O‘lchash vositasi deb o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va meyorlangan metrologik 
xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi. 
O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki 
kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari meyorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lishlari 
lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida 
o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining 
to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq.
O‘lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 

o‘lchovlar; 

o‘lchash asboblari; 

o‘lchash o‘zgartkichlari; 

t

t

t

t

X(t) 
X
K
(t) 






o‘lchash qurilmalari

o‘lchash tizimlari. 
O‘lchovlar - keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi. 
O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash 
vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni 
o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin. 
O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar 
ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan. 
Standart namuna - modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi 
kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir-budurlikning 
namunalari, namlikning standart namunalari. 
Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va aniq 
xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va hokazolar. "Toza 
rux" 420
0
С temperaturani hosil qilishda ishlatiladi. 
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich) 
va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga bo‘linadi. Ba’zan 
o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi. 
Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda tutishimiz 
lozim bo‘ladi: 
Ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni, 
nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat etaloni. 
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘lchovlar 
etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi. Davlat etalonlari 
namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida 
saqlanadi. 

Download 459.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling