5-ma’ruza. O`lchash vositalari, ularning turlari


Download 286.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi286.12 Kb.
#1637942
  1   2   3
Bog'liq
5-ma\'ruza (1)



5-ma’ruza.
O`lchash vositalari, ularning turlari. 
Reja: 
1. O’lchash vositalari va ularning guruhlanishi.
2. O`lchash vositalarining ishlash prinsipi. 
1. O’lchash vositalari va ularning guruhlanishi. 
O’lchashlarda qo’llaniladigan va normallashgan metrologik xossalarga ega 
bo’lgan texnik vositalar o’lchash vositasi deyiladi.
O’lchash printsipini va vositasini belgilab beradigan ususllar majmui 
o’lchash usuli deyiladi.
O’lchashlarda:
- bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) baxolash; - differentsial baxolash; - o’lchov 
bilan taqqoslash - nol (kompensatsion) usullar keng qo’llaniladi. Bevosita 
baxolash ususli o’lchanayotgan kattalik miqdorini bevosita o’lchash asbobning 
h’isoblash qurilmasi bo’yicha bevosita topish imkonini beradi. Masalan, bosimni 
prujinali manometr bilan, massani tsiferblatli tarozida, tok kuchini ampermetr bilan 
o’lchash va h’akazo. Differentsial usul (ayirmali usul) o’lchanayotgan va malum 
kattaliklarning ayirmasini o’lchashni xarakterlaydi.
Masalan, gaz aralashmasi tarkibini h’avoning issiqlik o’tkazuvchanligiga 
taqqoslash yo’li bilan issiqlik o’tkazuvchanlik bo’yicha o’lchash. G’oyatda aniq 
o’lchashlarda o’lchov bilan taqqoslash usuli qo’llaniladi. Bunda o’lchanayotgan 
kattalik o’lchov yordamida topilgan kattaliklar bilan taqqoslanadi.
Masalan, o’zgarmas tok kuchlanishni e.yu.k normal element e.yu.k iga teng 
bo’lgan taqqoslash kompensatorida o’lchash yoki massani pishangli tarozilarda 
muvozanatlashtiruvchi toshlar bilan o’lchash. Nol (kompensatsion) usul 
o’lchanayotgan kattalikni qiymati malum bo’lgan kattalik bilan taqqoslashdan 
iborat, ammo ular orasidagi ayirma malum kattalikni o’zgartirish usuli bilan nolga 
keltiriladi. Poientsiometrlar, muvozanatlashtirilgan ko’priklar va boshqalar nol 
usulga asoslangan asboblarga misol bo’la oladi. Nol usuli o’lchashning yuqori 
aniqligini taminlaydi.

Download 286.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling