5-ma’ruza. O`lchash vositalari, ularning turlari
O’lchash vositalarining ishlash prinsipi
Download 286.12 Kb. Pdf ko'rish
|
5-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar.
2. O’lchash vositalarining ishlash prinsipi.
Fizik kattaliklarni o'lchash qurilmalariga o'lcham va o'lchov asboblari kiradi. O'lchash birliklarini aniq ifodalashga mo'ljallangan fizik jism, modda yoki qurilmaga o'lcham deb ataladi (masalan, tarozi toshlari, o'lchov kolbalari, kalibrlar, o'lchov lineykalari, namunaviy qarshiliklari). O'lcham sifatida aniq xarakterli fizik xossalarga ega bo'lgan ba'zi moddalar ham ishlatiladi (masalan, qaynash va erish o'zgarmas temperaturali). O'lchash asbobi - o'lchash natijasida informatsiyalarni kuzatuvchiga qulay bo'lgan signalga aylantiruvchi qurilmadir. Har qanday o'lchov asbobi birlamchi o'zgartirgich, aloqa kanali va ikkilamchi asbobdan iborat. O'lchash ob'ektida o'rnatish va o'lchanadigan kattalikni chiqish signaliga aylantirish uchun ishlatiladigan qurilmaga birlamchi o'zgartirgich deb ataladi. Birlamchi o'zgartirgichni chiqishida ishlatiladigan energiyani turiga ko'ra elektrik, pnevmatik, gidravlik va mexanik turlari mavjud. Elektrik o'zgartirgichlar o'z navbatida parametrik va generatorli turlarga bo'linadi. Parametrik o'zgartirgichlar tashqaridan berilayotgan energiya manbaini o'zgartirish orqali chiqish signali hosil qiladi. Aktiv qarshilikli, induktiv va sig'imli parametrik o'zgartirgichlar keng tarqalgan. Generatorli o'zgartirgichlar o'lchanadigan kattalik o'zgarishi bilan elektr yurituvchi kuch hosil qiladi. Chiqish signalini xarakteriga ko'ra o'zgartirgichlar uzluksiz harakatli va uzlukli harakatli (releli va impul'sli) turlariga bo'linadi. O'lchanadigan kattalikni o'lchov birligi bilan tenglashtirishga mo'ljallangan qurilmaga o'lchov asbobi deb ataladi. Kontrol' o'lchov asboblarini (KO'A) quyidagi belgilariga ko'ra klassifikatsiyalanadi: I. O'lchanayotgan kattalik turiga kura KO'A quyidagi turlarga bo'linadi: a) temperaturani o'lchash asboblari - termometrlar b) bosim va siyraklanishni o'lchash asboblari - manometrlar, vakuumetrlar v) suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o'lchash asboblari-sath o’lchagichlar g) moddalar sarfi va miqdorini o'lchash asboblari - sarf o’lchagichlar d) moddalar tarkibi va xossalarini o'lchash asboblari - namlik, zichlik o’lchagichlar. II. Bajariladigan metrologik funksiyasiga ko'ra ishchi (texnik va laboratoriya), namunaviy va etalon KO'A bo'linadi. III. Informatsiya olish usuliga ko'ra ko'rsatuvchi, o'ziyozar, signallovchi, integrallovchi, solishtiruvchi va rostlovchi turlari mavjud. IV. Ishlash prinsipiga ko'ra mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektrik, kombinatsiyalashgan KO'A ajratiladi. V. O'rnatish joyiga ko'ra mahalliy, distansion va telemetrik turlarga bo'linadi. Nazorat uchun savollar. 1. O’lchash vositasi deb qanday vositaga aytiladi? 2. O’lchash usuli qanday usul? 3. O’lchashlarda qanday usul turlari mavjud? 4. O'lchov asbobi deb nimaga aytiladi? 5. O’lchash qrilmasi qanday vazifalrni bajaradi? Download 286.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling