5-ma’ruza. O`lchash vositalari, ularning turlari


O’lchash vositalari, ularning elementlari va parametrlari


Download 286.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi286.12 Kb.
#1637942
1   2   3
Bog'liq
5-ma\'ruza (1)

O’lchash vositalari, ularning elementlari va parametrlari.  
O’lchash vositalari o’lchash jarayonida qo’llaniladi va talab darajasidagi 
metrologik xossalarga ega bo’lishi lozim.
O’lchash vositalariga o’lchovlar, o’lchash asboblari, o’lchash o’zgartkichlari 
va o’lchash qurilmalari kiradi. O’lchov - berilgan o’lchamdagi biror fizik 
kattalikni qayta o’lchash uchun mo’ljallangan o’lchash vositasi.
Masalan, qadoqtosh – massa o’lchovi. O’lchovlarga standart namunalar va 
namuna moddalar h’am kiradi. Standart namuna – modda va
materialning xossalarini yoki tarkibini xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta 
tiklash uchun o’lchov.
Masalan, tarkibidagi ximiyaviy elementlari ko’rsatilgan ferromagnit 
materiallar xossalarining standart namunasi. Namuna modda – tasdiqlangan 
spetsifikatsiyada ko’rsatilgan tayyorlash shartlari asosida tiklanadigan malum 
xossalarga ega bo’lgan moddadan iborat o’lchov. Masalan, “toza” gazlar, “toza” 


metallar, “toza” suv. Kuzatuvchi idrok qilish uchun qulay shakldagi o’lchov 
informatsiyasi signalini ishlab chiqishga xizmat qilinadigan o’lchov vositasi 
o’lchov asbobi deyiladi.
O’lchashga doir axborotni uzatish, o’zgartirish, ishlov berish va saqlash 
uchun qulay bo’lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilish mumkin 
bo’lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiqarish uchun xizmat qiladigan o’lchov 
vositasi o’lchash o’zgartkichi deb yuritiladi. İnson o’zining sezgi organlari bilan 
o’lchash o’zgartkichi signallarini qabul kila olmaydi. O’zgartiriladigan fizik 
kattalik kirish kattaligi, uning o’zgartirilgani esa chiqish kattaligi deyiladi. Kirish 
va chiqish kattaliklari orasidagi kattaliklarni orasidagi bog’lanishni o’zgartkich 
funktsiyasi qaror toptiradi. O’lchash o’zgartkichlari o’lchov asboblarining, turli 
o’lchov sistemalarining, biror jarayonlarni avtomatik nazorat qilish yoki 
boshqarish sistemalarining tarkibiy qismi h’isoblanadi. o’lchanayotgan kattalik 
keltirilgan o’lchash o’zgartkichi birlamchi o’zgartkich deyiladi. Birlamchi o’lchash 
o’zgartkichlari, ko’pincha datchik deb yuritiladi. Uning bevosita o’lchanayotgan 
kattalik tasiridagi qismi sezuvchi element deyiladi. Ko’rsatuvchi analog o’lchov 
asboblarining sanoq qurilmasi shkala va strelkali ko’rsatkichdan tuzilgan sonli 
qiymatlar ko’rsatilgan belgilar shkalaning sonli belgilari deyiladi. Shkalaning ikki 
qo’shni belgilari orasidagi oraliq shkalaning bo’linmasi deyiladi. Shkalaning ikki 
qo’shni belgisi mos kelgan kattalik qiymatlari ayirmasi shkala bo’linmasining 
qiymati deyiladi. o’zgarmas bo’linmali va o’zgarmas qiymatli shkala tekis shkala 
deyiladi.
O’lchanayotgan kattalikning sanoq qurilmasi bilan aniqlanadigan h’amda 
o’lchanayotgan kattalik uchun qabul qilingan birliklarda ifodalangan qiymatlari 
o’lchov asbobining ko’rsatishlari deyiladi. o’lchanayotgan kattalikning shkalada 
ko’rsatilgan eng kichik qiymati, eng katta qiymati esa shkalaning oxirgi qiymati 
deyiladi. Shkalaning uning boshlang’ich va oxirgi qiymatlari bilan chegaralangan 
qiymatlari oralig’i ko’rsatuv diapozoni deyiladi. o’lchanayotgan kattalikning 
o’lchov vositalari uchun yo’l qo’yiladigan xatoliklar normalangan qiymatlari 
soh’asi o’lchov asbobi o’lchov diapazoni deyiladi. Texnik asboblarda, odatda, 
o’lchov diapazoni bilan ko’rsatuvlar diapazoni mos keladi. O’lchov diapazonining 
eng kichik va eng katta qiymatlari o’lchov chegaralari deyiladi.



Download 286.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling