5-ma’ruza. Operatsion tizim sinflari Reja: ot ni sinflarga ajratish Monolit tizimlar


Obyektga mo’ljallangan yondashish


Download 461.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana16.03.2023
Hajmi461.06 Kb.
#1279284
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-document

5.Obyektga mo’ljallangan yondashish 
Mikroyadro texnologiyasi, muntazam ravishda rivojlanadigan modulli 
tizimlarga asos bo’lgan bo’lsa ham, u to’liq ravishda tizimni kengaytirish imkonini 
ta’minlay olmadi.
Hozirgi vaqtda, bu maqsadga eng to’g’ri keladigan obyektga mo’ljallangan 
yondashish, bu holda dasturni har bir komponentasi funksiya jihatdan bir-biridan 
(boshqalaridan) ajratilgandir. 
Bu yondashishning asosiy tushunchasi “obyekt”dir. Obyekt-dastur va 
ma’lumotlarning birligi bo’lib, u boshqa obyektlar bilan axborot uzatish va qabul 
qilish orqali bog’lanadi. Obyekt aniq buyum, amaliy dastur yoki xujjatni yoki ba’zi 
abstraksiyalar-jarayon, hodislarni aks ettirishi mumkin. 
Obyekt dasturlari funksiyalari shu obyekt ma’lumotlari ustida bajariladigan 
amallar ro’yxatini belgilaydi. Obyekt-mijoz, obyekt-server funksiyasini bajarilishini 
so’rab boshqa obyektga habar yuborishi mumkin. 
Obyektlar mohiyatni tavsiflash mumkin. Umumiy obyektlardan aniqroq 
obyektlarni keltirib chiqaruvchi, meros berish mexanizmi xossalari mavjuddir. 
Obyekt ma’lumotlari ichki tuzilishi kuzatishdan yashirindir. Obyekt 
ma’lumotlarini ixtiyoriy tarzda o’zgartirib bo’lmaydi. Obyektdan ma’lumot olish 
yoki ma’lumotlarni obyektga joylashtirish uchun, mos obyekt funksiyalarini 
chaqirish kerak bo’ladi. Bu hol obyektni, undan foydalanadigan koddan ajratadi. 
Dasturchi boshqa obyekt funksiyalariga murojaat qilishi, yoki boshqa obyekt ular 
tuzilishini bilmay turib xossalarini meros qilish yo’li bilan yangi obyekt qurishi 
mumkin. Bu xossa inkapsulyasiya deyiladi. 


Shunday qilib, obyekt tashqi dunyo uchun, yaxshi ishlab chiqilgan interfeysli 
“qora quti” ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bu xususiyat, ularda mavjud ilovalarni 
obyekt ko’rinishida, ularda xech narsalarni o’zgartirmasdan, joylashtirishga imkon 
beradi. 
Obyektga mo’ljallangan yondashishdan foydalanish ayniqsa tizimli 
dasturchilar uchun qulaydir, chunki tizimli darajadagi obyektlardan foydalanib
tizimni yaxlitligini buzmasdan turib, ularni o’zlariga moslashtirib OT ga chuqur 
kirib borishi mumkin. 
Ammo bu yondashish taqsimlangan hisoblash muhitlarini amalga oshirishda 
kelajakda muhim natija beradi. 
Obyektga mo’ljallangan yondashish o’ziga yarasha muammolarga ega, ammo 
shunga qaramasdan, bu yondashish dasturiy ta’mnotni konstruksiyalashda eng 
muhim ahamiyatga ega yo’nalishdir. 
 
Nazorat savollari 
1. Strukturalashtirilgan monolit tizimlar qanday tashkil etilgan. 
2. Ko’p qatlamli (ko’p sathli) tizimlarda qatlamlar funksiyalarini aytib bering. 
3. Ko’p qatlamli tizimlar kamchiligi. 
4. Kliyent-server modelituzilishi va ishlash prinsipi. 
5. Mikroyadro modellarida modellar funksiyalarini aniqlash. 
6. Obyektga yo’naltirilgan yondashishning o’ziga xos xususiyatlari. 

Download 461.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling