5-ma’ruza. Operatsion tizim sinflari Reja: ot ni sinflarga ajratish Monolit tizimlar
Download 461.06 Kb. Pdf ko'rish
|
5-document
12-rasm. Monolit OT ni oddiy strukturalashtirish. 3. Ko’p sathli tizimlar (6-sath) Oldingi yondashishni umumlashtirilgani, OT ni sathlar (qatlamlar) iyerarxiyasi sifatida tashkil etishdir. OT funksiyalari qatlamlarni tashkil etadi, m-n, fayl tizimi, jarayonlarni va qurilmalarni boshqarish va x.k.. Har bir qatlam, faqat o’zining bevosita qo’shnisi, yuqorisidagi yoki pastdagi qatlamlar bilan aloqa qila oladi. Amaliy dasturlar yoki OT ning modullari so’rovni, shu qatlamlar bo’yicha yuqori va pastga uzatish mumkin. Shu taxlitda qurilgan birinchi tizim, Deykstra va uning talabalari tomonidan 1968 yilda qurilgan bo’lib, THE tizimi deb ataladi. Ilovadan tizim interfeysiga ko’ra ОT moduli Apparatura Tizim 6 ta qatlamdan iborat edi, 0-chi qatlam, prosessor vaqtini taqsimlash bilan mashg’ul bo’ladi, u jarayonlarni uzilishi bo’yicha yoki vaqt o’tishi bilan boshqa jarayonlarga o’tkazadi. 1-chi qatlam xotirani boshqargan, u operativ xotira va magnit barabani sohasini, operativ xotirada joy yetmagan jarayonlar qismlariga (sahifalar) taqsimlagan, ya’ni 1-chi qatlam virtual xotira funksiyasini bajargan. 2-chi qatlam operator konsoli va jarayon o’rtasidagi aloqani boshqargan. Bu qatlam yordamida, har bir qatlam o’zining shaxsiy operator konsoliga ega bo’ladi. 3-chi qatlam yordamida har bir jarayon, aniq qurilmalar bilan ishlash o’rniga (ularning turli xususiyatlarini hisobga olgan holda) foydalanuvchiga qulay xarakteristikalarga ega bo’lgan kiritish-chiqarish abstrakt qurilmalarga murojaat etgan. 4-chi qatlamda, kirish-chiqish qurilmalarini boshqarish, xotira va konsol, jarayonlar bilan xech qanday aloqasi bo’lmagan foydalanuvchi dasturlari ishlagan. THE tizimida, ko’p qatlamli sxema ishlab chiqish (selem razrabotki) maqsadlariga xizmat qilgan, chunki keyin tizimning hamma qismlari umumiy obyekt moduliga kompanovka qilingan. Ko’p qatlamlilikning keng umumlashtirilishi MULTICS OT larida amalga oshirildi. MULTICS tizimida har bir qatlam (xalqa deb ataluvchi) yuqorida joylashganidan ko’ra imtiyozliroqdir. Yuqori qatlamdagi prosedura, quyidagi prosedurani chaqirmoqchi bo’lsa, u mos tizimli chaqiriqni bajarishi lozim, ya’ni chaqiriq bajarilishi oldidan parametrlari sinchiklab tekshiriladigan TRAP (uzilish) komandasi bajarilshi lozimdir. MULTICS da OT, har bir foydalanuvchi jarayonining adres makoni qismidan iborat bo’lsa ham, apparatura, ma’lumotlar ximoyasini xotira segmentlari darajasida himoya qiladi. Masalan, ma’lum segmentlarga faqat yozish uchun, boshqalariga faqat o’qish yoki bajarish uchun ruxsat beradi. MULTICS da yondoshishning ustunligi shundan iboratki, u foydalanuvchi tizimi strukturasiga ham kengaytirilishi mumkin. M-n, professor- talabalar dasturlarini baholash va testlash uchun dastur yozishi mumkin, va bu dasturni n-chi qatlamda ishga tushirishi mumkin, bu vaqtda talaba dasturlari n+1 chi qatlamda ishlaydi, chunki ular o’z baholarini o’zgartira olmaydi. Ko’p qatlamli yondashish, UNIX OT ining turli variantlarini amalga oshirishda ishlatilgan. Amalda, bunday strukturali yondashish odatda yoxshi ishlaydi, bugungi kunda u ko’pincha monolit tarzda qabul qilinadi. Ko’p qatlamli strukturaga ega bo’lgan tizimlarda, bitta qatlamni olib tashlab, boshqasi bilan almashtirish, qatlamlar orasidagi interfeysning o’ziga xosligi uchun, murakkabdir. Yangi funksiyalarni qo’shish va mavjudlarini o’zgartirish OT ni mukammal bilish ko’p vaqtni talab qiladi. OT lar uzoq yashaydilar va kengayish va rivojlanish imkoniyatiga ega bo’lishlari kerakligi uchun monolit yondashish nazardan qoldi va uning o’rniga kliyent-server modeli va u bilan qat’iy bog’langan mikroyadro konsepsiyasi keldi. Download 461.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling