5-ma’ruza. Operatsion tizim sinflari Reja: ot ni sinflarga ajratish Monolit tizimlar
Obyektga mo’ljallangan yondashish
Download 461.06 Kb. Pdf ko'rish
|
5-document
5.Obyektga mo’ljallangan yondashish
Mikroyadro texnologiyasi, muntazam ravishda rivojlanadigan modulli tizimlarga asos bo’lgan bo’lsa ham, u to’liq ravishda tizimni kengaytirish imkonini ta’minlay olmadi. Hozirgi vaqtda, bu maqsadga eng to’g’ri keladigan obyektga mo’ljallangan yondashish, bu holda dasturni har bir komponentasi funksiya jihatdan bir-biridan (boshqalaridan) ajratilgandir. Bu yondashishning asosiy tushunchasi “obyekt”dir. Obyekt-dastur va ma’lumotlarning birligi bo’lib, u boshqa obyektlar bilan axborot uzatish va qabul qilish orqali bog’lanadi. Obyekt aniq buyum, amaliy dastur yoki xujjatni yoki ba’zi abstraksiyalar-jarayon, hodislarni aks ettirishi mumkin. Obyekt dasturlari funksiyalari shu obyekt ma’lumotlari ustida bajariladigan amallar ro’yxatini belgilaydi. Obyekt-mijoz, obyekt-server funksiyasini bajarilishini so’rab boshqa obyektga habar yuborishi mumkin. Obyektlar mohiyatni tavsiflash mumkin. Umumiy obyektlardan aniqroq obyektlarni keltirib chiqaruvchi, meros berish mexanizmi xossalari mavjuddir. Obyekt ma’lumotlari ichki tuzilishi kuzatishdan yashirindir. Obyekt ma’lumotlarini ixtiyoriy tarzda o’zgartirib bo’lmaydi. Obyektdan ma’lumot olish yoki ma’lumotlarni obyektga joylashtirish uchun, mos obyekt funksiyalarini chaqirish kerak bo’ladi. Bu hol obyektni, undan foydalanadigan koddan ajratadi. Dasturchi boshqa obyekt funksiyalariga murojaat qilishi, yoki boshqa obyekt ular tuzilishini bilmay turib xossalarini meros qilish yo’li bilan yangi obyekt qurishi mumkin. Bu xossa inkapsulyasiya deyiladi. Shunday qilib, obyekt tashqi dunyo uchun, yaxshi ishlab chiqilgan interfeysli “qora quti” ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bu xususiyat, ularda mavjud ilovalarni obyekt ko’rinishida, ularda xech narsalarni o’zgartirmasdan, joylashtirishga imkon beradi. Obyektga mo’ljallangan yondashishdan foydalanish ayniqsa tizimli dasturchilar uchun qulaydir, chunki tizimli darajadagi obyektlardan foydalanib, tizimni yaxlitligini buzmasdan turib, ularni o’zlariga moslashtirib OT ga chuqur kirib borishi mumkin. Ammo bu yondashish taqsimlangan hisoblash muhitlarini amalga oshirishda kelajakda muhim natija beradi. Obyektga mo’ljallangan yondashish o’ziga yarasha muammolarga ega, ammo shunga qaramasdan, bu yondashish dasturiy ta’mnotni konstruksiyalashda eng muhim ahamiyatga ega yo’nalishdir. Nazorat savollari 1. Strukturalashtirilgan monolit tizimlar qanday tashkil etilgan. 2. Ko’p qatlamli (ko’p sathli) tizimlarda qatlamlar funksiyalarini aytib bering. 3. Ko’p qatlamli tizimlar kamchiligi. 4. Kliyent-server modelituzilishi va ishlash prinsipi. 5. Mikroyadro modellarida modellar funksiyalarini aniqlash. 6. Obyektga yo’naltirilgan yondashishning o’ziga xos xususiyatlari. Download 461.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling