5 maruza. Organizmlarning joylashishi va populyatsiyalar orasidagi bog’lanishlar


Download 103.5 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi103.5 Kb.
#1547044
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 maruza.Organizmlarning joylashishi va populyatsiyalar orasidagi bog’lanishlar


5 maruza. Organizmlarning joylashishi va populyatsiyalar orasidagi bog’lanishlar.

Populyatsion ekologiyaning amaliy jihatlari yana shu bilan ahamiyatliki,


zararkunandalarning ko‘payishini oldindan aniqlaydi va unga qarshi kurash
yo‘llarini ishlab chiqadi. U turlarning kritik soni va yashovchanligini o‘rganadi.
Populyatsiyadagi organizmlar sonining dinamikasi uzoq muddat davomida
kuzatishlar olib borib, uning tashqi muhit omillariga bog‘liqligi aniqlanadi.
Populyatsiyalar ekologiyasining predmeti populyatsiyaning tuzilishi,
dinamikasini, yoshi va jinsini o‘rganishdan iborat. Chunki ular hosildorlik va
ko‘payish xarakterini ko‘rsatadi, bu esa yashash sharoitiga moslashish kriteriyasi
bo‘lib, o‘lish bilan ko‘payish o‘rtasidagi nisbatni belgilaydi.
Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri, o‘zini son jihatidan idora
etishdir. Individlar o‘rtasida aloqalar bo‘lishi bilan birga, ularning yashab turgan
joylari bilan ham aloqalari mavjud. Guruhli hayot tarzi populyatsiya uchun o‘ziga
xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday xususiyatlar quyidagilardan iborat:
populyatsiyaning soni, zichligi, tug‘ilishi, o‘lishi, populyatsiyaning o‘sishi, o‘sish
sur’ati, biotik potentsiali va boshqalar.
Individlarning ma’lum hududda tarqalishi, jinsi va yosh bo‘yicha nisbatlari,
morfologik, fiziologik hulqi va genetik xususiyatlar populyatsiyaning tuzilmasini
ifodalaydi.
Populyatsiyadagi individlar bir-biridan yoshi, jinsi, o‘zaro chatishadigan
avlodlariga hayot siklining turli fazalar va guruhchalarga (poda, koloniya va
boshqalar) mansubligi bilan farq qiladi. Har qanday tur populyatsiyalar tizimidan
tarkib topadi. Uning tuzilmasi esa individlarning harakatlanishi yoki ma’lum
hududga bog‘liqlik darajasi, tabiiy to‘siqlarni yengib o‘ta olish kabi biologik
xususiyatlari bilan belgilanadi. Populyatsiyalar ichida organizmning o‘sishi,
tarqalishi va boshqa ko‘pgina sabablarga ko‘ra, ya’ni tashqi muhitning o‘zgarishi,
dushmanlar sonining o‘zgarishi kabi qator omillarga bog‘liq holda o‘zgarish
vujudga keldi.
Populyatsiyaning jins tuzilmasi, turli yosh va guruhlardagi erkak va urg‘ochi
individlarning soni orqali ifodalanadigan nisbatidir. Populyatsiyadagi jinslar
nisbati, birinchidan, jinsiy xromosomalarning qo‘shilishiga, ya’ni genetik
qonuniyatlarga bog‘liq. Ikkinchidan, unga ma’lum darajada tashqi muhit ham ta’sir
etishi mumkin. Populyatsiyaning evolyutsiyasi uchun urg‘ochi organizmlarning
soni muhim ahamiyatga ega. Masalan, odamlar populyatsiyasining potentsial
o‘sishi, o‘smir va qariyalar emas, 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ayollar
hisobiga to‘g‘ri keladi.
Populyatsiyadagi individlarning nobud bo‘lishi va jinslar nisbati amaliy
ahamiyatga ega.
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanish jadalligi, nobud bo‘lishi
darajasi va nasllar gallanishining tezligi kabi muhim jarayonlarni ifodalaydi. U
aniq sharoitga qarab, har bir populyatsiya uchun turning genetik hususiyatiga
bog‘liq bo‘ladi. Yosh tuzilmasi har xil usullarda ifodalanadi.
Populyatsiyani boshqarish, foydalanish, monitoring va muhofaza vositasi
bo‘lib xizmat qiladi. Chunki populyatsiya sonining boshqarilishi tabiatda
kuzatiladi, uning bir qismi olinganda u yana tiklanadi. Shuning uchun
populyatsiyani boshqarish muhofaza vositasi bo‘lib xizmat qiladi. U monitoring
vositasi hamdir, chunki tur emas, ularning populyatsiyasini kuzatish kerak.
Muhofaza qilganda esa populyatsiyalarni muhofaza qilish orqali o‘simlik va
hayvon turlarini saqlab qolish mumkin.
Hozirgi vaqtda antropogen omillar ta’sirida tabiiy o‘simliklar jamoasida
ba’zi bir ko‘p iste’mol qilinadigan dorivor va yem-xashak o‘simliklarining
populyatsiyalaridagi organizmlar insonlar tomonidan me’yorsiz foydalanish
natijasida yo‘qolib ketmoqda. Masalan, mollar ko‘p yeydigan yem-xashak o‘tlari
me’yorsiz foydalanish natijasida Angren adirlari va boshqa joylarda kamayib
bormoqda, ularning joyini esa termopsisga o‘xshagan mollar iste’mol qilmaydigan
o‘simliklar populyatsiyasi egallamoqda. Shuning uchun foydali o‘simliklar
populyatsiyasini saqlab qolishda populyatsiyalarni monitoring yo‘li bilan kuzatish
kerak va foydali o‘simliklar populyatsiyasining tiklanishi uchun tabiatdan
me’yorda foydalanish kerak.

Download 103.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling