5 maruza. Organizmlarning joylashishi va populyatsiyalar orasidagi bog’lanishlar


Download 103.5 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi103.5 Kb.
#1547044
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 maruza.Organizmlarning joylashishi va populyatsiyalar orasidagi bog’lanishlar

Tug‘ilish va mahsuldorlik.
Tug‘ilish ko‘payish tezligini miqdoriy jihatdan tavsiflovchi, ya’ni vegetativ
yoki generativ yo‘llar bilan ko‘payishidan qat’iy nazar populyatsiyada yangi hosil
bo‘lgan individlar sonini bildiradi. Populyatsiyada individldr sonining ortishi
tug‘ilish hisobiga ortibgina qolmay, balki immigrastiya tufayli, ya’ni boshqa
populyatsiyalardan individlarining kelib qo‘shilishi hisobiga ham o‘zgaradi.
Tug‘ilish tushunchasi populyatsiyaga nisbatan ishlatiladi. Individlarga
nisbatan mahsuldorlik tushunchasi ishlatiladi. U ma’lum vaqt oralig‘ida paydo
bo‘lgan yangi tug‘ilgan individlar sonidir.
Hayoti davomida ko‘payish davri soniga qarab monotsiklik va politsiklik
turlar farqlanadi.
Monotsiklik xususiyat, odatda - hayoti qisqa vaqt davom etadigan turlarga
xosdir. (may qo‘ng‘izi, losos baliqlari, boshqa hasharotlar).
Politsiklik rivojlanishida esa, turlar bir mavsumda bir necha marta nasl
beradi. Bu ko‘pincha umurtqali hayvonlarga va qator umurtqasizlarga, masalan
qisqichbaqasimonlarga xosdir.O‘simliklarda ko‘payish mono va polikarp turlarga bo‘linadi. Ular hayoti
davomida bir marta va ko‘p marta ko‘payadi. Individlarning serpushtligi ham
muhim ahamiyatga ega. Serpushtlilik ko‘pchilik hollarda parvarish qilishga yoki
tuxumning ozuqa moddalar bilan ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Qushlarda
tuxum qo‘yish baliqlardagi kabi mingtagacha o‘zgarmaydi. Ular bittadan 20 - 25
tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Ular bolalarini boqish uchun ko‘plab energiya
yo‘qotadilar. Kichik qushlar uyasiga bir sutkada 100 marta ozuqa olib keladilar.
Masalan: qizilqum chumchug‘i - 200 marotabadan ko‘p; katta chittak - 400,
sayroqi qush - 600 marotabagacha uyasiga ozuqa olib keladi. Agar uyaga
qo‘yilgan tuxumlar odatdagidan ko‘p bo‘lsa, jo‘jalar to‘yib ozuqlana olmaydilar,
ya’ni ozuqa yetarli bo‘lmaydi va uning hayotchanligi past bo‘ladi. Agar
populyatsiyalarda serpushtlik yuqori bo‘lsa, ularning nobud bo‘lishi ham yuqori
bo‘ladi. Shuning uchun populyatsiyalarda serpushtlilik yuqori bo‘lsa, ularning
umumiy ko‘payishi past bo‘ladi.

Download 103.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling