5 maruza. Organizmlarning joylashishi va populyatsiyalar orasidagi bog’lanishlar
Download 103.5 Kb.
|
5 maruza.Organizmlarning joylashishi va populyatsiyalar orasidagi bog’lanishlar
r = v - d
bu erda, populyatsiyadagi bir vaqtning o‘zida – v – tug‘ilgan, d - o‘lgan organizm soni. Grafik arifmetik shaklida eksponenstial j – simon egri chiziq bilan ifodalanadi. Logarifm shaklga ega grafik to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘lib, uning egilishi populyatsiyaning potentsial o‘sish bilan bog‘liq bo‘ladi. Tabiiy populyatsiyalarda eksponenstial o‘sish juda qisqa vaqt davomida kuzatilishi mumkin. Bunda populyatsiya umuman juda katta tezlik bilan o‘sadi. Fitoplanktonlarning yalpi ko‘payishi natijasida yuqoridagi o‘sish kuzatiladi. Populyatsiyalar dinamikasining ba’zi turlari: A. - j - simon eksponenstial o‘sish egri chizig‘i; B. S - simon logistik egri o‘sish chizig‘i. M va K - soni o‘zgarishning quyi va yuqori chegaralari. Cheklovchi tashqi muhit sharoitida ko‘pchilik tirik organizmlar uchun populyatsiyalar sonining logistik o‘sishi xosdir. 1845 yili Ferxyulst ko‘rsatib berganidek, uning grafik ifodasi S - simon, ya’ni j - simon egri chiziqqa nisbatan ancha siniq ko‘rinishda bo‘ladi. Populyatsiyaning logistik o‘sishi dastlab sekin boradi, keyinchalik tezlashib ketadi. Tashqi muhit tayziqi, ya’ni noqulay ta’sir etuvchi omillar tufayli tug‘ilishga nisbatan nobud bo‘lish ortadi. Natijada populyatsiyaning o‘sishi pasayadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng barqaror muvozanat qaror topdi. Populyatsiyaning zichligi bilan tashqi muhit resurslari nisbati to‘g‘ri kelganda muvozanat kuzatiladi. Populyatsiyalarning o‘sishini ikki omil boshqaradi: 1. Organizmlarning tug‘ma qobiliyati, ya’ni maksimal tezlik bilan ko‘payishi (biopotentsial). 2. Muhitning tayz’iqi, ya’ni u biopotentsial bilan amaldagi o‘sish tezligi o‘rtasidagi farqda ko‘rinadi. Muhitning tayziqi - o‘z ichiga tiklanadigan (suv, yorug‘lik, ozuqa) va tiklanmaydigan (fazo, uya qurish uchun joy va b.) resurslarni oladi. Download 103.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling