5-ma’ruza. O‘rnatilgan tizimlarga kirish. Reja
Download 0.63 Mb.
|
5 - маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rnatilgan hisoblash tizimlari (O‘T)
5-ma’ruza. O‘rnatilgan tizimlarga kirish. Reja 5.1. O‘rnatilgan tizimlar haqida asosiy tushuncha. 5.2. O‘rnatilgan tizimlarning turlari va ularning joriy etilishi. 5.1. O‘rnatilgan tizimlar haqida asosiy tushuncha. O‘rnatiladigan tizimlar o‘tgan asrning 50-yillarining oxirida dunyoga keldi. U davrda kompyuter katta element asosda amalga oshirilar edi, ularning ishlash ishonchliligi juda ham kam edi. Bu kabi mashinalar me’yorida ishlashi uchun foydalanish sharoiti ideal holatda bo‘lishi kerak bo‘lgan. Boshqarishga mo‘ljallangan va boshqarish ob’ektidan maksimal uzoq masofada joylashgan hisoblash tizimlarining sinfini axborot-boshqarish tizimlari (ABT) deb ataladi. Kompyuter tarmoqlarini dunyoga kelishi bilan (taxminan 1970-yillar) taqsimlangan yoki tarmoq axborot boshqaruv tizimlarini qurish imkoniyati yaratildi. Integral mikrosxemalarni va shuningdek mikroprotsessorlarni yaratilishi ABT larni bevosita boshqariladigan ob’ektga yaqin joylashtirish imkoniyatini berdi yoki hatto ob’ektning o‘ziga elektron hisoblash vositasini o‘rnatish imkoni hosil bo‘ldi. Birinchi o‘rnatiladigan tizimlar (Embedded System) shu tariqa paydo bo‘ldi. Sekin asta element asosining arzonlashishi, uning integratsiya darajasining oshishi hamda hisoblash vositalarining ishonchliligi oshishi bilan hisoblash vositasini ob’ektning turli qismlariga o‘rnatish imkoniyati yaratildi. Natijada barcha hisoblash vositalarini birlashtirib yaxlit nazorat tarmog‘i hosil qilindi. Element asosini doimiy arzonlashib borishi va integral sxemada eletroradio elementlarni joylashish zichligining oshishi hamda hisoblash qurilmalarini ishonchliligini ortishi, boshqarish ob’ektining turli joylariga hisoblash vositalarni o‘rnatish imkoniyati natijasida paydo bo‘ldi. Bunday holat barcha hisoblash vositalarini tarmoqqa birlashtirish imkoniyatini berdi. Rivojlanish jarayonida sekin asta hisoblash vositalarini ob’ektga singishi (integratsiyasi) ro‘y berdi. O‘rnatilgan hisoblash tizimlari (O‘T) – bu nazorat va boshqarish ob’ekti bilan bevosita muloqatda bo‘luvchi va u bilan konstruktiv jihatdan birlashtirilgan ishlov berish va boshqarish tizimlaridir. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling