5-ma’ruza. O‘rnatilgan tizimlarga kirish. Reja
Download 0.63 Mb.
|
5 - маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rnatilgan tizim
O‘rnatilgan tizim - maxsus vazifalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda hisoblash vositasi u boshqaradigan qurilmaga to‘liq o‘rnatiladi (joylashtiriladi). O‘rnatilgan tizimning oddiy kompyuterdan farqi, o‘rnatilgan tizim bir yoki bir necha oldindan belgilangan masalani aniq talablar bo‘yicha bajarishidadir. Odatda o‘rnatilgan tizim joriy etilgan ob’ekt talablarini bajarishi kerak, ular quyidagilar: iste’mol quvvati, narx va cheklangan resurslarni ishlatishi. Ideal holda u muhit bilan ob’ektning hayot davri davomida muloqatda bo‘lishi kerak. Odatda, o‘rnatilgan tizim ancha katta tizimning bir qismi bo‘lib xizmat qiladi yoki boshqariladigan ob’ektga bevosita joylashtiriladi.
O‘rnatilgan tizim – bu amaliy kompyuter tizimi bo‘lib, u boshqa turdagi kompyuter tizimlaridan, ya’ni shaxsiy kompyuterlar (PC) yoki super kompyuterlardan farq qiladi. Biroq, “O‘rnatilgan tizim” tushunchasini tushunishda ba’zi qiyinchiliklarga uchrash mumkin, chunki u texnologiyadagi o‘zgarishlar va turli xildagi kompyuter qurilmalari va dasturiy qismlari narxlari sezilarli tushish natijasida doimiy ravishda mukammallashib boradi. Yaqin yillarda o‘rnatilgan tizimning an’anaviy turlari doirasi ancha kengaydi. Bunday tizimlarga duch kelayotganligimiz sababli, tizim haqida mulohaza qilishni va ular qanchalik to‘g‘ri ishlashi yoki kamchiliklarini tushunish juda muhim, hamda ular xususida ongli ravishda muhokama yuritish kerak. Quyida o‘rnatilgan tizimning bir necha umumiy xususiyatlari haqida fikr yuritiladi: O‘rnatilgan tizimlar qurilmalar va dasturiy ta’minotning keng qo‘llanilishi jihatdan shaxsiy kompyuterlarga (PC) qaraganda ancha chegaralangan. Bu hol o‘rnatilgan tizimlarning muhim yo‘nalishlari uchun to‘g‘riligini saqlamoqda. Qurilmalar cheklanganligi to‘rt jihatdan kamchiliklarga ega, ular ish sifatini yaxsxilash, is’temol kuchi, xotira va qurilma keng tarqalishidagi kamchiliklardir. Dasturiy ta’minotdagi kamchiliklar jihatdan o‘rnatilgan tizimlar shaxsiy kompyuterlarga ancha yaqin, ya’ni tadbiqlar kam, ko‘lami past tatbiqlar, operatsion tizim yo‘qligi yoki cheklangan tizimlar. Biroq bu ta’riflar boshqaruv kengashi nazarida qisman to‘g‘ri va shaxsiy kompyuterlardagi dasturiy ta’minotning avvalgi va bugungi avlodi ancha mukammal o‘rnatilgan tizim loyihalari qayta jonlanmoqda. O‘rnatilgan tizimlar faqat maxsus vazifalarni bajarish uchun loyihalashtirilgan. Ko‘plab o‘rnatilgan qurilmalar asosan bir xususiy vazifa uchun ishlab chiqilgan. Biroq, bugun biz ko‘rishimiz mumkinki ayrim qurilmalar, masalan shaxsiy ma’lumotlar bazasi yordamchisi (PDA) gibrid telefon kameralari bir necha turdagi funksiyalarni bajarish uchun ishlab chiqarilgan. Shuningdek, so‘ngi raqamli “TV”lar bog‘liq bo‘lmagan umumiy, lekin muhim bo‘lgan amallarni bajaradi, xususan e – mail, internetdan foydalanish va ko‘plab o‘yinlar. O‘rnatilgan tizim shunday kompyuter tizimidirki, unda boshqa kompyuter tizimlaridan ko‘ra yuqori sifatli va ishonchli qurilmalar talab etiladi. O‘rnatilgan qurilmalarning ba’zi qurilmalarida juda yuqori sifatli va ishonchli uskunalar bilan jihozlangan. Misol uchun, avtomobil motori kontrolerlarining harakat vaqtida tutashib ketishi yoki nozik tibbiyot asboblarining jarrohlik vaqtidagi nuqsonlari juda jiddiy oqibatlarga olib keladi. Biroq, bu yerda ham shunday o‘rnatilgan qurilmalar bo‘lib, masalan TV, o‘yinlar, kamera telefonlar kabi, ularda noqulayliklar mavjud bo‘lib, lekin ular hayotga xavf soladigan holatlarni vujudga keltirmaydi. Ba’zi o‘rnatilgan tizimlar deb nom olgan qurilmalar, misol uchun PDA yoki web bloknotlar, aslida o‘rnatilgan qurilma emas. Kompyuter tizimlari sohasida ba’zi bahsli holatlar uchraydi va an’anaviy tizimlarning hammasi ham aslida o‘rnatilgan tizim emas. Ancha mukammalroq loyihalarning o‘rnatilgan tizim sifatida shakllanishi, masalan muhandislarning fikriga qaraganda PDAning nanotexnologik bozor va sotuv jarayoniga ko‘proq bog‘liq ekan. Soddaroq qilib tushuntiradigan bo‘lsak, O‘rnatilgan tizimlar - kompyuterda dastur o‘rnatish (yoki sozlash) (shu jumladan qurilma drayverlari va plaginlar) bu dasturni bajarishga tayyor qilish to‘g‘risidagi faoliyat tushiniladi. O‘rnatish - bu kompyuterda foydalanish uchun mo‘ljallangan dasturiy yoki apparat vositalarining konfiguratsiyasini sozlashdir. Uni o‘rnatish uchun dasturiy ta’minot sifatida dastur yoki dasturni hosil qiladigan muhit nusxasi kerak. Dasturni o‘rnatishda turli xil jarayonlar mavjud. Jarayon har bir dastur va har bir kompyuter uchun har xil bo‘lganligi sababli, dasturlar (shu jumladan operatsion tizimlar) ko‘pincha OT bilan birga keladi, o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarni bajarishga maxsus dastur foydalaniladi. O‘rnatish kengroq dasturiy ta’minotni joylashtirish jarayonining bir qismi bo‘lishi mumkin. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling